Shahrixonsoy mavjlari Telegram channel photo

Shahrixonsoy mavjlari

@shahrixonsoymavjlariPublic Channel

Bu dunyoda abadiy qolmoq mumkin emas, biroq yaxshi nom qoldirmoq katta saodatdir. Alisher Navoiy. . . . . . Telegram bot: https://t.me/shahrixonsoymavjlari_bot

238

Last views

2k (2,043 subscribers)
A'zolar
—
Rating
34
Total Posts
Oct 17, 2026, 4:00 PM
Yangilangan
Apr 29, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameShahrixonsoy mavjlari
Username@shahrixonsoymavjlari
CategoryKundalik motivatsiya
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar2,043
Channel TypePublic Channel
Created29-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#438164-607
Til reytingi
#2253-2
Toifa reytingi
#3792-8

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 2.0K30 Days growth: -874.1%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20262,130
19:09:20262,130
20:09:20262,103
21:09:20262,103
22:09:20262,103
23:09:20262,103
24:09:20262,103
25:09:20262,103
26:09:20262,103
27:09:20262,103
28:09:20262,103
29:09:20262,103
30:09:20262,103
01:10:20262,103
02:10:20262,103
03:10:20262,103
04:10:20262,103
05:10:20262,103
06:10:20262,103
07:10:20262,103
08:10:20262,103
09:10:20262,103
10:10:20262,103
11:10:20262,103
12:10:20262,103
13:10:20262,103
14:10:20262,103
15:10:20262,103
16:10:20262,103
17:10:20262,043
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 27:04:20262,294
Week of 04:05:20262,297
Week of 11:05:20262,297
Week of 18:05:20262,297
Week of 25:05:20262,297
Week of 01:06:20262,297
Week of 08:06:20262,297
Week of 15:06:20262,297
Week of 22:06:20262,297
Week of 29:06:20262,297
Week of 06:07:20262,220
Week of 13:07:20262,220
Week of 20:07:20262,220
Week of 27:07:20262,220
Week of 03:08:20262,220
Week of 10:08:20262,220
Week of 17:08:20262,160
Week of 24:08:20262,160
Week of 31:08:20262,151
Week of 07:09:20262,130
Week of 14:09:20262,103
Week of 21:09:20262,103
Week of 28:09:20262,103
Week of 05:10:20262,103
Week of 12:10:20262,043
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20262,294
May 20262,297
June 20262,297
July 20262,220
August 20262,160
September 20262,103
October 20262,043
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20262,043

So'nggi postlar

Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

21-okt, 2026, 07:18

Photo1/2
#21_oktabr_Ozbek_tili_bayrami_kuni
#ona_tilim_faxrim

ONA TILIMIZ — MILLIY G‘URURIMIZ VA MA’NAVIY QADRIYATIMIZ!

Til - millatning ma’naviy qiyofasi, tarixiy xotirasi va bebaho boyligidir. Ona tilimiz xalqimizning asriy boy madaniy merosi va yuksak ma’naviyatini o‘zida mujassam etgan muqaddas qadriyatdir.
1989-yil 21-oktabrda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi milliy tariximizda muhim voqea bo‘lib, ona tilimizning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash yo‘lida katta ahamiyat kasb etdi.
Bugun o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini yuksaltirish, uning sofligi va boyligini asrab-avaylash, zamonaviy taraqqiyot talablariga muvofiq rivojlantirish hamda kelajak avlodlarga munosib yetkazish barchamizning muhim vazifamizdir.
Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun bilan muborakbod etamiz!

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrixon tumani bo'linmasi👇

Telegram
238000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

20-okt, 2026, 16:52

Video
#JonajonTilim
#O‘zbekTili
#TilBayrami

ONA TILIM — G‘URURIM, MILLATIM FAXRI! 🇺🇿
1989-yil 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu tarixiy sana xalqimizning milliy o‘zligi, ma’naviyati va qadriyatlari e’tirofi sifatida qalblarimizda alohida o‘rin tutadi.

Ona tilimiz — millatimiz ruhi, o‘tmishimiz merosi va kelajagimiz poydevoridir. Uni asrab-avaylash, e’zozlash va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.

Jonajon tilim, sen bilan faxrlanaman! ❤️🇺🇿
✅Bizning kanalga  obuna bo‘ling va  kuzatishda davom eting. 👇

Telegram | Instagram | Facebook| Youtube |
159000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

20-okt, 2026, 15:33

Video
#JonajonTilim
#O‘zbekTili
#TilBayrami

ONA TILIM — G‘URURIM, MILLATIM FAXRI! 🇺🇿
1989-yil 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu tarixiy sana xalqimizning milliy o‘zligi, ma’naviyati va qadriyatlari e’tirofi sifatida qalblarimizda alohida o‘rin tutadi.

Ona tilimiz — millatimiz ruhi, o‘tmishimiz merosi va kelajagimiz poydevoridir. Uni asrab-avaylash, e’zozlash va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.

Jonajon tilim, sen bilan faxrlanaman! ❤️🇺🇿
✅Bizning kanalga  obuna bo‘ling va  kuzatishda davom eting. 👇

Telegram | Instagram | Facebook| Youtube |
211000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

20-okt, 2026, 11:28

Video
#21_oktabr_Ozbek_tili_bayrami_kuni
#ona_tilim_faxrim

O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar.

Abdulla Qodiriy

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrixon tumani bo'linmasi👇

Telegram
233000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

20-okt, 2026, 10:57

Video
🎵 EY, ONA TIL

Ey ona til, aziz qadrdonim,
Iltifoti ruhim, Rahmonim.

Tug‘dig‘im kundan aylading ulfat,
O‘lguncha ayilma, ey jonim.

Menga ilm-u adab san o‘rgatding,
Chin adib, muallim, shonim.

Millatning ruhini ko‘targuchisan,
Ey muqaddas karamli sultonim.

Abdulla AVLONIY
105000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

20-okt, 2026, 08:02

Video
Андижонда IV TURKSOY халқаро театр фестивалининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди.

Туркий халқларнинг бой маданияти, миллий қадриятлари ва театр санъатини ўзида мужассам этган мазкур халқаро тадбир санъат аҳлини бир даврага жамлади.

Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
172000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

20-okt, 2026, 07:21

Photo1/2
#iqtibos

Tarbiya baxtli kunlarda ko‘rk, baxtsizlik damlarida panohdir.

Demokrit

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrixon tumani bo'linmasi👇

Telegram
209000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

19-okt, 2026, 22:28

Photo1/20
#Andijon #TURKSOY #BoburSog‘inchi

“BOBUR SOG‘INCHI” SPEKTAKLI NAMOYISH ETILDI

Andijonda o‘tkazilayotgan IV TURKSOY xalqaro teatr festivali doirasida “Bobur sog‘inchi” spektakli namoyish etildi. Spektaklda buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati va ona yurt sog‘inchi badiiy talqin etildi.

Mazkur sahna asari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, milliy tariximiz va buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi.
25000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

19-okt, 2026, 21:58

TSM To'plam - Mustaqillikning 35 yilligiga oid.pdf16.9 MB
“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografiklar to‘plami

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plamini keng jamoatchilik e’tiboriga havola etadi.

To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan.

To‘plamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarda ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin.

✅Bizning kanalga  obuna bo‘ling va  kuzatishda davom eting. 👇

Telegram | Instagram | Facebook| Youtube |
174000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

19-okt, 2026, 21:57

Video
#Andijon #TURKSOY #XalqaroFestival
🎭 IV TURKSOY XALQARO FESTIVALI TANTANALI RAVISHDA OCHILDI!
Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti — Andijon shahrida IV TURKSOY xalqaro festivali tantanali ravishda ochildi. Nufuzli madaniy tadbir turkiy xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik va ijodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Festival doirasida turkiy xalqlarning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va teatr san’ati namunalari keng namoyish etiladi.
153000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

03-sen, 2026, 14:17

#buyuklar_bisotidan

✅ Aql-idrokli odamlarning nafi har doim ko'pchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa elda aziz bo'ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar uquv-idrok bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilim bilan hal etiladi.

✍️Yusuf Xos Hojib

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi
Shahrixon tumani bo'linmasi
72000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

03-sen, 2026, 14:17

Photo
#iqtibos

Bugun biz tarixning yanada mas’uliyatli va hal qiluvchi pallasida turibmiz. Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda.
Kelgusi o‘n yillik – biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev
226000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

03-sen, 2026, 14:17

Photo
#bilimlar_kuni

Bugun Shahrixon tumani "Qumqayroq" MFYda joylashgan 54-umumta'lim maktabida yangi o‘quv yilining ilk kuni o'zgacha ko'tarinki ruh va bayramona kayfiyatda boshlandi. “Bilimlar kuni”ga bag'ishlangan tantanali "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari M.G'oziyev ishtirok etib, barchani yangi o'quv yili bilan samimiy muborakbod etdi hamda davlatimiz rahbarining mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, yoshlarning kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish va kitobxonlikni targ'ib etish maqsadida muassasa kutubxonasiga kitoblar sovg'a qilindi. Tadbir asnosida 1-sinf o'quvchilariga "Prezident sovg'alari" topshirildi.
Shu bilan birga, "Mustaqillik soati" darsi ham o‘tkazilib, unda yoshlarga istiqlol bergan imkoniyatlar, Vatan va el-yurt tinchligi kabi oliy qadriyatlarning tub mohiyati chuqur tushuntirildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrixon tumani bo'linmasi👇
55000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

03-sen, 2026, 14:17

Photo
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga https://president.uz/oz/lists/view/9571

Aziz farzandlarim!
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Hurmatli ota-onalar!

Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman.

Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin!

Hurmatli bayram ishtirokchilari!

Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz.

Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir.

Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir.

Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz.

Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang.

Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang!

Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling!

Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim!

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
260000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

03-sen, 2026, 14:17

Photo
#kun_hikmati

Ilm o‘rganishga harakat qiling, zero u yoshlikda qalbga naqsh kabi muhrlanadi, keksayganda esa davlat bo‘lib xizmat qiladi.

Alisher Navoiy

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrixon tumani bo'linmasi👇
265000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

03-sen, 2026, 14:17

Video
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!

Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!

Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!

Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.

Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!

Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!

Yashasin O‘zbekiston xalqi!

Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
—
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!

Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!

Слава нашему народу – созидателю независимости!

С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан.

Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток!

Да здравствует Республика Узбекистан!

Да здравствует народ Узбекистана!

Шавкат Мирзиёев,
Президент Республики Узбекистан

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
282000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

03-sen, 2026, 14:17

Photo
🇺🇿 Bayramga munosib tuhfa:
“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!”

📚 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti tomonidan bir guruh olimlar bilan hamkorlikda ulug‘ ayyom arafasida muhim ma’naviy-ma’rifiy nashr tayyorlandi. “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” nomli kitobda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmunan keng va chuqur sharhlangan.

Kitobning bosh g‘oyasi bir jumlada mujassam: “Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!”

Bu shunchaki da’vat emas.
Bu — birlikka chaqiriq.
Bu — tarixiy mas’uliyat.
Bu — kelajakka ishonch.
Bu — har bir yurtdoshimizni Vatan taraqqiyotiga daxldor bo‘lishga undaydigan ezgu maqsad!

Kitobda Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan tarixiy haqiqatlar, strategik maqsadlar, ustuvor vazifalar, muhim raqamlar va istiqbolli rejalar izchillik bilan tahlil qilingan.

Yana bir muhim jihat: nashr infografikalar bilan boyitilgan.
Ular orqali tarixiy taraqqiyot bosqichlari, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, ustuvor strategik yo‘nalishlar hamda milliy maqsadlar ko‘rgazmali va ixcham shaklda ifodalangan.

Mazkur qo‘llanma ayniqsa yosh avlodning mamlakatimizda kechayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni anglashi, ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri idrok etishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Zero, bugungi yoshlar — tarixni faqat o‘rganuvchi emas, balki Yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratadigan bunyodkorlardir.

Shu nuqtai nazardan, “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” kitobi Mustaqillik soatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar va yoshlar bilan ishlash jarayonlarida foydalanish uchun samarali qo‘llanma bo‘la oladi.

KITOBning https://t.me/MarkazMediabank

Rasmiy sahifalarimiz👇
https://manaviyat.uz/ | https://t.me/manaviyat_markaz | http://fb.com/manaviyat.uz | https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968 | https://www.instagram.com/manaviyat_markaz/
97000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

03-sen, 2026, 14:17

Photo
Shahrixon tumani hokimi H.Dadaxonovning O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan tabrigi

Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz - O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan qizg‘in muborakbod etaman.
Ayni kunlarda tumanimizning barcha hududlarida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!"  shiori ostida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Qutlug‘ ayyom arafasida Shahrixonimizda o‘nlab yangi bunyod etilgan ijtimoiy soha obyektlari, ishlab chiqarish korxonalari, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari foydalanishga topshirildi. Bir so‘z bilan aytganda, yurtdoshlarimiz bayramni katta ko‘tarinkilik bilan nishonlamoqdalar.
Bu kabi shodiyonalar, quvonchli kunlar bardavom bo‘lsin!
Qadrli do‘stlar!
Sizlarni yana bir karra mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga qut-baraka va xotirjamlik tilayman.

https://t.me/shahrixontumani
918000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

03-sen, 2026, 14:17

Video
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! 🇺🇿

35 yil — bu shunchaki sana emas, bu xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilab, ezgu orzular sari dadil odimlagan shonli tarixidir!

Mustaqillik — qalbimizdagi g‘urur, xonadonlarimizdagi osoyishtalik, farzandlarimizning yorug‘ kelajagi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizdir.

Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, xalqimiz qalbi xotirjam, xonadonlarimiz fayz-u barakaga to‘la bo‘lsin!

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yangi O‘zbekistonimizning kelajagi yanada porloq bo‘lsin
https://www.instagram.com/reel/DcooAp0otSL/?igsi=MWdqbDY0cnl3bjBmcQ==
35 yoshing muborak bo'lsin, O'ZBEKISTONIM!

✅Bizning kanalga  obuna bo‘ling va  kuzatishda davom eting. 👇

https://t.me/Andijonim_fidoyilarii | https://www.instagram.com/andijonim_fidoyilari?utm_source=qr&igsh=Zjl0bTJraWxsNjZj | https://www.facebook.com/share/1G1GzMwArH/| https://youtube.com/@andijon_fidoyilari?si=Y5tS23BMq1Ht8LOo |
241000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

03-sen, 2026, 14:17

Photo
Mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, parlamentlar hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan https://president.uz/oz/lists/view/9564 kelmoqda.
—
В связи с 35-летием государственной независимости нашей страны на имя Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева поступают https://president.uz/ru/lists/view/9564 от глав иностранных государств и правительств, руководителей парламентов, международных и региональных организаций, представителей деловых кругов, видных политических, общественных и религиозных деятелей.

#Mirziyoyev #qutlovlar #mustaqillik35

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
220000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

01-sen, 2026, 06:04

Photo
#TABRIK
#MUSTAQILLIK_35

MUSTAQILLIK — MILLIY G‘URURIMIZ VA BUYUK TAYANCHIMIZ

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli vatandoshlar!

Sizlarni xalqimizning eng ulug‘ va eng qadrli ayyomi — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — biz uchun oddiy bir sana emas. U millatning o‘zligini namoyon etgan, qalblarimizga erkinlik tuyg‘usini, kelajakka ishonch va Vatanga daxldorlik mas’uliyatini singdirgan buyuk ne’matdir.

Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorliklar, yoshlarimizning ilm-u hunarga intilishi, xalqimizning farovon hayoti — istiqlol bergan imkoniyatlarning yorqin ifodasidir.

Yurtimizning osmoni hamisha musaffo, bayrog‘imiz hamisha baland, Mustaqilligimiz esa mangu va bardavom bo‘lsin!

35 yillik qutlug‘ Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Qashqabayeva Nigora Baxtibekovna
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari


https://t.me/Andijonim_fidoyilarii | https://www.instagram.com/andijonim_fidoyilari?utm_source=qr&igsh=Zjl0bTJraWxsNjZj | https://www.facebook.com/share/1G1GzMwArH/| https://youtube.com/@andijon_fidoyilari?si=Y5tS23BMq1Ht8LOo |
325000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

01-sen, 2026, 06:04

Photo
🇺🇿🇺🇸 1-sentyabr Sietlda “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qilindi

AQShning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni rasman “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qiluvchi proklamatsiyani imzoladi.

Hujjatda O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, iqtisodiy salohiyati va xalqaro hamkorlikdagi yutuqlari e’tirof etilgan.

Rasmiy sahifalarimiz👇
https://manaviyat.uz/ | https://t.me/manaviyat_markaz | http://fb.com/manaviyat.uz | https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968 | https://www.instagram.com/manaviyat_markaz/
167000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

01-sen, 2026, 06:04

Photo
#kun_hikmati

Odam hamisha boshqalarga yaxshilik ko’rsatishi kerak. Agar yaxshilik qilish imkoniga ega bo’lmasa, yaxshi tilaklar izhor etsin.

Abu Rayhon Beruniy

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrixon tumani bo'linmasi
|
372000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

01-sen, 2026, 06:04

Photo
#Shahrixon
#Siyosiy_marifat_soati
#Milliy_liboslar_kuni

Shahrixon tumanidagi 3-son texnikumida “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etilib, unda jamoa a’zolari haftaning eng muhim va dolzarb voqealari bilan tanishdilar.

Shuningdek, muassasada milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashga qaratilgan “Juma – milliy liboslar kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrixon tumani bo'linmasi👇
|
185000
Shahrixonsoy mavjlari logo
Shahrixonsoy mavjlari

01-sen, 2026, 06:04

Video
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.
256000

Showing 30 of 34 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Shahrixonsoy mavjlari Telegram kanali nima haqida?+

Shahrixonsoy mavjlari (@shahrixonsoymavjlari) — tgdio da Kundalik motivatsiya toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 2 043 obunachi bor.

Shahrixonsoy mavjlari (@shahrixonsoymavjlari) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @shahrixonsoymavjlari ga bepul obuna bo‘ling.

Shahrixonsoy mavjlari yaxshi Kundalik motivatsiya kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Shahrixonsoy mavjlari reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 2 043 obunachi bor. O‘xshash Kundalik motivatsiya kanallar bilan solishtiring.

Shahrixonsoy mavjlari statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @shahrixonsoymavjlari sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.