SIRDARYO VILOYATI KENGASHI Telegram channel photo

SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

@sv_kengashPublic Channel

Ushbu kanalda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputatlarining faoliyati va amalga oshirgan ishlari yoritilib boriladi

65

Last views

481 (481 subscribers)
A'zolar
—
Rating
33
Total Posts
Oct 16, 2026, 6:36 PM
Yangilangan
Apr 20, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameSIRDARYO VILOYATI KENGASHI
Username@sv_kengash
CategoryPinay kontenti
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar481
Channel TypePublic Channel
Created20-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#71758+192
Til reytingi
#565+6
Toifa reytingi
#760+1

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 48130 Days growth: +173.7%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:2026464
18:09:2026464
19:09:2026474
20:09:2026474
21:09:2026474
22:09:2026474
23:09:2026474
24:09:2026474
25:09:2026474
26:09:2026474
27:09:2026474
28:09:2026474
29:09:2026474
30:09:2026474
01:10:2026474
02:10:2026474
03:10:2026474
04:10:2026474
05:10:2026474
06:10:2026474
07:10:2026474
08:10:2026474
09:10:2026474
10:10:2026474
11:10:2026474
12:10:2026474
13:10:2026474
14:10:2026474
15:10:2026474
16:10:2026481
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:2026451
Week of 20:04:2026451
Week of 27:04:2026451
Week of 04:05:2026449
Week of 11:05:2026449
Week of 18:05:2026449
Week of 25:05:2026449
Week of 01:06:2026449
Week of 08:06:2026449
Week of 15:06:2026449
Week of 22:06:2026449
Week of 29:06:2026449
Week of 06:07:2026457
Week of 13:07:2026457
Week of 20:07:2026457
Week of 27:07:2026457
Week of 03:08:2026457
Week of 10:08:2026457
Week of 17:08:2026457
Week of 24:08:2026457
Week of 31:08:2026461
Week of 07:09:2026464
Week of 14:09:2026474
Week of 21:09:2026474
Week of 28:09:2026474
Week of 05:10:2026474
Week of 12:10:2026481
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 2026451
May 2026449
June 2026449
July 2026457
August 2026461
September 2026474
October 2026481
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026481

So'nggi postlar

SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

20-okt, 2026, 15:51

Photo1/6
🟢 SAYLOVCHI MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI: SHОXNIGOR KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI KO‘TARILDI

📍 Aholi muammosi — deputat e’tiborida!
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati E.Mansurskaya Guliston shahri Istiqlol mahallasi, Shabnam ko‘chasi, 38-uyda yashovchi fuqaro Albekov Anvar Alimqulovichning murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

Murojaatda Istiqlol mahallasidagi Shoxnigor ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu ko‘cha asosiy yo‘llardan biri bo‘lishiga qaramay, hozirga qadar tuproq qoplamali bo‘lib qolmoqda. Natijada yoz oylarida kuchli chang, kuz-qish mavsumida esa loy va noqulayliklar yuzaga kelib, yo‘ldan foydalanuvchi aholining kundalik harakatlanishiga jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda.
🚧 Aholi muammoni o‘z kuchi bilan hal etishga ham urinib kelmoqda.
Mahalla aholisi hashar yo‘li bilan ko‘chaga bir necha bor shag‘al to‘ktirgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan shag‘al tuproq bilan aralashib, yo‘lning holati yana yomonlashmoqda. Bu esa muammoni vaqtinchalik choralar bilan emas, balki kompleks ravishda hal etish, ko‘chani asfaltlashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
🔎 MUROJAAT O‘RGANILDI — MASALANI HAL ETISH BO‘YICHA CHORA BELGILANDI!
Joyiga chiqib o‘rganish davomida ko‘chaning mavjud holati va aholi duch kelayotgan qiyinchiliklarga e’tibor qaratildi. Mazkur masala yuzasidan deputat E. Mansurskaya tomonidan mas’ul ijrochilarga deputatlik so‘rovi yuborilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Maqsad — Shoxnigor ko‘chasini asfaltlashtirish masalasini mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish, uning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishiga erishish va aholining yillar davomida to‘planib kelayotgan muammosini hal etishga ko‘maklashish.

Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishi — saylovchilar murojaatlarini tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimi uchun mas’ullar oldiga aniq vazifalarni qo‘yishdir.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹YouTube
✅Facebook
📸Instagram
🕊Telegram
65000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

20-okt, 2026, 15:48

Photo1/8
🟢 DEPUTATLAR JOYIGA CHIQDI: “NAVRO‘Z” MAHALLASIDAGI 9 TA KO‘CHA MASALASI KO‘TARILDI

📍 Mirzaobod tumanidagi “Navro‘z” mahallasida ichki ko‘chalarning holati o‘rganilib, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish va aholi uchun qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Z.Abdujalilova hamda Mirzaobod tumani Kengashi deputati H.Amanbayeva tuman mas’ullari va mahalla vakillari ishtirokida “Navro‘z” MFY ichki ko‘chalarining holatini joyiga chiqib o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida mahallaning 9 ta ko‘chasida asfaltlashtirishga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Jumladan, “Gulzor”, “Ahillik”, “Jambil”, “Nurfayz”, “Nishona”, “Tong nafasi”, “Zomin”, “Zavqbahsh” va yana bir “Nishona” deb qayd etilgan ko‘cha holati yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Kuz-qish mavsumida yog‘ingarchiliklar sabab tuproq ko‘chalarda harakatlanish qiyinlashishi, aholining kundalik qatnovida noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois ko‘chalarni obodonlashtirish va harakatlanish uchun qulay sharoit yaratish muhim vazifa hisoblanadi.

📩 MUAMMO ANIQLANDI — UNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA TAKLIF KIRITILDI!
Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholiga qulaylik yaratish hamda ichki ko‘chalarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuproq ko‘chalarni hech bo‘lmaganda shag‘allashtirish masalasi yuzasidan Sirdaryo viloyati hokimligiga deputatlik so‘rovnomasi yuborildi.

Mazkur o‘rganishda tuman mas’ullari va mahalla vakillarining ishtiroki mavjud muammolarni joyida muhokama qilish, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralarni belgilashga qaratildi.

Deputatlik nazorati — aholi muammolarini aniqlash, mas’ullar e’tiboriga yetkazish va ularning yechimi uchun amaliy choralar ko‘rish demakdir!

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹YouTube
✅Facebook
📸Instagram
🕊Telegram
62000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

20-okt, 2026, 13:04

Photo1/4
🟢 DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA ANIQLANGAN KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILDI

👍 Deputatlar ko‘targan masala — mas’ullar munosabati — amaliy natija! Bolajonlarning kuz-qish mavsumini munosib sharoitda o‘tkazishi uchun zarur choralar ko‘rildi.

📍 Oqoltin tumanidagi 9- va 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida deputatlik nazorati natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi.

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri A.Abduraxmanov hamda viloyat Kengashi deputati M.Sulaymonov tomonidan ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi mavjud kamchiliklarga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-son qarori doirasida rekonstruksiya qilinayotgan Oqoltin tumanining “Ko‘rkam diyor” MFYdagi 10-sonli hamda “Ahillik” MFYdagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash, muhandislik va isitish tizimlarining sozligini tekshirish masalalari deputatlar tomonidan ko‘tarildi.
🔎 MUAMMO KO‘TARILDI — MAS’ULLAR MUNOSABAT BILDIRDI — IJRO TA’MINLANDI!
15-oktabr kuni o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalasi tegishli mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazildi.

Muhimi, deputatlar tomonidan ko‘tarilgan ushbu masala Sirdaryo viloyati UKS boshqarmasi boshlig‘i A.Raximov tomonidan ijro uchun qabul qilinib, uning ijrosiga darhol kirishildi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur amaliy choralar ko‘rildi.
Bu esa deputatlik nazorati doirasida ko‘tarilgan masalalarga mas’ul tashkilotlar tomonidan tezkor munosabat bildirilishi va ularni hal etishga kirishilishi muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
✅ DEPUTATLIK NAZORATI NATIJASI — AMALIY O‘ZGARISHLAR!
Sirdaryo viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi tomonidan 2026-yil 17-oktabrda taqdim etilgan rasmiy ma’lumotnomalarda har ikki maktabgacha ta’lim tashkilotida kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bayon etilgan.
🔹 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida:
tom yoritgichlari almashtirildi;
quyosh panellari ish holatiga keltirildi;
geokollektor va isitish tizimi sinovdan o‘tkazildi.
🔹 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida:
isitish va sovitish qurilmalari sinovdan o‘tkazildi;
quyosh panellari o‘rnatilib, ularning ishlash holati tekshirildi;
transformatorga oid hujjatlar mas’ullarga taqdim etildi.
🌡 ENG MUHIMI — BOLAJONLAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT YARATISH YO‘LIDA ANIQ QADAMLAR TASHLANDI!
Amalga oshirilgan ishlar natijasida isitish va boshqa muhandislik tizimlarini tekshirish, zarur uskunalarni soz holatga keltirish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ta’minlash bo‘yicha muhim ishlar bajarildi.
Bu jarayonda deputatlarning tashabbusi, masalaning mas’ullar tomonidan ijroga qaratilishi va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘ldi.

🔰 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan olib borilayotgan bunday o‘rganishlar ijtimoiy soha obyektlaridagi muammolarni aniqlash, mas’ul tashkilotlar e’tiborini ularga qaratish va ijrosini nazorat qilish orqali aholi, ayniqsa, bolalar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Deputatlik nazorati — muammoni ko‘tarish, ijroga yo‘naltirish va natijani kuzatib borish demakdir!

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹YouTube
✅Facebook
📸Instagram
🕊Telegram
75000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

20-okt, 2026, 12:23

Photo1/2
📌 SIRDARYO VILOYATI KENGASHI KOTIBIYATINING HAFTALIK ISH REJASI
📅 19–24-oktabr

❇️ Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan joriy haftada hududlarni rivojlantirish, qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshiriladi.

🔹 Nazorat-tahlil faoliyati doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-son qarori ijrosi, saraton kasalliklarining oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish borasidagi ishlar o‘rganiladi;
viloyatdagi ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uy-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi tahlil qilinadi;
Mahallalar uyushmasida Prezidentning 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib boriladi;
viloyatda “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi ko‘rib chiqiladi.
🔹 Doimiy komissiyalar faoliyati doirasida komissiya majlislarini tashkil etish va tegishli masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
🔹 Deputatlar va saylovchilar muloqoti natijalari umumlashtirilib, aniqlangan muammo va takliflar asosida Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masalalar shakllantiriladi.
🔹 Hududiy seminar: Guliston tumanida ekspertlar va yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan viloyat ko‘chma seminari o‘tkaziladi.
🔹 Jamoatchilik fikri va samaradorlik: Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida ular o‘rtasida so‘rovnoma tashkil etiladi.

✅ Belgilangan vazifalarning asosiy maqsadi — qonunlar ijrosi ustidan samarali nazoratni ta’minlash, hududlardagi muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish, shuningdek, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹YouTube
✅Facebook
📸Instagram
🕊Telegram
70000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

20-okt, 2026, 09:48

Video
📚 KITOBGA OSHNO XONADON — MA’NAVIYAT MASKANI

💥 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, professor R. Mahmudov o‘z xonadonida shaxsiy kutubxona tashkil etdi.

Kitob — inson tafakkurini boyitadigan, dunyoqarashini kengaytiradigan va ma’naviy kamolotga yetaklaydigan bebaho boylik. Shaxsiy kutubxonaning tashkil etilishi esa kitobga ehtirom, ilm-ma’rifatga intilish va mutolaa madaniyatini qadrlashning bir ifodasidir.

Ayniqsa, yosh avlodni kitobxonlikka jalb etish, ularda bilim olishga qiziqish uyg‘otish va mutolaa madaniyatini shakllantirishda kitobga oshno xonadonlarning o‘rni beqiyos.

🎥 Videorolik orqali deputat R. Mahmudovning shaxsiy kutubxonasi, kitobga bo‘lgan munosabati va mutolaaning hayotimizdagi ahamiyati bilan tanishing.

📖 Kitobxon millat — yuksak ma’naviyat va yorug‘ kelajak poydevori!

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹YouTube
✅Facebook
📸Instagram
🕊Telegram
72001
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

20-okt, 2026, 09:44

Photo1/4
#MillatlararoTotuvlik

🔴 DO‘STLIK RISHTALARINI BOG‘LAGAN QADRIYATLAR

Millatlararo totuvlik — turli millat vakillarining bir yurtda ahil yashashi, bir-birining tili, madaniyati, urf-odatlari va milliy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishida namoyon bo‘ladi.

Sirdaryo viloyatida turli milliy madaniy markazlar faoliyati orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, milliy an’analarni asrab-avaylash hamda ularni yosh avlodga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Kim Dimitriyning faol ishtiroki alohida ahamiyatga ega. U millatlararo totuvlik va o‘zaro hurmat tamoyillarini mustahkamlash, turli millat vakillarining manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda do‘stlik muhitini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Zero, turli millat va elat vakillarini birlashtiradigan eng muhim qadriyat — bu o‘zaro hurmat, samimiy do‘stlik va umumiy Vatanga daxldorlik tuyg‘usidir. Ana shunday ezgu qadriyatlarni asrash va rivojlantirish yurtimizdagi tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikning muhim garovidir.

🤝 Do‘stlik bor joyda hamjihatlik, hamjihatlik bor joyda taraqqiyot bo‘ladi!

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹YouTube
✅Facebook
📸Instagram
🕊Telegram
70000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

19-okt, 2026, 21:42

Video
PARLAMENTLAR OVOZI: IJTIMOIY RIVOJLANISH VA XALQ FAROVONLIGI YO‘LIDA

📺 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi bosh yuriskonsulti, ekspert guruhi a’zosi Jahongir Xolbayev Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Diyor yangiliklari” ko‘rsatuvida “Parlamentlar ovozi” mavzusida intervyu berdi.

🎙 Intervyuda ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, aholi farovonligini oshirish va jamiyatda adolat tamoyillarini mustahkamlashda parlamentlarning o‘rni, xalq manfaatlariga xizmat qiladigan qonunlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirishga oid rezolyutsiyasining ahamiyati, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va milliy parlamentlar faoliyatining samaradorligini oshirishdagi o‘rni haqida fikr yuritildi.
Ta’kidlanganidek, deputatlik faoliyatining asosiy mezoni — fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, aholi murojaatlariga yechim topish va islohotlarning natijalarini xalq hayotida namoyon etishdir.

Zero, samarali parlament faoliyati — xalq ishonchi, ijtimoiy adolat va barqaror taraqqiyotning muhim omilidir.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹YouTube
✅Facebook
📸Instagram
🕊Telegram
73000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

19-okt, 2026, 21:28

Photo1/6
DEPUTAT E'TIBORIDA — AHOLI MUAMMOLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK

💥 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Shohista Bozorboyeva joylarda aholi bilan yaqindan muloqot qilish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi o‘rganishlarini davom ettirmoqda.

🔰 Shuningdek, kuz-qish mavsumi eshik qoqib turgan ayni kunlarda deputat tomonidan aholining qishloq va mahallalardagi yashash sharoitlari, uylarning issiqlik tizimi hamda kommunal masalalari yaqindan o‘rganildi.

🛠 Amaliy yordam va e’tibor:
O‘rganishlar davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar, xususan, «Bog‘ishamol» MFYda yashovchi Valentina Balyasovaning xonadonidagi oshxona polini ta’mirlash masalasi ham alohida nazoratga olindi. Mazkur muammo homiylar ko‘magida qisqa muddatda hal etilishi belgilandi.

🟣 Deputatning har bir xonadon holatidan xabar olishi va qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha ko‘rayotgan choralari aholining kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qilmoqda.

📌 Xalq manfaati va ijtimoiy ko‘mak — bosh maqsadimiz!

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹YouTube
✅Facebook
📸Instagram
🕊Telegram
77000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

19-okt, 2026, 21:20

Photo1/8
🟢MAHALLADA KITOBXONLIK MADANIYATINI YUKSALTIRISH YO‘LIDA MUHIM TASHABBUS

✅Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, professor R. Mahmudov o‘z xonadonida shaxsiy kutubxona tashkil etdi.

✅Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ilm-ma’rifatga oshno etish hamda qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqish va mehrni yanada kuchaytirishdan iborat.

✅Professor R. Mahmudovning ushbu tashabbusi kitobning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rnini mustahkamlash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ziyoli va kitobxon mahalla muhitini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

✅Bunday tashabbuslar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining milliy qadriyatlar, ma’naviy meros va ma’rifatni targ‘ib etish yo‘nalishidagi vazifalari bilan hamohangdir.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹YouTube
✅Facebook
📸Instagram
🕊Telegram
69000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

05-sen, 2026, 07:59

Photo
TO‘RA SULAYMON UY-MUZEYI: MA’NAVIY MEROSNI ASRASH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ

📍 Mirzaobod tumani
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati M.Sulaymonov hamda viloyat Kengashi kotibiyati bosh yuriskonsulti J.Xolbayev birgalikda Mirzaobod tumanining T.Axmedov MFY hududida joylashgan O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy-muzeyida bo‘lib, muassasaning bugungi holatini o‘rgandi.

Mazkur uy-muzey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi “O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi 321-son qarori asosida tashkil etilgan.
Bugungi kunda muzey T. Sulaymon ko‘chasi, 7-uy manzilida faoliyat yuritib, 2026-yil 5-yanvardan to‘liq ish faoliyatini boshlagan. Muzey fondida hozirgi kunda 1 208 ta eksponat mavjud.
📚 Ammo o‘rganish jarayonida ayrim muammolar ham aniqlandi.
Xususan, To‘ra Sulaymonning farzandlari tashabbusi bilan muzey yonida tashkil etilayotgan kutubxonani jihozlash, shuningdek, konferensiya zalini zarur jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha boshlangan amaliy ishlar to‘xtab qolgan.
Bu esa nafaqat bir obyektning jihozlanishi, balki yosh avlodni milliy adabiyotimiz, tariximiz va ma’naviy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan muhim maskanning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda.
🇺🇿 To‘ra Sulaymon ijodi — Sirdaryo adabiy muhitining ajralmas qismi. Uning nomi bilan bog‘liq ushbu maskan oddiy muzey emas, balki shoirning hayoti va ijodini keng targ‘ib qiladigan, kitobxonlikni rivojlantiradigan, ijodkorlar va yoshlarni birlashtiradigan ma’naviy-ma’rifiy markaz bo‘lishi kerak.
Shu nuqtayi nazardan, mavjud muammolarni bartaraf etish, kutubxona va konferensiya zalini zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlash, muzey faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy choralar ko‘rilishi zarur.
🔎 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, muammolarni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritish hamda masalani deputatlik nazorati doirasida kuzatib borish belgilandi.

Zero, tarix va adabiyotimizga daxldor har bir maskanga e’tibor — kelajak avlod ma’naviyatiga e’tibordir.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
50000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

05-sen, 2026, 07:59

Photo
#DOIMIY_KOMISSIYA

🏛 MUHIM MASALA — DEPUTATLAR NAZORATIDA

📌 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi A.Bobobekov olib bordi. Unda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Tursunqulov ham ishtirok etdi.
🔹 Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-dekabrdagi “Sirdaryo viloyatini jadal rivojlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-377-son qarori ijrosini ta’minlash masalasi o‘rin oldi.
Masala yuzasidan viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi” DM rahbarining axboroti tinglandi.
📚 Muhokamalar davomida qarorda belgilangan vazifalar ijrosi, xususan:
▪️ umumta’lim maktablarini mebel, o‘quv laboratoriyasi asbob-uskunalari, sport anjomlari va zarur texnik vositalar bilan jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlar;
▪️ maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mebel, sport anjomlari va zarur vositalar bilan ta’minlash;
▪️ tibbiyot muassasalari uchun tibbiy asbob-uskunalar va jihozlarni xarid qilish rejasi hamda ularning taqsimoti
atroflicha ko‘rib chiqildi.
💬 Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan mas’ullarga tegishli savollar berilib, mavjud muammolar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Qaror ijrosini ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ijtimoiy soha obyektlarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📍 Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, kun tartibidagi masalani Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

🇺🇿 Belgilangan vazifalar ijrosi — deputatlik nazoratida!

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
53000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

05-sen, 2026, 07:59

Photo
MAHALLA — AHOLI FAROVONLIGI VA BANDLIGINI TA’MINLASHNING ENG YAQIN BO‘G‘INI

✅ Kechagi videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan mahalla va aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholining daromad manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha ilgari surilgan muhim tashabbuslar har birimiz uchun dasturilamal bo‘lishi shubhasiz.

Ayniqsa, har bir mahallaning ichki imkoniyatlarini ishga solish, aholi bilan manzilli ishlash, ularning kasbi, qiziqishi va salohiyatidan kelib chiqib doimiy daromad manbalarini yaratish bugungi kunning eng muhim vazifalaridandir.

Mahalla endi faqat muammolar muhokama qilinadigan joy emas, balki insonlarga yangi imkoniyatlar yaratiladigan, tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadigan va har bir oilaning farovonligi uchun amaliy ishlar olib boriladigan muhim maskanga aylanishi lozim.

Prezidentimiz ta’kidlagan tashabbuslarning mazmun-mohiyati ham aynan bir maqsadga — odamlarning hayotini yaxshilash, ularni barqaror daromad manbai bilan ta’minlash va har bir oilada farovonlikni qaror toptirishga qaratilgan.

Biz, joylardagi rahbarlar va xalq vakillari uchun eng muhim vazifa — berilgan imkoniyatlarni aniq natijaga aylantirish, har bir murojaat va har bir muammoga mas’uliyat bilan yondashishdir.
Zero, aholi bandligi ta’minlangan, oila daromadi oshgan va insonlar ertangi kuniga ishonch bilan qaraydigan mahalla — taraqqiyotning eng mustahkam poydevoridir.

Marvarid Kenjayeva
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
47000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

05-sen, 2026, 07:59

Photo
📰 BESH YILLIK MUAMMO — BESH KUNDA HAL!

🔰 Xalq deputati — xalq ishonchini amaliy ish bilan oqlaydigan vakil.
Oqoltin tumanidagi 2-umumta’lim maktabida yillar davomida yechimini kutib kelgan muammo ham deputatning amaliy aralashuvi bilan qisqa muddatda o‘z yechimini topdi.

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Norbobo Soatov maktabdagi mavjud holatni o‘rganib, muammoni mutasaddilar e’tiboriga yetkazdi. Natijada uzoq yillar davomida foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan maktab kutubxonasi ta’mirlanib, o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratildi.

Eng muhimi, bu jarayon “muammo bor” degan gap bilan cheklanib qolmay, “muammo hal qilindi” degan amaliy natija bilan yakunlandi.
Mazkur voqea “Milliy tiklanish” ro‘znomasida “Besh yillik muammo — besh kunda hal” sarlavhali maqolada keng yoritildi.

📌 Deputat faoliyatining mezoni — aytilgan so‘z emas, amalga oshirilgan ish.

Xalq bilan muloqot, muammoni joyida o‘rganish va uning yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining eng muhim mezonlaridan biridir.

Norbobo Soatov — xalq bilan birga, muammo va yechim yonma-yon!

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
56000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

05-sen, 2026, 07:59

Photo
OBOD TEMIR YO‘L BO‘YI — VILOYAT KO‘ZGUSI

❇️ Ma’lumki, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2026-yil 16-dekabrdagi VII-26-215-0-K/25-sonli qaroriga ko‘ra, viloyat hududidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofini tartibga keltirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha Manzilli ro‘yxat tasdiqlanib, ushbu maqsadlarga 8,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

Ish rejaga muvofiq, mazkur qarorning ijrosi Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri A.Abdurahmonov tomonidan Guliston tumanida o‘rganildi.
“Tajribakor” va “Hamid Olimjon” mahallalari hududidan o‘tuvchi 11 km masofadagi temir yo‘l bo‘yida joylashgan xonadonlarning 80 ta darvozasini almashtirish, shuningdek, 89 ta uyning tom qismini yangilash belgilangan.
Guliston tumani hokimining o‘rinbosari M. O‘rinboyev bilan birgalikda hududni o‘rganish davomida 80 ta darvoza to‘liq almashtirilgani aniqlandi. Shu bilan birga, qo‘shimcha ravishda yana 5 ta xonadon tom qismini ta’mirlash zarurati mavjudligi belgilandi.
Ayni paytda hududda maxsus brigada tomonidan ishlar davom ettirilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlarni hafta yakuniga qadar to‘liq yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

♻️ Obod va ko‘rkam temir yo‘l bo‘yi — hududning tashqi qiyofasi, aholi uchun munosib yashash muhiti va viloyatimizning tashrif qog‘ozidir.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
64000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

05-sen, 2026, 07:59

Photo
📚 1 KUNDA — 1000 KITOB: KITOBXON AVLOD UCHUN EZGU TASHABBUS

📖 «Xalq bilan birga» umumilliy dasturining «1 kunda — 1000 kitob» aksiyasi doirasida Sirdaryo viloyatida yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etishga qaratilgan ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

📍 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Bahrom Sobirov tomonidan Shirin shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabiga kitoblar to‘plami taqdim etildi.

🤝 Ushbu xayrli tashabbus o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy dunyoqarashini boyitish, bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

📚 Zero, kitob — inson tafakkurini boyitadigan, bilim va ma’rifat sari yetaklaydigan bebaho manba. Maktab kutubxonasiga topshirilgan ushbu kitoblar o‘quvchilar uchun qimmatli va munosib tuhfa bo‘lishi shubhasiz.

🌱 Bugun maktab kutubxonasiga berilgan kitob — ertangi kun uchun berilgan bilim va ma’rifat sarmoyasidir.
🇺🇿 Kitobxon avlod — bilimli avlod. Bilimli avlod esa yurtning eng katta boyligidir!

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
84000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

27-apr, 2026, 13:14

Photo
#Qutlov

🟣Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati aniqlandi.

🇺🇿Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan o'tkazilgan "Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati Azizbek Raxmonov MUTLAQ G'OLIB bo'lib, faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

🇺🇿Mazkur muvaffaqiyat bilan, Azizbek Kozimjonovichni O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi nomidan samimiy muborakbod etib, kelgusida bu kabi yutuqlar bardavom bo'lishini tilab qolamiz.

Bizning sahifalarimiz
✅ https://t.me/sirdaryoyoshlari_yi ✅ https://www.instagram.com/yisirdaryo?igsh=OGQ5ZDc2ODk2ZA==&utm_source=qr
✅ https://www.facebook.com/profile.php?id=100072752471200 ✅ https://youtube.com/@yoshlarittifoqiuz?si=oGkE-_wQz9YdbAOT
67003
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

27-apr, 2026, 13:14

Photo
#34_SESSIYA_YAKUNLANDI

​Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdagi o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasi https://telegra.ph/Yettinchi-chaqiriq-Xalq-deputatlari-Sirdaryo-viloyati-Kengashi-04-21 muhokama qilindi.

Bugun Sirdaryo viloyatida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi. Tadbirda viloyat Kengashi deputatlari, soha rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.

​Eslatib o‘tamiz: Sessiya jarayonlari ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka jonli va tezkor yoritib borildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
214001
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

27-apr, 2026, 13:14

Photo
Ayni paytda viloyat hokimligida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdagi https://www.youtube.com/live/rnAdaO2JEbs?si=0WXdaBp4V1OsDAkY bo‘lib o‘tmoqda.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
120001
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

27-apr, 2026, 13:14

Photo
🏆 “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi!

Viloyatimizda deputatlar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu nufuzli tanlovda faol ishtiroki, tashabbuskorligi va samarali faoliyati bilan ajralib turgan viloyat deputati Azizbek Rahmonov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natija — aholining muammolarini hal etish, hududlarni rivojlantirish va xalq manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi izchil mehnatning e’tirofidir.

👏 G‘olib deputatni samimiy muborakbod etamiz va respublika bosqichida ham ulkan zafarlar tilaymiz!

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
121004
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

27-apr, 2026, 13:14

Video
Мана шунақа масалани кўндаланг қўя оладиган дангал депутатлар керак!

🚀 https://t.me/adolat_kuychisi — Адолатсизликка қарши бирга курашамиз!
101002
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

27-apr, 2026, 13:14

Photo
📌 VILOYAT DEPUTATI VA SAYLOV KOMISSIYASI VAKILI ISHTIROKIDA OCHIQ MULOQOT

❇️Ittifoq MFYda viloyatdan saylangan deputat Sh.Mamarahimov hamda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari F.Abdusattorov ishtirokida saylovchilar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida joriy yilning 1-choragi yakunlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berilib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🗣 Asosiy e’tibor:
Tadbirda Sh. Mamarahimov tomonidan fuqarolar murojaatlarini bevosita tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularni tizimli hal etish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Shuningdek, F. Abdusattorov tomonidan saylov jarayonlari va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔺 Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.

✅ Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan samarali aloqani ta’minlash va mavjud muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
123000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

20-apr, 2026, 04:39

Photo
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyatining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

20–24 aprel kunlariga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish, sessiya materiallarini tayyorlash, doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish, deputatlik va kengash so‘rovlari ijrosini monitoring qilish, fuqarolar murojaatlari hamda hududlardagi dolzarb masalalar yuzasidan tahliliy ishlar olib borish belgilandi.
Hafta davomida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari, deputatlik so‘rovlari natijalari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat monitoringi, shuningdek, deputatlar ishtirokidagi qator tashkiliy va amaliy tadbirlar amalga oshiriladi. Belgilangan vazifalar ijrosi tizimli nazorat ostida olib boriladi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
26000
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

20-apr, 2026, 04:39

Photo
🛣 Aholi murojaati – deputat nazoratida

Guliston shahri “Bahor” MFY hududidagi sobiq “Yuksalish” mahallasida qabristonga olib boruvchi 2 km ichki yo‘lning yaroqsiz holati yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda mazkur yo‘lni davlat dasturlari yoki iqtisod qilingan mablag‘lar ҳисобидан asfaltlash, muammoni o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish masalasi ko‘tarildi. Mazkur so‘rov ijrosi deputat nazoratiga olindi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
98002
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

20-apr, 2026, 04:39

Photo
📢 SIRDARYO: MUAMMOLAR QOG‘OZDA EMAS, AMALDA HAL BO‘LMOQDA!

Deputatlar va xalq muloqoti Sirdaryoda o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Murojaatlar shunchaki tinglanmay, ularga katta mablag‘ va kuch yo‘naltirilmoqda:


💧 Suv muammosiga yechim: 44 ta mahalla uchun 56,1 mlrd so‘m ajratilib, nasoslar o‘rnatilmoqda va kanallar tiklanmoqda.

🚀 Yoshlar va IT: Guliston tumanida 5 mlrd so‘mlik IT-markaz qurilishi boshlandi.

📚 Ma’rifat: Maktablar uchun 25 ming dona yangi kitob xarid qilindi.

🛣 Obodlik: Yo‘llar ta’mirlanib, toza ichimlik suvi tarmoqlari tortilmoqda.

Xalq dardi — deputat e’tiborida. Islohotlar shiddat bilan davom etadi!

👉 https://xs.uz/uzkr/post/fuqarolar-murozhaatlari-asosij-etiborda

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
107002
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

20-apr, 2026, 04:39

Photo
Deputatlar xalq orasida: dolzarb masalalar muhokama qilindi

❇️Boyovut tumani Paxtakor mahallasida aholi bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda viloyat deputati A. Bobobekov hamda tuman deputatlari X. Shayimova va X. Jo‘raxolovlar ishtirok etib, fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb muammolar atroflicha o‘rganildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bir qator ijtimoiy masalalar ko‘tarildi. Xususan, Paxtakor mahallasida istiqomat qiluvchi 15 yoshli tug‘ma nogiron bola va uning onasining uy-joy bilan bog‘liq muammosi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Mazkur oila hozirgi kunda qarindoshining, ya’ni bolaning akasiga tegishli uyda vaqtincha yashab kelayotgani, ularning doimiy yashash uchun alohida uy-joyga muhtojligi ma’lum qilindi.

Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida muammo joyiga chiqib o‘rganilishi, mavjud imkoniyatlar doirasida ushbu oilani qo‘llab-quvvatlash, xususan uy-joy bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli choralar belgilanishi ta’kidlandi.

❇️Shuningdek, uchrashuv davomida boshqa fuqarolarning murojaatlari ham tinglanib, ularni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Deputatlar tomonidan bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularni tizimli hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
97001
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

20-apr, 2026, 04:39

Photo
Deputat so‘rovi: Tadbirkor muammosi va yangi ish o‘rinlari masalasi nazoratda

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati O.Turdiyeva tomonidan Guliston tumani “Ibrat” MFYdagi tadbirkor faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalasida deputat so‘rovi yuborildi.

Masala: “Azimot-SSS” MCHJ issiqxona faoliyati uchun gaz tarmog‘iga ulanishda ortiqcha 10 km masofadagi nuqtaga yo‘naltirilgani tadbirkor uchun qo‘shimcha xarajat keltirib chiqarmoqda. Yaqinroq ulanish nuqtasi orqali bu muammoni hal etish va qo‘shimcha 6 ta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyati mavjud.

Mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlardan asoslantirilgan tushuntirish va amaliy yechimlar kutilmoqda.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi manfaatlarini himoya qilish — ustuvor vazifamiz.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
118001
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI logo
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

20-apr, 2026, 04:39

Photo
DEPUTAT SO‘ROVI IJRODA: AMALIY NATIJA VA AHOLI ROZILIGI

✅Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A. Abduraxmanov tomonidan tegishli tashkilot rahbarlariga yuborilgan deputat so‘rovi rahbariyat tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, amaliy choralar belgilangan edi.

Xususan, 2025-yil 12-noyabr kuni viloyat Kengashining tegishli qarori qabul qilinib, Xovos tumani “Do‘stlik” va “Chamanzor” mahallalarida aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida obodonlashtirish ishlari hamda piyodalar yo‘laklarini barpo etish uchun zarur mablag‘lar ajratildi.

Bugungi kunda deputat tomonidan mazkur qaror ijrosini ta’minlash va amalga oshirilgan ishlar sifatini o‘rganish maqsadida hududga chiqib, joyida monitoring olib borildi. O‘rganishlar natijasida ajratilgan mablag‘lar doirasida piyodalar yo‘laklari (trotuarlar) belgilangan talablar asosida, sifatli tarzda qurilib, aholiga foydalanish uchun topshirilgani aniqlandi.

Mazkur ishlar natijasida mahallalarda piyodalar harakati uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratildi, hududning obodonligi sezilarli darajada yaxshilandi. Eng muhimi, amalga oshirilgan ishlar aholining ijobiy fikr-mulohazalari va minnatdorchiligiga sabab bo‘lmoqda.

Bu esa, o‘z navbatida, olib borilayotgan islohotlar samarasi, deputatlik nazoratining amaliy natijasi hamda davlat organlariga bo‘lgan ishonchning ortib borayotganidan dalolat beradi. Zero, xalq ishonchi – amalga oshirilayotgan har bir islohotning eng muhim mezoni va natijasidir.

✅Shu kabi tizimli ishlar orqali hududlarda aholi farovonligini oshirish, qulay infratuzilma yaratish hamda fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati

Kanalga ulanish 👇👇👇
📹 https://studio.youtube.com/channel/UCJz8H-eJMq28RXhvNp3zmhg/editing/profile
✅ https://www.facebook.com/share/18hgoshF4c/
📸 https://www.instagram.com/sirdaryo_viloyat_kengashi?igsh=MWViZTkzcHJzZWI4Zg==&utm_source=qr
🕊
118002

Showing 30 of 33 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

SIRDARYO VILOYATI KENGASHI Telegram kanali nima haqida?+

SIRDARYO VILOYATI KENGASHI (@sv_kengash) — tgdio da Pinay kontenti toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 481 obunachi bor.

SIRDARYO VILOYATI KENGASHI (@sv_kengash) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @sv_kengash ga bepul obuna bo‘ling.

SIRDARYO VILOYATI KENGASHI yaxshi Pinay kontenti kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin SIRDARYO VILOYATI KENGASHI reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 481 obunachi bor. O‘xshash Pinay kontenti kanallar bilan solishtiring.

SIRDARYO VILOYATI KENGASHI statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @sv_kengash sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.