1/6📍 Aholi muammosi — deputat e’tiborida!
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati E.Mansurskaya Guliston shahri Istiqlol mahallasi, Shabnam ko‘chasi, 38-uyda yashovchi fuqaro Albekov Anvar Alimqulovichning murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Murojaatda Istiqlol mahallasidagi Shoxnigor ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu ko‘cha asosiy yo‘llardan biri bo‘lishiga qaramay, hozirga qadar tuproq qoplamali bo‘lib qolmoqda. Natijada yoz oylarida kuchli chang, kuz-qish mavsumida esa loy va noqulayliklar yuzaga kelib, yo‘ldan foydalanuvchi aholining kundalik harakatlanishiga jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda.
🚧 Aholi muammoni o‘z kuchi bilan hal etishga ham urinib kelmoqda.
Mahalla aholisi hashar yo‘li bilan ko‘chaga bir necha bor shag‘al to‘ktirgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan shag‘al tuproq bilan aralashib, yo‘lning holati yana yomonlashmoqda. Bu esa muammoni vaqtinchalik choralar bilan emas, balki kompleks ravishda hal etish, ko‘chani asfaltlashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
🔎 MUROJAAT O‘RGANILDI — MASALANI HAL ETISH BO‘YICHA CHORA BELGILANDI!
Joyiga chiqib o‘rganish davomida ko‘chaning mavjud holati va aholi duch kelayotgan qiyinchiliklarga e’tibor qaratildi. Mazkur masala yuzasidan deputat E. Mansurskaya tomonidan mas’ul ijrochilarga deputatlik so‘rovi yuborilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Maqsad — Shoxnigor ko‘chasini asfaltlashtirish masalasini mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish, uning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishiga erishish va aholining yillar davomida to‘planib kelayotgan muammosini hal etishga ko‘maklashish.
Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishi — saylovchilar murojaatlarini tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimi uchun mas’ullar oldiga aniq vazifalarni qo‘yishdir.
🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati
Kanalga ulanish 👇👇👇
📹YouTube
🕊Telegram


![НАБОР В АДМ× 𝒀𝒖𝒓𝒊 𝑪𝒐𝒏𝒇𝒆𝒔𝒔𝒊𝒐𝒏 & 𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚 ✿ [🔪💜] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/08/YuriDDLCConfession.webp)






