«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi Telegram channel photo

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

Sharq olamida sodir bo‘layotgan yangiliklar va voqealar siyosiy tahlili, tarixiy-falsafiy mushohadalar va ilmiy mulohazalarni biz bilan kuzatib boring! Murojaat va tijoriy hamkorliklar uchun: @tahlilchi_admin @TahlilchilargaMurojaat_bot

Siyosato‘zbekOʻzbekiston

908

Last views

7.5k (7,481 subscribers)
A'zolar
—
Rating
94
Total Posts
Oct 21, 2026, 8:21 PM
Yangilangan
Apr 4, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel Name«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi
Username@sharqshunos_tahlilchilar
CategorySiyosat
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar7,481
Channel TypePublic Channel
Created4-apr, 2026
Last Updated21-okt, 2026 • 2 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#136022+506
Til reytingi
#888+12
Toifa reytingi
#2603-2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 7.5K30 Days growth: +600.8%
09/2209/2710/0210/0710/1210/1710/21
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
22:09:20267,421
23:09:20267,421
24:09:20267,421
25:09:20267,421
26:09:20267,421
27:09:20267,421
28:09:20267,421
29:09:20267,421
30:09:20267,421
01:10:20267,421
02:10:20267,421
03:10:20267,421
04:10:20267,421
05:10:20267,421
06:10:20267,421
07:10:20267,421
08:10:20267,421
09:10:20267,421
10:10:20267,421
11:10:20267,421
12:10:20267,421
13:10:20267,470
14:10:20267,470
15:10:20267,470
16:10:20267,470
17:10:20267,470
18:10:20267,470
19:10:20267,470
20:10:20267,470
21:10:20267,481
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:20267,599
Week of 06:04:20267,588
Week of 13:04:20267,568
Week of 20:04:20267,568
Week of 27:04:20267,579
Week of 04:05:20267,579
Week of 11:05:20267,554
Week of 18:05:20267,554
Week of 25:05:20267,554
Week of 01:06:20267,556
Week of 08:06:20267,556
Week of 15:06:20267,556
Week of 22:06:20267,556
Week of 29:06:20267,476
Week of 06:07:20267,476
Week of 13:07:20267,410
Week of 20:07:20267,410
Week of 27:07:20267,410
Week of 03:08:20267,374
Week of 10:08:20267,374
Week of 17:08:20267,333
Week of 24:08:20267,294
Week of 31:08:20267,294
Week of 07:09:20267,272
Week of 14:09:20267,421
Week of 21:09:20267,421
Week of 28:09:20267,421
Week of 05:10:20267,421
Week of 12:10:20267,470
Week of 19:10:20267,481
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20267,579
May 20267,554
June 20267,476
July 20267,410
August 20267,294
September 20267,421
October 20267,481
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20267,481

So'nggi postlar

Video
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon: mintaqaviy hamkorlikning yangi geoiqtisodiy bosqichi

Global iqtisodiyotda strategik xomashyo, transport yo‘laklari va raqamli texnologiyalar uchun raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda Markaziy Osiyoning xalqaro iqtisodiy tizimdagi o‘rni tobora muhimlashmoqda. 2026-yil 8-oktabr kuni Turkmanistonning Avaza hududida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida savdo, sanoat, transport va texnologik hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Ozarbayjonning ushbu formatda to‘laqonli ishtirok etishi mintaqaviy hamkorlikning geografik doirasi kengayayotganini ko‘rsatadi.

Ushbu jarayonning iqtisodiy mohiyati oddiy savdo aloqalaridan o‘zaro bog‘langan ishlab chiqarish tizimlariga o‘tishda namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston ilgari surgan "Olti iqtisodiyot — bitta mahsulot" tamoyili va 2035-yilgacha mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan. Agar mamlakatlar ishlab chiqarishning turli bosqichlarini o‘zaro muvofiqlashtira olsa, ular nafaqat tovar ayirboshlashni ko‘paytiradi, balki qo‘shilgan qiymat yaratish, investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Shunday boʻlsa-da, buning uchun bojxona to‘siqlarini kamaytirish, transport xarajatlarini pasaytirish va qo‘shma loyihalarni amalda moliyalashtirish zarur.

Strategik minerallar va sun’iy intellekt sohasidagi tashabbuslar esa hamkorlikning uzoq muddatli ahamiyatini yanada oshiradi. Muhim mineral resurslarning yagona raqamli xaritasini yaratish, ularni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirish va mintaqaviy ma’lumotlar markazlarini o‘zaro bog‘lash takliflari iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin, ammo tabiiy boyliklarning mavjudligi o‘z-o‘zidan iqtisodiy ustunlikni kafolatlamaydi: haqiqiy natija xomashyoni chuqur qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va malakali mutaxassislar tayyorlashga bog‘liq.

Transport-logistika aloqalari bu imkoniyatlarni xalqaro bozorlarga bog‘lovchi asosiy mexanizmlardan biridir. Ozarbayjon bilan hamkorlik Kaspiy dengizi orqali Kavkaz va Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shunga qaramasdan muqobil transport yo‘nalishining mavjudligi hali uning raqobatbardoshligini anglatmaydi. Tranzit xarajatlari, chegara tartib-taomillari, portlar va temiryo‘llar faoliyatining muvofiqlashtirilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu sababli mintaqaviy integratsiya faqat siyosiy kelishuvlar bilan emas, balki biznes uchun real iqtisodiy afzalliklar yaratishi bilan baholanishi kerak.

19-oktabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi uchrashuvi ushbu jarayonga yana bir necha muhim tashabbuslarni ilgari surishi turgan gap. AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning tashrifi va Amerika biznes doiralarining ishtiroki Vashingtonning mintaqa bilan iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishga qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Uchrashuv bilan bog‘liq kun tartibida savdo, investitsiyalar, energetika va strategik minerallar muhim o‘rin tutdi.

Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon o‘rtasidagi integratsiya tashabbuslari hamda Samarqanddagi C5+1 uchrashuvi mintaqaning xalqaro iqtisodiy aloqalari kengayayotganini ko‘rsatuvchi muhim jarayonlardir. Biroq diplomatik faollikning o‘zi iqtisodiy muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Asosiy mezon qo‘shma ishlab chiqarishning rivojlanishi, strategik resurslardan samarali foydalanish, transport xarajatlarining kamayishi va yangi investitsiyalarning real iqtisodiy natijalarga aylanishidir. Markaziy Osiyoning strategik salohiyati geografik joylashuvining o‘zida emas, balki ushbu ustunlikni o‘zaro manfaatli hamkorlik va barqaror iqtisodiy taraqqiyotga aylantira olishidadir.

Komila Hikmatova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱X 📱YouTube 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram
9080022
Photo1/4
#iqtibos

✅ O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar.

© Abdulla Qodiriy

✅ Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadurgan oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur.

© Abdulla Avloniy

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📝 X 📹 YouTube 📝 Facebook
📷 Instagram 📨 Telegram
1,3700034
Photo1/2
Sun’iy intellekt sohasida qurollanish poygasi: AQSh-Xitoy raqobatida yangi bosqich

Hozirgi vaqtda davlatlar bir-birining sun'iy intellekt imkoniyatlarini toʻliq baholash imkoniyatiga ega emaslar. Davlatlar o'rtasidagi noma'lumlik sun'iy intellekt qurollanish poygasini avj oldirmoqda. Ushbu poyganing markazida Qo'shma Shtatlar va Xitoy turishi bilan birgalikda, nodavlat subyektlar va korporatsiyalarning ham ta'siri ortib bormoqda. Sun'iy intellekt qurollanish poygasi kim eng yaxshi tizimlarni ishlab chiqarishi, ularni eng tez integratsiya qilishi va ularning qanday ko'payishini nazorat qilishi mumkinligi haqida.

2022-yil oktyabr oyida AQSh Savdo vazirligi yarimo'tkazgichlar va hisoblash chiplari - sun'iy intellekt ishlab chiqarish uchun materiallarga yangi eksport nazoratini e'lon qildi. 2023-yil yozida Xitoy bu cheklovga yarimo'tkazgichlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan metallar - germaniy va galliyga eksport nazoratini o'rnatish orqali javob berdi .

Xitoy ham, Qo‘shma Shtatlar ham sun’iy intellekt sohasida global kuch sifatida tan olinishni xohlashadi va bu yo‘nalishda faol harakat qilmoqda. Yuqorida aytib o‘tilgan eksport nazorati esa shuning faqat bir misolidir. Ikkala mamlakat ham raqobatbardosh bo'lib qolishi uchun xususiy sektorda innovatsiyalar va hamkorlik talab etiladi.

Bunga misol qilib, 2024-yilda Qo'shma Shtatlarning eng yirik fuqarolik sun'iy intellekt kompaniyalaridan biri bo'lgan OpenAI o'z texnologiyasidan harbiy ishlanmalar uchun foydalanishga ruxsat berish uchun kompaniya ko'rsatmalarini tahrirladi. Harbiy sun'iy intellektni ishlab chiqish va joylashtirish dolzarbligi ortib borayotgan global xavfsizlik inqirozidir. Tartibga solishdagi bo‘shliqlar va operatsion xavflarning ortishi sababli harbiy sun’iy intellektning qiyinchiliklari va xavflari zamonaviy mojarolarda allaqachon ko‘rinib turibdi. Hayot-mamotga bog‘liq qarorlar tobora ko‘proq ishlashida xavf bo‘lgan tizimlarga topshirilmoqda. AI tizimlari qanday qaror qabul qilishini ko‘pincha tushunib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, ular adolatsiz qarorlar ham chiqarishi mumkin. Natijada, tizimni yaratish va ishlatish jarayonida xalqaro huquqdagi javobgarlik va kamsitmaslik qoidalari buzilmoqda.

Sirasini aytganda, sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiqishdan tortib joylashtirishgacha bo‘lgan har bir bosqichda insonlar ishtirok etadi, ammo tizim xato qilganda kimni javobgar deb topish mumkinligi hali ham noaniqligicha qolmoqda. Bu noaniqlik nafaqat texnik, balki chuqur huquqiy va axloqiy muammo sifatida qolmoqda. Agar yetarli xalqaro nazorat va javobgarlik mexanizmlari ishlab chiqilmasa, sun’iy intellekt qurollanish poygasi nafaqat davlatlar o‘rtasidagi raqobatni, balki global xavfsizlik inqirozini yanada chuqurlashtirishi mumkin.

Hamidullo Choriyev
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱X 📱YouTube 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram
1,3300044
Photo1/2
Kritik minerallar ta'minoti zanjirining ahamiyati

Bugungi kunda kritik minerallar rivojlangan davlatlar tomonidan sanoatning turli muhim sohalarida faol ravishda foydalanib kelinmoqda. Ushbu minerallar eng so'nggi texnologiyalardan tortib, mudofaa sanoatida ham muhim ahamiyatga ega sanaladi. Kritik minerallar iqtisod, texnologiya va mudofaa sanoati uchun muhim bo'lishiga qaramasdan, ko'pchilik davlatlarda yetarlicha zahira mavjud emas. Misol sifatida AQShni olsak, AQSh uchun minerallar importi juda muhimdir. Agar kritik minerallarning import hajmi pasaysa yoki to'xtasa bu AQSh uchun ulkan muammolarga sabab bo'lishi tabiiy. Bu esa AQSh hukumatida kritik minerallar ta'minoti zanjiriga nisbatan xavotir uyg'otadi. Ushbu xavotirning eng asosiy sabablaridan biri esa - Xitoy.

Xitoy aynan kritik minerallarning ko'plab sohalari bo'yicha dunyoda yetakchidir. U ham zaxira bo'yicha, ham qayta ishlash bo'yicha dominant davlat sanaladi. Bu esa nafaqat AQShni balki boshqa yirik davlatlarni ham kritik minerallar importini diversifikatsiya qilishga majbur qilishi mumkin. Shu sababdan ham, "G7" davlatlari o'zaro yig'ilishda kritik minerallar bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yishni kelishib olishdi. Bundan kutilgan maqsad esa avvalo Xitoyni kritik minerallar ta'minoti zanjiridagi o'rniga zarar yetkazish va Xitoyga bo'lgan qaramlikdan qutulishga intilishdir.

Ushbu sohada yetakchi davlatlar qatoriga kirish uchun avvalo hukumatlar kritik minerallar sanoatiga investitsiya kiritishi kerak. Kritik minerallarga investitsiya kiritish bo'yicha ham Xitoy oldinda, bu esa huddi yuqorida ta'kidlanganidek Xitoyning mutlaq dominantligini bildiradi. Bunday vaziyatda esa bir davlat Xitoy dominantligiga qarshi kurashishidan hech qanday mantiq yo'q albatta. Shu sababli ham "G7" mamlakatlari birgalikda kurashishni boshlashdi, biroq aynan jarayonning shu qismida bir savol tug'iladi, ya'ni "davlatlar birlashgan holatda ham Xitoyning ustunligiga qanchalik zarar yetkaza olishadi?".

Ularning birlashgani ham to'liq yordam bermaydi aslida. Balki ta'minot zanjirida ular o'zlarini nisbatan xavfsizroq his qilishi mumkin, lekin bir tomonda qayta ishlash masalasi ham bor. Bu sohada ham Xitoy dominantdir. Yana bir tomonda esa AQSh va Xitoy o'rtasidagi raqobat omili ham mavjud. Aynan mana shu raqobat ham ular o'rtasida savdoga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Misol uchun Xitoy maqsadli ravishda bir necha turdagi kritik minerallar eksportini cheklagan (Neodim, disprosiy, tozalangan marganes). Bu uchala mineral ham yuqori texnologiyalar, elektr transport vositalari, shamol turbinalari va mudofaa sanoatida muhim ahamiyatga ega. Bu cheklov orqali esa Xitoy AQShni noqulay ahvolga solishi tabiiy.

Umumiy holatni hisobga olgan holda, vaziyatni quyidagicha baholash mumkin: Xitoy ushbu ta'minot zanjiridagi eng yirik kuch. AQSh esa nisbatan zaif. Boshqa rivojlangan mamlakatlar masalan Janubiy Koreya ham import yo'llarini ko'paytirishga harakat qilishmoqda, bu birinchi galda Xitoyga qaramlikni kamaytirishga yordam beradi, ikkinchi tomondan esa ehtimoliy xavflarni oldini ham olishmoqda.

Sirasini aytganda, ushbu soha bugungi kunning eng dolzarb va shu bilan birgalikda muammolarga to'la sohalaridanbiri hisoblanadi. Xitoyning mutlaq gegemonligiga qaramasdan, unga qarshi AQSh va ittifoqchilari harakat qilishmoqda. Bu kurash qanchalik natija berishi ham katta savol hisoblanadi.

Yahyobek Erkinboyev
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱X 📱YouTube 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram
2520012
Video
Urush oʻzgarmaydi. Faqat jang qurollari takomillashadi. Biz doʻst-u dushmanga boʻlinib, oʻzimizni qandaydir guruhlarga ajratsak, hech narsaga erishmaymiz.

Barchamizning vatanimiz Yer ekanligini, hammamiz bir tur – Insonligimizni imkon qadar tezroq anglasak, dunyodagi qirg‘inbarot urushlar tugagan boʻlar edi.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
😎 X 😎 YouTube 😎 Facebook
😎 Instagram 😎 Telegram
7790017
Photo1/2
Donald Tramp davrida AQSh va ShAShT: transatlantik munosabatlarda strategik burilish

So'nggi ikki yil mobaynida G'arb xavfsizlik arxitekturasida tub o'zgarishlar ro'y bermoqda. AQSh Prezidenti Donald Trampning ShAShT ittifoqchilariga nisbatan qo'llayotgan bosim siyosati - bir tomondan alohida strategik hisob-kitobga, ikkinchi tomondan Yevropada mustaqil mudofaa salohiyatini shakllantirish zaruratiga olib kelmoqda. Bu jarayon nafaqat harbiy-texnik, balki chuqur geosiyosiy ahamiyat kasb etib, transatlantik munosabatlarning fundamental qayta tuzilishini ko'rsatmoqda.

2026-yil iyul oyida, Anqaradagi ShAShT sammiti arafasida, D.Tramp Germaniyaning mudofaa xarajatlarini "kulgili" va "bir tomonlama" deb ta'riflab, mamlakatdan 5 000 amerikalik askarni olib chiqib ketishini e'lon qildi. Kansler Fridrix Merzning javobi tezkor bo'ldi: Germaniya mudofaa byudjetini to'rt yil ichida ikki baravarga oshiradi. Germaniya 2026-yil mudofaa byudjetini 120 milliard dollardan ziyod miqdorda tasdiqladi. Merz hukumati esa 2030-yilga borib yillik mudofaa va xavfsizlik xarajatlarini 230 milliard dollarga, federal byudjetning taxminan uchdan bir qismiga yetkazishni rejalashtiryapti. Yevropa mudofaa xarajatlarini oshirmoqda, ammo AQSh manfaatlarini ko'zlab emas. Sarflanayotgan mablag'larning katta qismi Yevropa mudofaa sanoatiga yo'naltirilyapti. Bu esa AQSh eksporti va uning harbiy-siyosiy ta'siriga bevosita raqobat yaratmoqda. Boshqacha aytganda, D.Trampning Yevropani o'z mudofaasini o'zi ta'minlashga majburlash siyosati Vashingtonning o'z strategik mavqeini zaiflashtirish xavfini tug'dirmoqda.

2026-yil fevralida Myunxen xavfsizlik konferensiyasida kansler Merz Yevropaning AQShga strategik bog'liqligidan chiqib ketish zarurligini ochiqchasiga e'lon qildi. Fransiya bilan yadroviy bo'lishish muzokaralari boshlandi. Iyul oyida Fransiya va Buyuk Britaniya yangi yadroviy strategiya bo'yicha qo'shma bayonot chiqardi, Germaniya va Britaniya o'rtasida ikki tomonlama mudofaa hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi "harbiy jihatdan o'zini cheklash" doktrinasiga oʻnlab yillar davomida amal qilib kelgan Germaniya bugun Yevropa ichida eng yirik mudofaa investoriga aylanmoqda. AQShning 2026-yil Milliy mudofaa strategiyasi ushbu yo'nalishni rasman tasdiqladi: mazkur hujjatda Yevropa ikkinchi darajali mintaqa sifatida belgilanib, AQShning asosiy strategik ustuvorliklari qatoriga o'z hududini himoya qilish va Xitoyni jilovlash kiritilgan. Bu bilan Vashington Yevropaning o'z xavfsizlik kafolatlarini mustaqil ravishda ta'minlashi zarurligini amalda qabul qildi.

Shu bilan birga, ShAShT Bosh kotibi Mark Rutte 2026-yil yanvarda Yevropa parlamentida aniq bir haqiqatni bayon etdi, ya'ni Yevropa AQShsiz o'zini himoya qila olmaydi. Haqiqatdan ham, yadroviy tiyib turish, strategik razvedka va logistika infratuzilmasi hali ham Vashington nazoratida qolmoqda. Germaniya va Fransiya o'rtasida yillar davomida muhokama qilinib kelgan qo'shma qiruvchi samolyot loyihasi — Future Combat Air System — ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o'rtasidagi manfaat ziddiyati tufayli hozircha to'xtab qolgan. Bu fakt Yevropaning hatto o'zaro hamkorlikda ham yagona strategik ovozga ega emasligini koʻrsatmoqda.

Xulosa o'rnida ta'kidlash lozimki, transatlantik xavfsizlik tizimi bugungi kunda o'zining eng murakkab sinovidan o'tmoqda. AQShning strategik ustuvorliklarini qayta belgilashi Yevropani o'n yillar davomida tayanib kelgan xavfsizlik modelini tubdan qayta ko'rib chiqishga majbur etmoqda. Germaniya boshchiligidagi Yevropa davlatlari mustaqil mudofaa salohiyatini shakllantirishga kirishgan bo'lsa-da, bu yo'lda hal qilinmagan strategik, texnologik va siyosiy muammolar hali ko'p. Aynan shu ma'noda, ShAShT inqirozi bu nafaqat harbiy-moliyaviy kelishmovchilik, balki G'arb geosiyosiy tartibining fundamental qayta tuzilish jarayonidir.

O‘g‘iloy G‘aniyeva
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱X 📱YouTube 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram
9990016
Photo1/2
Diplomatiyada gender tushunchasi

Bugungi kunda zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar va global boshqaruv jarayonlarining murakkablashuvi natijasida
diplomatiya ham yangi mazmun kasb etmoqda. Diplomatiya faqat davlatlar o‘rtasidagi rasmiy muzokaralar bilan cheklanib qolmay, balki uning qamrovi va mazmun-mohiyati yanada kengayib, zamon talabiga mos ravishda yangi tushuncha va qarashlar bilan boyib bormoqda.

Xususan, hozirgi kunga kelib “diplomatiya” so‘zi bilan birgalikda ishlatila boshlangan “gender diplomatiyasi” iborasining xalqaro siyosatga kirib kelishi bu soha qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Gender diplomatiyasi – bu xalqaro munosabatlarda ayollar va erkaklarning teng ishtirokini ta’minlash, gender nuqtayi nazarini siyosiy qarorlar va diplomatik amaliyotga kiritishga qaratilgan keng qamrovli sohadir.

Bu sohaning shakllanishi XX asrning oxiri, xususan 1980–1990-yillarda feministik yondashuvlarning ilmiy diskursga kirib kelishi bilan bevosita bog‘liqdir. Dastlab, bu yo‘nalish alohida diplomatiya sohasi sifatida emas, balki xalqaro siyosatni gender nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan nazariy qarash sifatida paydo bo‘lgan. Dunyodagi kuch va hokimiyat faqat erkaklar qoʻlida jamlangan va ayollarda bu narsalarga mos tushuvchi sifatlar mavjud emas degan sterotiplar gender diplomatiyasiga oid qarashlarning shakllanishiga turtki boʻlgan.

Gender diplomatiyasining alohida soha boʻlib rivojlanishida ilmiy-nazariy yondashuvlarning ahamiyatga egadir. Jumladan, xalqaro munosabatlardagi feminizm nazariyasiga koʻra, jahonda roʻy bergan va berayotgan siyosiy ziddiyat va nizolarda eng koʻp aziyat chekuvchilar ayollar, lekin ular harbiy toʻqnashuvlardan soʻng vujudga keladigan tinchlik muzokalari hamda diplomatik uchrashuvlarda ishtirok etishmaydi. Bu esa real siyosiy masalalarda ayollar fikr-mulohazalari inobarga olinmasligiga olib keladi. Ayniqsa, Gruziya va Myanmadagi qonli toʻqnashuvlarni tinchlik muzokaralari tuzilishi bilan yakunlanishi ayollarning diplomatiyada oʻrni qanchalik muhim ekanligini koʻrsatadi.

Yana bir nazariyalardan biri liberalizm mazkur sohaning nazariy asoslaridan biridir. Liberalizmning eng muhim tamoyillaridan biri shaxs erkinligi hisoblanadi va gender doirasida liberazm erkaklar va ayollar o‘rtasida huquqlar, majburiyatlar, rollar va imkoniyatlar tengligini ta’minlash jarayoni sifatida ham talqin etiladi. Shuningdek, xalqaro munosabatlarda liberalizm nazariyasi gender diplomatiyasining ham institutsional jihatdan tuzilganligini asoslab berishga xizmat qiladi. Ayollar huquq va erkinliklari boʻyicha CEDAW kabi qonuniy hujjatlar yorqin misoldir.

Konstruktivizm nazariyasiga koʻra esa gender tushunchasi biologik tushuncha asosida emas, balki jamiyat tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy hodisa sifatida talqin qilinadi. Gender diskursi jamiyatda mavjud gender rollari, stereotiplari va ijtimoiy kutishlarning til orqali ifodalanish shaklidir. Uni modellashtirish esa ushbu diskurslarning qanday paydo bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishini tizimli ravishda tahlil qilish imkonini beradi. Gender diskursi ijtimoiy konstruktsiya sifatida qaraladi. Ya’ni gender insonning tug‘ma xususiyati emas, balki ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadigan hodisadir. Masalan, “yetakchilik bu erkaklik xususiyati” iborasi ushbu fikr erkaklik va yetakchilik o‘rtasida sun’iy bog‘liglikni yaratadi va ayollarning rahbarlik qobiliyatini bilvosita inkor etadi.

Umuman olganda, boshqa sohalar singari tashqi siyosiy faoliyatda, xususan diplomatiyada ham ayollar va erkaklarning teng ravishda ishtirokiga e’tibor qaratish xalqaro siyosatning o‘sishi va rivojlanishiga, shuningdek, davlatlar va tashkilotlararo diplomatik hamkorlikning ta’minlashi uchun yanada samaraliroq va barqaror ishlashiga yordam beradi. Yuqorida keltirilgan nazariyalar esa sohani ilmiy tadqiq qilish koʻlamini yanada kengaytiradi.

Nozima Ergasheva
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram
1,0500025
Video
Grem Alissonning tashqi siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoni: nazariy tahlil

Xalqaro munosabatlarda davlatlarning tashqi siyosiy qarorlarini tahlil qilishda amerikalik siyosatshunos Grem Allison tomonidan ishlab chiqilgan nazariy yondashuvlar muhim o‘rin tutadi. Olim 1971-yilda nashr etilgan "Essence of Decision: Explaining the Cuban Missile Crisis" asarida tashqi siyosiy qarorlarni tushuntirishning uchta modelini ilgari surgan. Ushbu modellar davlatlarning xalqaro maydondagi xatti-harakatlarini, qaror qabul qilish mexanizmlarini va ichki siyosiy jarayonlarning tashqi siyosatga ta’sirini o‘rganishga imkon beradi.

Allisonning birinchi modeli — ratsional aktyor modeli (Rational Actor Model) bo‘lib, unga ko‘ra, davlat yagona va oqilona subyekt sifatida harakat qiladi. Davlat muayyan xalqaro vaziyatni tahlil qilib, o‘z milliy manfaatlari va strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda eng maqbul qarorni tanlaydi. Bunda mavjud muammolar, ehtimoliy oqibatlar va muqobil harakatlar baholanadi. Masalan, 1962-yilda yuz bergan Kuba raketa inqirozi vaqtida AQSH hukumati Sovet Ittifoqining Kubaga yadroviy raketalar joylashtirishiga javoban bir nechta strategik variantni ko‘rib chiqdi. Harbiy hujum, Kubaga bostirib kirish va dengiz blokadasi shular jumlasidan edi. Prezident Jon Kennedi ma’muriyati dengiz blokadasini tanladi. Ushbu qaror Sovet Ittifoqiga bosim o‘tkazish bilan birga, bevosita harbiy to‘qnashuv va yadroviy urush xavfini cheklashga qaratilgan edi. Ratsional aktyor modeli aynan shu qarorni davlatning strategik manfaatlari va muqobil variantlarni baholashi orqali izohlaydi.

Allisonning ikkinchi modeli — tashkiliy jarayonlar modeli (Organizational Process Model) hisoblanadi. Mazkur yondashuvga ko‘ra, tashqi siyosiy qarorlar faqat davlat rahbarining shaxsiy xohishi yoki strategik hisob-kitoblari asosida shakllanmaydi. Ularga davlat tashkilotlarining mavjud faoliyat tartiblari, institutsional imkoniyatlari, tajribasi va standart operatsion qoidalari ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Kuba raketa inqirozi davrida AQSHning harbiy va razvedka tashkilotlari o‘zlarining mavjud operatsion rejalari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli harakat variantlarini taklif qilgan. Harbiy tashkilotlarning tayyor rejalar va odatiy faoliyat tartiblariga tayanishi hukumatning qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu model davlatning tashqi siyosiy qarorlarini tushunishda institutsional omillar va tashkilotlarning amaliy imkoniyatlarini hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.

Allisonning uchinchi modeli — byurokratik siyosat modeli (Bureaucratic Politics Model) bo‘lib, u tashqi siyosiy qarorlarni davlat ichidagi turli siyosiy aktorlar o‘rtasidagi muzokaralar, manfaatlar to‘qnashuvi va murosalar natijasi sifatida izohlaydi. Ushbu modelga muvofiq, davlat rahbarlari, harbiy qo‘mondonlar, diplomatlar va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar muayyan masala yuzasidan turlicha qarashlarga ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli yakuniy qaror ko‘pincha ushbu aktorlarning siyosiy ta’siri, vakolatlari va o‘zaro muzokaralari natijasida shakllanadi.

Grem Allisonning uchta modeli tashqi siyosiy qarorlarni turli nuqtayi nazardan tahlil qilish imkonini beradi. Ratsional aktyor modeli davlatning strategik maqsadlari va manfaatlariga, tashkiliy jarayonlar modeli davlat idoralarining institutsional faoliyatiga, byurokratik siyosat modeli esa siyosiy aktorlar o‘rtasidagi manfaatlar va muzokaralarga e’tibor qaratadi. Ushbu yondashuvlarning har biri muayyan qaror qabul qilish jarayonining alohida jihatlarini ochib beradi.

Xulosa qilib aytganda, Allisonning nazariy yondashuvi tashqi siyosiy qarorlarni faqat davlatning oqilona strategik tanlovi sifatida emas, balki murakkab institutsional va siyosiy jarayonlar mahsuli sifatida ham o‘rganish zarurligini asoslaydi. Ayniqsa, xalqaro inqirozlar, diplomatik muzokaralar va davlatlararo mojarolarni tahlil qilishda ushbu uch modeldan foydalanish qarorlarning shakllanish mexanizmlarini chuqurroq anglashga yordam beradi.

Asadbek Sultonboyev
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Telegram
1,1000066
Photo1/2
GIUK bo'g'ozi: Shimoliy Atlantikadagi strategik kurash maydoni

GIUK - Grenlandiya, Islandiya va Buyuk Britaniya orasida joylashgan va global kuchlar muvozanatini belgilovchi muhim nuqtalardan biri hisoblanadi. Ushbu hudud Arktika okeani va Atlantika okeani o'rtasidagi asosiy darvoza hamda Shimoliy Amerika va Yevropa o'rtasida harbiy va iqtisodiy aloqalar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Bugungi jahon tartibotida dengiz yo'llari ustidan nazorat davlatlarning harbiy va iqtisodiy qudratini belgilaydi. GIUK bo'g'ozi ham aynan shunday nuqtalardan biri bo'lib, uni nazorat qilish translantik aloqalarni boshqarish deganidir. Xalqaro savdoning katta qismi dengiz yo'llari orqali amalga oshirilishini hisobga olsak, bu hudud iqtisodiy xavfsizlik uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu sababli, ShAShT va Rossiya o'rtasidagi raqobat markazlaridan biri aynan GIUK bo'g'ozi hisoblanadi.

Tim Marshall o'zining "Geografiya Mahkumlari" kitobida shunday deydi:
GIUK bo’g’ozi Hormuz va Malakka bo’g’ozlari kabi katta ahamiyatga ega bo’lmasa-da, Buyuk Britaniyaga Shimoliy Atlantikada doimiy ravishda ustunlik berib kelmoqda. 2014-yilda Shotlandiyaning mustaqilligi uchun o’tkazilgan referendum Londonni vahimaga solib qo’ydi. Sababi, agarda Shotlandiya mustaqillikka ega bo’lsa, Shimoliy dengiz va Shimoliy Atlantikada Buyuk Britaniyaning ta’siri yo’qoladi. Buning natijasida, Buyuk Britaniyaning qolgan qismlariga strategik zarba beradi va uning obro’siga jiddiy putur yetkazadi.

Birinchi va ikkinchi jahon urushlari davrida GIUK orqali o'tuvchi dengiz yo'llari Ittifoqchilar uchun hayotiy ahamiyat kasb etgan. Germaniya suvosti kemalari aynan shu hudud orqali Atlantika okeanida hujumlar uyushtirgan bo’lsa, ittifoqchi davlatlar Grenlandiya va Islandiya hududida harbiy bazalar qurib, bu tahdidlarni kamaytirishgan. Bu davrda ham dengiz ustidan nazorat urush natijasini hal qiluvchi omilardan biri hisoblangan. Sovuq urush davrida esa GIUK ShAShT va Rossiya uchun “ko’rinmas front” vazifasini bajargan. SOSUS (Sound Surveillance System - Tovush orqali kuzatuv tizimi) tizimi, patrul samolyotlari va suvosti kuzatuv texnologiyalari orqali Sovet kemalari harakati doimiy kuzatuvda bo’lgan. Bu esa yadroviy qarama-qarshilik davrida muhim strategik ustunlik bergan.

Darhaqiqat, GIUK bo’g’ozi yana global e’tibor markaziga aylanmoqda. Tim Marshall yana o’zining kitobida aytib o’tadiki, Rossiya Shimoliy floti Arktika hududida, xususan, Barents dengizidagi Severomorskda joylashgan bo’lib, uning Atlantika okeaniga chiqishidagi yagona yo’li GIUK orqali o’tadi, ammo Kola yarimorolida joylashgan ShAShT bazalari bunga to’sqinlik qiladi. Har qanday ehtimoliy to’qnashuv davrida ushbu flotning strategik vazifasi - Shimoliy Amerikadan Yevropaga ushbu yo’lak orqali yetib keladigan ta’minot va qo’shimcha kuchlarni to’sib qo’yish hisoblanadi. Shu bilan birga so'nggi yillarda geosiyosiy vaziyat yana murakkablashmoqda. Finlandiyaning ShAShTga qo'shilishi va Norvegiyaning harbiy infratuzilmasi kuchaytirilishi Shimoliy Yevropada ShAShTning pozitsiyasini yanada mustahkamladi. Natijada, Rossiya uchun GIUK yo'nalishida harakatlanish strategik va operativ jihatdan murakkablashdi.

Bundan tashqari, Arktikadagi muzlarning erishi yangi dengiz yo'llarni ochib, mintaqadagi raqobatni yanada keskinlashtirmoqda. Rossiya Shimoliy dengiz yo'lini rivojlantirish orqali strategik va iqtisodiy ustunlikka erishishni maqsad qilgan bo'lsa-da, harbiy keskinlikning ortishi bu rejalarni xavf ostiga qo'ymoqda. Shu nuqtayi nazardan, GIUK bo'g'ozi nafaqat harbiy balki iqtisodiy va geosiyosiy jihatdan ham XXI asrda muhim strategik markazga aylanmoqda.

GIUK bo’g’ozi tarixda ham, bugungi kunda ham global kuchlar nazoratini belgilovchi muhim geostrategik nuqtalardan biri bo’lib qolmoqda. U nafaqat Shimoliy Atlantikadagi harbiy ustunlikni ta’minlash vositasi, balki Yevropa va Shimoliy Amerika o’rtasidagi iqtisodiy barqarorlikning kafolatlaridan biridir.

Behruz Subxonov
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱X 📱YouTube 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram
1,2600021
Photo1/2
🇺🇸🇷🇺 Saylovlar oldidan oʻzgarish: Trampning Putin bilan hamkorligi

AQSh Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 9-oktabrda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya dizel yoqilg'isini AQSh va jahon bozorlariga chiqarishga rozi bo'lganini maʼlum qildi. AQShdagi oraliq saylovlar oldidan yoqilg'i narxlarining oshishini bartaraf etishga qaratilgan ushbu harakat Ukrainadagi urush boshlanganidan beri AQShning Moskvaga nisbatan siyosatida keskin o'zgarishni anglatadi. Ijtimoiy tarmoqdagi postida Tramp Putin bilan dastlab Rossiyadagi vabo holati haqida suhbatlashish uchun rejalashtirilgan telefon qo‘ng‘irog‘i paytida dizel yoqilg‘isi bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya dastlab 300 ming tonnadan ortiq dizel yoqilg‘isini yetkazib beradi, undan keyin noyabr oyida qo‘shimcha 500 ming tonna va so‘ngra darhol 1 million tonna yetkazib beradi. U yana qisqa vaqt ichida qo‘shimcha 3 million tonna yetkazib berilishini ham ma’lum qilgan.

Trampning ushbu bayonoti o'tgan oy Rossiyaga qarshi keng qamrovli sanksiyalar to'g'risidagi qonunni imzolaganidan keyin e'lon qilindi. Qonun Rossiyaning energetika sektori va Ukrainaga qarshi urushni kuchaytiruvchi boshqa sohalarni siqib chiqarishga qaratilgan edi.

AQSh Moliya vazirligi Rossiya dizel yoqilg'isining 2027-yil aprel oyigacha jahon bozorlariga chiqishiga imkon beruvchi vaqtinchalik litsenziya berdi.
DW xalqaro media tashkilotinimg Vashingtondagi byurosi rahbari Ines Polning so'zlariga ko'ra, dizel yoqilg'isi bo'yicha kelishuv asosan ichki siyosat bilan bog'liq.

Ta’kidlash joizki, AQShda oraliq saylovlarga atigi bir necha hafta qolganligi sababli Tramp yuqori energiya narxlari tufayli kuchli bosim ostida turibdi. Ushbu kelishuv Trampga yoqilg‘i narxi oshib ketganini bevosita his qilayotgan saylovchilarga murojaat qilish imkonini beradi. Ayni paytda Ukrainadagi urush esa ular uchun uzoq va unchalik muhim emasdek ko‘rinmoqda. Shu orqali Tramp o‘zi choralar ko‘rayotganini ko‘rsatmoqchi.

Siyosiy jihatdan bu muhim. Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishga rozi ekanligini anglatmoqda. Garchi Vashington Putinga bosimni kuchaytirishni xohlagan bo‘lsa ham bu shuni ko‘rsatadiki, Tramp o‘zi uchun foydali bo‘lgan qarorni qabul qiladi, hatto Kongress uning qaroriga qarshi chiqsa ham. U ko'plab amerikaliklar uchun neft narxi geosiyosiy oqibatlardan ko'ra muhimroq ekanligiga pul tikayotganga o'xshaydi. Biroq, va'da qilingan yetkazib berishlar haqiqatan ham sezilarli yengillik keltiradimi yoki yo'qmi, bu shubhaliligicha qolmoqda.

Sirasini aytganda, Tramp uchun geosiyosiy bosimdan ko‘ra ichki siyosiy reyting va amerikalik saylovchilar manfaati ustuvor ekanligini ko‘rsatadi, ammo bu kelishuv yoqilg‘i inqirozini haqiqatan hal qila olishi hali ham so‘roq ostida qolmoqda.

Hamidullo Choriyev
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱X 📱YouTube 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram
1,4300019
Photo1/2
Trampning Ukraina siyosati: diplomatik bosim va strategik manfaatlar

2026-yil 10-oktabr kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiyni tanqid qilib, Ukraina yangi rahbar tanlashi kerakligini ta’kidladi. D.Trampning fikricha, Zelenskiy Rossiya bilan tinchlik kelishuviga erishish imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanmagan. Shunday boʻlsa-da, mazkur bayonotni ikki prezident o‘rtasidagi siyosiy kelishmovchilik sifatida baholash vaziyatning strategik mohiyatini to‘liq ochib bermaydi. Asosiy masala urushni tugatish shartlarini kim belgilashi va muzokaralar jarayonida qaysi tomon ko‘proq yon berishga majbur bo‘lishidir.

Vaziyatning yana bir muhim jihati energiya siyosatining diplomatik qarorlarga ta’siri boʻlib, unga koʻra Tramp Ukraina tomonidan Rossiyaning neftni qayta ishlash infratuzilmasiga berilayotgan zarbalar global dizel ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, Rossiya dizel eksportiga oid ayrim cheklovlarni yumshatish masalasi ham kun tartibiga chiqdi. Bu holatda Vashingtonning ikkita manfaatini ajratish mumkin: energiya narxlarini barqarorlashtirish va ichki iqtisodiy bosimni kamaytirish, shuningdek, urushni AQSh uchun maqbul shartlarda yakunlash. Demak, Oq uyning yondashuvida xavfsizlik masalalari iqtisodiy manfaatlar va ichki siyosiy hisob-kitoblar bilan chambarchas bog‘liq.

Shunga qaramay, Vashington va Kiyevning ustuvor maqsadlari o‘rtasida muayyan tafovut mavjud. AQSh tezroq diplomatik kelishuvga erishishga intilayotgan bir paytda, Ukraina Rossiyaning harbiy va energetik salohiyatini cheklashni hamda kelajakda takroriy tajovuzning oldini oladigan xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashni muhim deb hisoblaydi. Kiyevning yondashuvicha, bir tomonlama cheklovlar Rossiyaning harbiy imkoniyatlarini saqlab qolishiga xizmat qilishi mumkin. Zelenskiyning Rossiya hujumlariga qarshi bosimni kuchaytirishga chaqirishi ham ushbu yondashuv bilan bog‘liq. Binobarin, tomonlar o‘rtasidagi asosiy farq faqat urushni qachon tugatishda emas, balki tinchlik qanday shartlar asosida ta’minlanishida ham namoyon bo‘lmoqda.

Trampning Zelenskiyni almashtirish haqidagi bayonotini Ukraina rahbariyatini bevosita o‘zgartirish imkoniyati bilan tenglashtirish to‘g‘ri emas. AQSh Ukrainaga sezilarli siyosiy va iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq mamlakat rahbariyatining kelajagi Ukraina konstitutsiyaviy tartibi va ichki siyosiy jarayonlariga bog‘liq. 11-oktabr kuni Zelenskiy saylov o‘tkazishga tayyorligini, buning uchun Rossiya 60 kunlik to‘liq sulhga rozi bo‘lishi kerakligini bildirdi. Bu orqali u saylov masalasini shunchaki siyosiy rahbarning almashinuvi doirasida emas, balki xavfsizlik va qonuniy siyosiy jarayonni ta’minlash masalasi sifatida ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatdi.

Noyabr oyidagi oraliq Kongress saylovlari arafasida energiya narxlari va yashash xarajatlari Tramp ma’muriyati uchun siyosiy jihatdan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Dizel narxining oshishi fermerlar va transport sohasi xarajatlariga ta’sir qilishi sababli, energiya ta’minoti masalasi ichki siyosiy muhokamalarda ham muhim o‘rin egallaydi, biroq global yoqilg‘i narxlaridagi o‘zgarishlarni faqat Ukraina zarbalari bilan izohlash bir tomonlama yondashuv bo‘ladi. Energiya bozorlariga Yaqin Sharqdagi mojaro, jahon bozoridagi talab va taklif hamda boshqa geosiyosiy omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, Trampning bayonotlari AQSh-Ukraina munosabatlaridagi asosiy muammo urushni tugatish maqsadi bilan barqaror tinchlikni ta’minlash shartlari o‘rtasidagi farqni yana bir bor namoyon etmoqda. Vashington uchun tezkor diplomatik natija va iqtisodiy barqarorlik muhim bo‘lsa, Kiyev uchun hududiy yaxlitlik, milliy xavfsizlik va kelajakdagi tajovuzning oldini olish ustuvor ahamiyatga ega. Bu manfaatlar o‘zaro muvofiqlashtirilmasa, erishilgan kelishuvning uzoq muddatli samaradorligi shubha ostida qolishi mumkin.

Komila Hikmatova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱X 📱YouTube 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram
1,7000034
Photo1/2
🇮🇷 Eronning urush strategiyasi: biz bil(ma)gan haqiqatlar Eron AQSh bilan urushga 40 yildan buyon tayyorlanayotganmidi? Izoh: AQSh-Eron urushini tahlil qilish uchun muhim maʼlumotlar ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook 📱 Instagram…
1,5500026
Video
Markaziy Osiyo uchun yangi davr: Xitoyning mintaqadagi o'sib borayotgan roli

So'nggi yillarda Markaziy Osiyo jahon tartibotida eng muhim hududlardan biriga aylanmoqda. Xususan, Markaziy Osiyoga G'arb davlatlarining qiziqishi ortib bormoqda, ammo Xitoyning mintaqaga bo'lgan qiziqishi va faolligi alohida e'tiborni tortadi. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida Rossiya mintaqadagi asosiy tashqi kuch sifatida qaralgan bo'lsa, bugungi kunda Xitoy iqtisodiy hamkorlik, infratuzilma loyihalari va savdo aloqalari orqali o'z mavqeyini sezilarli darajada mustahkamlab olmoqda.

Xitoyning Markaziy Osiyoga bo'lgan qiziqishi avvalo strategik va iqtisodiy omillar bilan izohlanadi. Mintaqa Pekin uchun Yevropa bozorlariga chiqish imkonini beruvchi muhim tranzit hudud hisoblanadi. Shu sababli "Bir kamar, Bir yo'l" tashabbusi doirasida mintaqadagi davlatlarda transport-kommunikatsiya loyihalariga katta mablag'lar yo'naltirilmoqda. 2005-2020-yillar oralig'ida Xitoy kompaniyalari Markaziy Osiyo davlatlariga qariyb 50 milliard dollar investitsiya kiritgani Pekinning mintaqaga qanchalik katta ahamiyat berayotganini ko'rsatadi. Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o'rtasidagi savdo hajmi rekord ko'rsatkichlarga yaqinlashmoqda. Pekin mintaqani nafaqat xomashyo manbayi, balki Yevrosiyo transport tarmoqlarining ajralmas qismi sifatida ko'rmoqda. Ayniqsa, temir yo'l koridorlari va logistika markazlari Xitoyning uzoq muddatli strategiyasida muhim o'rin tutadi. Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, yangi transport yo'llari va logistika tarmoqlarining rivojlanishi Qirg'iziston va Tojikiston iqtisodiyotini rivojlantirishi mumkin. Prognozlarga ko'ra, uzoq muddatli strategiyalarda ushbu davlatlarning iqtisodiyoti 30%ga oshishi kutilmoqda.

Biroq Xitoyning faolligi nafaqat iqtisodiy manfaatlar bilan cheklanadi, balki tadqiqotchilarning fikricha, Pekin "yumshoq kuch" vositalaridan ham faol foydalanmoqda. Ta'lim dasturlari, madaniy almashinuv loyihalari va ilmiy hamkorlik tashabbuslari orqali Xitoy mintaqadagi ijobiy imijini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Bu esa Pekinning mintaqadagi ta'sirini faqat iqtisodiy emas, balki ijtimoiy va madaniy darajani kengaytirayotganini ko'rsatadi. Shu bilan birga, ayrim ekspertlar Xitoy investitsiyalarining salbiy tomonlariga ham e'tibor qaratmoqdalar. Xususan, infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun olingan kreditlarning ortishi ayrim davlatlarda qarz yukining ko'payishiga sabab bo'lishi mumkinligi qayd etiladi. Bundan tashqari, ayrim tadqiqotlarda "Bir kamar bir yo'l" loyihalarining 60%dan ortig'i Xitoy kompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi qayd etilib, bu iqtisodiy qaramlik haqidagi munozaralarni kuchaytirmoqda.

Rossiyaning Ukrainadagi urushi ortidan mintaqadagi geosiyosiy muvozanat ham o'zgarishni boshladi. Mintaqa davlatlari tashqi siyosatda yanada ko'p vektorli yondashuvni qo'llashga harkat qilmoqda. Mazkur vaziyat Xitoy uchun Markaziy Osiyoda o'z iqtisodiy va siyosiy ta'sirini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Xitoy "Bir kamar-Bir yo'l" tashabbusi doirasida yuzlab milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish uchun Markaziy Osiyoga alohida e'tibor qaratishda davom etmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari uchun Xitoy bilan hamkorlik yangi investitsiyalar, zamonaviy infratuzilma va xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Shu bilan birga, mintaqa mamlakatlari iqtisodiy manfaat va milliy mustqallik o'rtasidagi muvozanatni saqlab qolish vazifasiga duch kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Xitoyning Markaziy Osiyodagi roli kelgusi yillarda yanada ortishi kutilmoqda. Milliard dollarlik investitsiyalar, transport koridorlari va madaniy hamkorlik dasturlari Pekinning mintaqadagi mavqeyini mustahkamlamoqda. Biroq bu jarayonlarning natijasi Pekinning strategiyasigina emas, balki Markaziy Osiyo davlatlarining o'z manfaatlarini qanchalik samarali himoya qila olishiga ham bog'liq.

Behruz Subxonov
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱X 📱YouTube 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram
1,6400018
Photo1/2
✍️ Kolumb Amerikani kashf etib ulug‘ ish qildi, mabodo bu yerlarni ko‘rmay o‘tib ketganda bundanda ulug‘roq ish qilgan bo‘lar edi.

🇺🇸 AQShlik mashhur yozuvchi Mark Tven (1835-1910)ning iborasi.

Ma’lumki, Amerika qit’asi kashf etilgandan so‘ng, Yevropadan oltin-u boylikka ruju qo‘ygan odamlar to‘dasi, harbiylar, o‘g‘rilar, ashaddiy jinoyatchilar Amerika tomon yopirilib kela boshlaydi. Ular bu yerda mahalliy aholini qirg‘in qilib, ularning yerlarini, mol-u mulklarini zo‘ravonlik bilan tortib oladilar; oltin izlovchilar to‘dalari esa bir-birlarini shafqatsizlik bilan mahv etishadi; yangi qit’a bo‘ylab jinoyatchilik, zo‘ravonlik avj oladi. Ana shunday sharmandali va yovuz ishlarni eshitib, ko‘rib, Mark Tven afsus bilan yuqoridagi iborani aytgan.
📚 Qanotli so‘zlar

12-oktabr 1492-yil - tarixga Amerika kashf etilgan kun sifatida kirgan.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram
1,6700021
Photo1/2
Futarxiya - qadriyatlar uchun ovoz berish.

Futarxiya — 2000-yilda amerikalik iqtisodchi Robin Xanson tomonidan ilgari surilgan, "Qadriyatlar uchun ovoz beramiz, lekin ishonch bilan tikamiz" tamoyiliga asoslangan inqilobiy siyosiy boshqaruv modelidir. Zamonaviy demokratiya tamoyillari avtokratiyaga nisbatan sezilarli afzalliklarga ega bo'lsa-da, u ko'pincha muayyan soha mutaxassislari hamda ekspertlarning bilimlarini samarali jamlay olmaslik, populizmga berilish va noto'g'ri qarorlarni qabul qilish kabi tizimli muammolardan aziyat chekadi. Jamiyatdagi turli ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar va kambag'al davlatlarning mavjudligi ko'pincha ularning resurslari yetishmasligida emas, balki ekspertlar maslahatiga amal qilmay, xato siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirishida ko'rinadi. Biroq ekspertlarni to'g'ridan-to'g'ri hokimiyat tepasiga olib kelish ham muammoni hal qilmaydi,chunki hokimiyatga kelgan ekspertlar tezda o'z shaxsiy manfaatlari yo'lida qarorlar qabul qila boshlaydi va o'zining professional xolisligini yo'qotadi. Futarxiya aynan shu ziddiyatni bartaraf etish, ya'ni siyosatchilarning subyektiv xatolarini chetlab o'tib, eng aniq ilmiy va amaliy bilimlarni boshqaruv qarorlariga tatbiq etish uchun ishlab chiqilgan.

Ushbu tizimning ishlash mexanizmi jamiyat maqsadlarini belgilash hamda unga erishish vositalarini aniq ajratishga tayanadi. Futarxiyada xalq tomonidan saylangan vakillar yoki demokratik ovoz berish jarayoni faqat davlatning milliy farovonlik ko'rsatkichini belgilab beradi. Bu ko'rsatkich faqat YaIM bilan cheklanib qolmay, aholining baxt darajasi, atrof-muhit holati, sog'liqni saqlash, tengsizlikni kamaytirish hamda bo'sh vaqt sifati kabi ko'p qirrali mezonlarni o'z ichiga olishi mumkin. Milliy farovonlik mezoni rasman tasdiqlangach, aniq bir qonun yoki islohot loyihasi kun tartibiga olib chiqiladi. Shu o'rinda qaror qabul qilish vakolati siyosatchilardan olinib, "bashorat qilish bozorlari"ga ya'ni prediction/decision marketsga topshiriladi. Bozor ishtirokchilari hamda ekspertlar ikkita shartli ssenariy bo'yicha moliyaviy garov boylashadilar: taklif etilayotgan qonun qabul qilingan taqdirda milliy farovonlik darajasi qanday bo'ladi va ushbu qonun rad etilsa, farovonlik ko'rsatkichi qanday o'zgaradi. Agar bozordagi narxlar va baholashlar taklif etilayotgan siyosat milliy farovonlikni aniq oshirishini ko'rsatsa, ushbu taklif avtomatik ravishda qonuniy kuchga kiradi va amalga oshiriladi.

Futarxiyaning boshqaruv sifatini oshirishdagi asosiy kuchi bashorat qilish bozorlarining axborotni jamlash va saralashdagi yuqori samaradorligiga asoslanadi. Siyosiy maydonlardan farqli o'laroq, moliyaviy garov bozorlarida har bir ishtirokchi o'z taxminlarini o'z shaxsiy kapitali bilan isbotlashi shart. O'z sohasining haqiqiy bilimdonlari va aniq ma'lumotga ega bo'lganlar to'g'ri bashorat qilib foyda mezonini oshirsa, yetarli bilimga ega bo'lmagan populistlar va asossiz taxmin bildiruvchilar o'z pullarini yo'qotadi va vaqt o'tishi bilan bozordan siqib chiqariladi. Bu tizim mafkuraviy jihatdan betaraf bo'lib, xalq ovoz bergan qadriyatlarga ko'ra bozordagi spekulyantlar natija beradigan eng maqbul yo'lni aniqlab beradi — u o'ta liberal minarxizmdan tortib chuqur sotsializmgacha bo'lgan istalgan shaklni olishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, futarxiya — an'anaviy demokratiyaning eng katta zaifligi bo'lmish bilimsizlik va populizm muammosini bozor mexanizmlari hamda moddiy rag'batlar orqali hal etishni taklif qiluvchi inqilobiy konsepsiyadir. Garchi futarxiya hozircha yaxlit davlat miqyosida to'liq tajribadan o'tmagan va o'zining muayyan nazariy kamchiliklariga ega bo'lsa-da, uning elementlari va qaror qabul qilish bozorlari bugungi kunda blokcheyn texnologiyalari va korporativ boshqaruvda tobora kengroq sinovdan o'tkazilmoqda va kelajak boshqaruv tizimlarining muhim muqobili sifatida qaralmoqda.

Mardonaxon Ahmadjonova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
📱X 📱YouTube 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram
1,5800011
Photo
Fransiyaning Afrikadagi neokolonial siyosatining yemirilishi (2-qism)

Sahelda Rossiyaning ta'siri so'nggi yillarda sezilarli darajada oshib bormoqda. 2021-yildan boshlab Mali hukumati Vagner guruhi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi, shuningdek, Fransiya qoʻshinlari chiqib ketganidan keyin esa Rossiya xavfsizlik sohasidagi asosiy tashqi hamkorlardan biriga https://www.csis.org/analysis/russia-still-progressing-africa-whats-limit. 2023-yilda Vagnerning "Moskvaga yurishi"dan soʻng Afrika Korpusi nomini oldi va Afrikada o'z faoliyati davom ettirdi. Bundan tashqari, Moskva Mali, Burkina-Faso va Nigerning harbiy hukumatlari bilan mudofaa hamkorligini rivojlantirib, harbiy tayyorgarlik, qurol-yarog' yetkazib berish va siyosiy-diplomatik qoʻllab-quvvatlashni https://carnegieendowment.org/research/2026/02/russia-role-west-southern-africa-junta-wagner-africa-corps. Shu bilan birga, Rossiyaga aloqador axborot tarmoqlari va kampaniyalar G'arb, xususan, Fransiyaga qarshi qarashlarni faol targ'ib qilib kelmoqda.

Shuni ta'kidlash joizki, Fransiyaning Saheldagi ta'siri Rossiya mintaqada faol rol oʻynashidan ancha oldin zaiflasha boshlaganini koʻrishimiz mumkin. Barxan operatsiyasi xavfsizlikni barqarorlashtirish borasida kutilgan natijalarni bermadi, qurolli to'qnashuvlar esa Mali hududidan Burkina-Faso va Nigerga https://issafrica.org/iss-today/g5-sahel-ndjamena-summit-should-redefine-france-sahel-cooperation. Shu bilan birga, Fransiyaning harbiy mavjudligiga qarshi norozilik kuchayib, uning neokolonial siyosatiga qarshi anti-fransuz kayfiyati kengaya boshladi. 2020-yil avgust va 2021-yil may oylarida Malida sodir boʻlgan harbiy davlat toʻntarishlari mamlakatdagi chuqur siyosiy inqirozni yaqqol https://www.csis.org/analysis/rethinking-crisis-responses-sahel. Aynan ushbu siyosiy va xavfsizlik inqirozi Rossiya uchun mintaqada oʻz ta'sirini kengaytirish imkoniyatini yaratdi. Bu Fransiyaning Saheldagi mavqeyi avvaldan zaiflashganini va Rossiya yuzaga kelgan boʻshliqni to'ldirishga harakat qilyotganini anglatadi.

Mali, Burkina-Faso va Nigerdagi harbiy hukumatlari uchun Moskva Fransiya va Yevropaga muqobil xavfsizlik hamkoriga aylandi. Fransiya va Yevropadan farqli o'laroq Rossiya demokratik qadriyatlarni qabul qilish yoki qurolli guruhlarni qo'llab-quvvatlamaslik kabi shartlarsiz mintaqadagi davlatlarning yangi hukumatlariga harbiy va diplomatik yordam taklif etmoqda. Shu bilan birga, u anti-G'arb, xususan anti-fransuz qarashlarini kuchaytirib, mintaqadagi ta'sirini kengaytirib kelmoqda. Shu tufayli, Mali, Burkina-Faso va Nigerning yangi hukumatlari Rossiya bilan aloqalarni kengaytirmoqda va shu orqali xalqaro izolyatsiyani https://ecfr.eu/article/russias-long-shadow-in-the-sahel/.

Sirasini aytganda, Fransiyaning strategik, siyosiy va xavfsizlik bilan bog'liq muammolari uning Saheldagi rolini allaqachon pasaytirgan, Moskva esa bu sharoitdan oqilona foydalanmoqda. Bu jarayonlar esa Fransiyaning Afrika bilan uzoq yillar davom etgan Françafrique tizimining bugungi holatini qayta baholash zaruratini yuzaga keltiradi.

Madina Mahmudova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 https://twitter.com/Tahlilchilar?t=VOcMJLdvkafAMfvDW3XAeQ&s=09 📱 https://youtube.com/channel/UC4h5qwrNUXIK_wXhnLXidTA 📱 https://www.facebook.com/sharqshunostahlilchilarklubi/
📱 https://instagram.com/sharqshunos_tahlilchilar?utm_medium=copy_link 📱
3,5300033
Fransiyaning Afrikadagi neokolonial siyosatining yemirilishi (1-qism)

Soʻnggi oʻn yillik davomida Fransiya Sahel mintaqasida xavfsizlik va siyosiy ta’sir jihatidan eng muhim tashqi aktorlardan biri bo‘lib kelgan edi. Terrorizmga qarshi kurash, harbiy hamkorlik va tarixiy aloqalar Parijning mintaqadagi rolini mustahkamlab turgan, biroq bugunga kelib bu manzara keskin o‘zgardi: Fransiya qo‘shinlari Mali (2022), Burkina-Faso (2023) va Nigerdan (2023-yil dekabr) chiqarildi, uning siyosiy ta’siri esa sezilarli darajada kamaydi. Fransiyaning tarixan strategik ustunlikka ega bo‘lgan hududdagi bu chekinishi shunchaki siyosiy muvaffaqiyatsizlik boʻlibgina qolmay, uning Afrika geosiyosatidagi chuqurroq o‘zgarishlarni ko‘rsatadi.

Sahel mintaqasi Fransiya uchun shunchaki sobiq mustamlakalar hududi emas, balki uning xavfsizlik va tashqi siyosat strategiyasining muhim qismi hisoblanadi. 2012–2013-yillarda Malida qurolli guruhlar kuchayganidan so‘ng Fransiya Serval Operatsiyasi, keyinchalik esa Barxan Operatsiyasi orqali mintaqadagi terrorizmga qarshi kurashning asosiy ishtirokchilaridan biriga https://www.defense.gouv.fr/en/node/146. Barxan Fransiyaning ekspeditsion harbiy operatsiyasi bo‘lish bilan birga, Saheldagi kengroq xavfsizlik tizimining tayanchi ham edi. U nafaqat Fransiya kuchlari uchun, balki BMTning MINUSMA missiyasi, G5 Sahel davlatlari va Yevropa hamkorlari uchun razvedka, logistika va operatsion imkoniyatlarni ta’minlab https://ecfr.eu/article/after-barkhane-what-frances-military-drawdown-means-for-the-sahel/. Shu sababli Fransiyaning Barxan operatsiyasi doirasidagi harbiy faoliyatini qayta tashkil etishi Parijning Saheldagi rolini o‘zgartirdi va mintaqadagi xavfsizlik tizimida yangi bosqichni boshlab berdi.

Fransiyaning Saheldagi nufuzi pasayishi asosan 3 ta sabab bilan izohlanadi. Birinchi sababi xavfsizlik masalasi va uning natijalari edi. Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS)ning 2022-yildagi tahliliga https://www.csis.org/analysis/end-operation-barkhane-and-future-counterterrorism-mali, Barxan operatsiyasi ayrim taktik muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lsa-da, mojaroning siyosiy va boshqaruv bilan bog‘liq ildiz sabablarini bartaraf eta olmadi. Natijada zo‘ravonlik Mali bilan cheklanib qolmay, Niger va Burkina-Fasoga ham yoyildi.
Karter Markazi esa 2022-yilda Mali tinchlik jarayoni "misli ko‘rilmagan boshi berk ko‘chaga" kirib qolganini qayd https://www.cartercenter.org/news/pr/mali-062722.html. Bu shuni ko‘rsatadiki, Saheldagi inqiroz faqat terroristik guruhlar faoliyatining natijasi emas, balki zaif davlat institutlari va hal etilmagan siyosiy muammolar bilan ham bog‘liq edi. Shu sababli Fransiyaning asosan harbiy vositalarga tayangan strategiyasi xavfsizlik tahdidlarini vaqtincha jilovlagan bo‘lsa-da, ularni yuzaga keltirayotgan omillarni bartaraf eta olmadi.

Ikkinchidan, mintaqada kuchaygan anti-fransuz kayfiyati boʻldi. Nigerlik siyosatshunos Rahmane Idrissa https://english.elpais.com/international/2023-10-15/france-has-not-renewed-its-african-policy-and-it-doesnt-know-what-to-do-because-the-neocolonial-framework-has-disappeared.html, bu kayfiyatni faqat tashqi propaganda bilan izohlab bo‘lmaydi, uning ildizlari Fransiyaning mintaqadagi tarixiy roli va suverenitet masalasiga borib taqaladi. Ya'ni Fransiya terrorizmga qarshi kurashni mintaqaviy xavfsizlik masalasi sifatida ko‘rgan bo‘lsa, mahalliy aholining bir qismi uning harbiy mavjudligini milliy mustaqillikka tashqi aralashuv sifatida qabul qila boshladi. Oqibatda, mustamlakachilik qoldiqlari va Fransafrika tizimi (Fransiya–Afrika munosabatlarining norasmiy tizimi) haqidagi tanqidlar kuchayib, Fransiya harbiy mavjudligiga qarshi namoyishlar va siyosiy kampaniyalar https://www.reuters.com/world/africa/huge-protests-niger-call-french-forces-leave-after-coup-2023-09-02.

Uchinchi omil esa Sahel davlatlaridagi turli siyosiy oʻzgarishlar boʻldi. Mali, Burkina-Faso va Nigerdagi harbiy to'ntarish oqibatida hokimyatga kelgan siyosiy kuchlar oʻz legitimligini milliy suverenitet va Fransiyadan mustaqil siyosat g‘oyalari orqali mustahkamlashga harakat qila boshladilar. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti (OECD) tahliliga https://www.oecd.org/en/publications/military-coups-jihadism-and-insecurity-in-the-central-sahel_522f69f1-en.html, harbiy rejimlar xavfsizlikni tiklash uchun yangi qurolli kuchlarga, jumladan, Malida Rossiya bilan bog‘liq Vagner guruhi (keyinchalik Afrika Korpusi)ga tayanishni afzal ko‘ra boshladilar.

Umuman olganda, Fransiya harbiylarining mintaqadan chiqib ketishi birgina harbiy muvaffaqiyatsizlik bilan bog'liq emas, balki mintaqaviy xavfsizlikning o'zgarishi, anti-fransuz kayfiyatining kuchayishi va mintaqadagi siyosiy o'zgarishlar hisoblanadi. Shu tufayli Fransiyaning mintaqadagi neokolonial siyosati inqirozga uchradi. Endilikda Parij Afrikaga nisbatan tashqi siyosiy yondashuvini qayta ko'rib chiqishga majbur bo'lmoqda.

Madina Mahmudova
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 https://twitter.com/Tahlilchilar?t=VOcMJLdvkafAMfvDW3XAeQ&s=09 📱 https://youtube.com/channel/UC4h5qwrNUXIK_wXhnLXidTA 📱 https://www.facebook.com/sharqshunostahlilchilarklubi/
📱 https://instagram.com/sharqshunos_tahlilchilar?utm_medium=copy_link 📱
2,9500019
Photo
Ommaviy madaniyatda dronlar nazariyasi

Dron urushlari bugungi kunda faqat harbiy texnologiya emas, balki siyosiy va madaniy tasavvurlar orqali shakllangan murakkab jarayon sifatida qaraladi. Bu jarayonni bir qancha olimlar alohida ilmiy yoʻnalish sifatida tadqiq qilishgan. Xususan, fransuz siyosiy falsafashunos olimi Greguar Shamayu o‘zining “ https://www.google.com/url?q=https://thenewpress.org/books/a-theory-of-the-drone/&sa=U&sqi=2&ved=2ahUKEwjssumt6u2TAxV45gIHHSZaMnsQFnoECCMQAQ&usg=AOvVaw2AQ5qUjY8aRbD9CwIN2ldL” asarida bu masalani siyosiy va falsafiy jihatdan tushuntirib beradi.

Asarda muallif dronlarni masofa orqali zo‘ravonlikni amalga oshirishning yangi modeli sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, dron urushi klassik jang maydonini yo‘q qiladi, ya’ni jangchi va nishon o‘rtasidagi jismoniy yaqinlik o‘rnini texnologik vositalar orqali amalga oshiriladigan uzoq masofa urushlar egallaydi. Shuningdek, an’anaviy urushda qarama-qarshi tomonlar o‘zaro xavf ostida bo‘lgan bo‘lsa, dron urushida bu muvozanat buziladi. Operatorlar minglab kilometr uzoqda joylashgan holda qaror qabul qiladi, bu esa javobgarlik qaysi tomonda boʻlishini savol ostiga qoʻyadi.

Shuningdek, media va madaniyat tadqiqotchisi https://www.google.com/url?q=https://scholar.google.com/citations?user=IQoanAYAAAAJ&hl=en&sa=U&sqi=2&ved=2ahUKEwjarILZ6u2TAxXagv0HHeZTMC0QFnoECEoQAQ&usg=AOvVaw2D5B3UPpXS55WdzrLDR-Xx esa dron urushining qanday qilib ommaviy madaniyat orqali talqin qilinishini tahlil qiladi. Filmlar, video o‘yinlar va yangiliklar dronlarni ko‘pincha aniq va kam talofatli qurol sifatida tasvirlaydi. Bu esa “kam talofatli urush” g‘oyasini shakllantiradi. Masalan, ekranda ko‘rinadigan infraqizil tasvirlar, yuqoridan olingan geometrik kadrlar va interfeysga o‘xshash nishonga olish tizimlari zo‘ravonlikni texnik jarayon sifatida ko‘rsatadi. Natijada insonning jismoniy holati va tasodifiy qurbonlar ko‘rinmay qoladi.

Dron urushining markaziy elementlaridan biri - masofa. Bu nafaqat fizik masofa, balki psixologik va axloqiy masofani ham anglatadi. Operator ekranda faqat piksel yoki issiqlik nuqtasini ko‘radi. Natijada nishon inson sifatida emas, balki “belgi” yoki “tahdid” sifatida qabul qilinadi. Bu jarayon mavhum tasvir orqali insoniylikni yo‘qotish(dehumanization) deb ataladi.

Bunday vizual va texnologik yondashuv tanlab ko‘rsatish mexanizmini yaratadi. Dron kamerasi faqat ma’lum narsalarni ko‘rsatadi: harakat, issiqlik, koordinata. Uchuvchisiz uchoqlar haqiqiy holatni, insonlarning kundalik hayotini, ularning kimligini va siyosiy sabablarni hisobga olmaydi. Dronning optik tizimi dunyoni kuzatiladigan, o‘lchanadigan va zarba beriladigan obyektlar to‘plami sifatida ko‘rsatadi. Aynan shu jarayonda muhim narsalar - insoniylik va axloqiy masalalar inobatga olinmaydi.

Ommaviy madaniyat esa bu jarayonni yanada kuchaytiradi. Video o‘yinlarda dronlar ko‘pincha yuqori aniqlikdagi, xatosiz ishlaydigan vosita sifatida tasvirlanadi. Filmlarda esa ular strategik ustunlik va nazorat ramziga aylanadi. Amerikaliklar tomonidan ishlangan “Eye in the Sky” filmida tomoshabin voqealarni asosan dron kamerasi orqali kuzatadi. Shu bilan birga, film masofadan turib qaror qabul qilishning murakkabligini, tinch aholiga zarar yetkazish ehtimolini va operatorlar hamda siyosatchilarning axloqiy mas’uliyatini ham ochib beradi. Natijada tomoshabin onggida dron urushi oson, xavfsiz va zararsizroq urush sifatida shakllanadi. Bu esa zo‘ravonlikni normal holga aylantirishga olib keladi. Odamlar bunday urushni osonroq qabul qiladi. Negaki urush bevosita qon, vayronagarchilik yoki azobdan iborat boʻlmaydi degan tushuncha vujudga keladi.

Agar urush tobora yuqoridan ko‘riladigan hodisaga aylansa, bu siyosatni ham o‘zgartiradi. Natijada davlatlar xavfni oldindan aniqlash va yo‘q qilishga qaratilgan siyosat yuritadi, bu esa xavfsizlikni ta’minlash nomi ostida kengroq nazorat va kuch ishlatishni legitimlashtiradi.

Xulosa qilib aytganda, dron urushi faqat harbiy innovatsiya emas, balki kuzatuv va boshqaruvning yangi shaklidir. Shuningdek, u geosiyosiy kuch munosabatlarini oʻzgaritirib, urush etikasiga bogʻliq masalarni qiyinlashtirmoqda. Ommaviy madaniyat orqali esa zo‘ravonlikni oddiy va qabul qilinadigan holat sifatida taqdim etmoqda.

Nozima Ergasheva
“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
📱 https://twitter.com/Tahlilchilar?t=VOcMJLdvkafAMfvDW3XAeQ&s=09 📱 https://youtube.com/channel/UC4h5qwrNUXIK_wXhnLXidTA 📱 https://www.facebook.com/sharqshunostahlilchilarklubi/
📱 https://instagram.com/sharqshunos_tahlilchilar?utm_medium=copy_link 📱
3,4400025

Showing 30 of 94 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi Telegram kanali nima haqida?+

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi (@sharqshunos_tahlilchilar) — tgdio da Siyosat toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 7 481 obunachi bor.

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi (@sharqshunos_tahlilchilar) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @sharqshunos_tahlilchilar ga bepul obuna bo‘ling.

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi yaxshi Siyosat kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin «Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 7 481 obunachi bor. O‘xshash Siyosat kanallar bilan solishtiring.

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @sharqshunos_tahlilchilar sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.