📢 Mahalliy byudjet qo‘shimcha manbalarini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi
🏛 Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🗣 Yig‘ilishda Shayxontohur tumani mahalliy byudjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida Shayxontohur tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari I.Uzakovning hisoboti tinglandi.
🗳 Hisobotda joriy yilda mahalliy byudjetga kelib tushgan qo‘shimcha manbalar, ularning shakllanishi hamda ushbu mablag‘larni tumanning ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga yo‘naltirish bo‘yicha ma’lumotlar keltirildi.
🤝 Mahalliy byudjet mablag‘larini oqilona va maqsadli taqsimlash aholi turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahallalardagi infratuzilmani rivojlantirish hamda tadbirkorlik muhitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
💬 Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan savollar berilib, byudjet mablag‘larining shaffof va samarali sarflanishini ta’minlash, ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
📌 Muhokama yakunlari bo‘yicha masala Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etildi.
✅Telegram ✅ Facebook
🌐 Instagram 📹Youtube









