Ulug‘bek Inoyatov Telegram channel photo

Ulug‘bek Inoyatov

@uinoyatovPublic Channel

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari ______ 👉 Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining rasmiy sahifasi: https://t.me/UzbekistonXDP

Siyosato‘zbekOʻzbekiston

288

Last views

3.5k (3,516 subscribers)
A'zolar
—
Rating
29
Total Posts
Oct 18, 2026, 1:43 PM
Yangilangan
May 30, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameUlug‘bek Inoyatov
Username@uinoyatov
CategorySiyosat
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar3,516
Channel TypePublic Channel
Created30-may, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 4 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#30252+135
Til reytingi
#295-8
Toifa reytingi
#525+8

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 3.5K30 Days growth: +35411.2%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:20263,162
20:09:20263,162
21:09:20262,227
22:09:20262,227
23:09:20262,227
24:09:20262,227
25:09:20262,227
26:09:20262,227
27:09:20262,227
28:09:20262,227
29:09:20262,227
30:09:20262,227
01:10:20262,227
02:10:20262,227
03:10:20262,227
04:10:20262,227
05:10:20262,227
06:10:20262,227
07:10:20262,227
08:10:20262,227
09:10:20262,227
10:10:20262,227
11:10:20262,227
12:10:20262,227
13:10:20262,227
14:10:20262,227
15:10:20262,227
16:10:20262,227
17:10:20262,227
18:10:20263,516
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 25:05:20265,823
Week of 01:06:20265,823
Week of 08:06:20265,823
Week of 15:06:20265,823
Week of 22:06:20265,823
Week of 29:06:20265,823
Week of 06:07:20262,223
Week of 13:07:20262,223
Week of 20:07:20262,223
Week of 27:07:20262,223
Week of 03:08:20262,223
Week of 10:08:20262,223
Week of 17:08:20262,223
Week of 24:08:20264,104
Week of 31:08:20263,290
Week of 07:09:20263,162
Week of 14:09:20263,162
Week of 21:09:20262,227
Week of 28:09:20262,227
Week of 05:10:20262,227
Week of 12:10:20263,516
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 20265,823
June 20265,823
July 20262,223
August 20264,104
September 20262,227
October 20263,516
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20263,516

So'nggi postlar

Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

21-okt, 2026, 20:12

Photo1/2
#Munosabat

Iqtisodiy yuksaliş va inson farovonligi

Keyingi yillarda butun mamlakatimizda bölgani kabi Qaşqadaryo viloyatida ham amalga oşirilayotgan jadal özgariş va islohotlar hayotiy natijalarini bermoqda. Davlat rahbari ğoya va taşabbuslari asosida hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy strategiya hududning sanoat va texnologiya salohiyatini tubdan özgartiryapti. Ayni paytda u ijtimoiy masalalarni hal etiş va inson kapitalini rivojlantirişning işonçli kafolati bölmoqda.

Uzoq yillar Qaşqadaryo faqat paxta, ğalla va tabiiy gaz beradigan xomaşyo hududi sifatida tanilgan, bu sir emas. Lekin keyingi yillardagi izçil islohotlar va maqsadli investitsiya siyosati tufayli viloyat iqtisodiyoti yangi yölga çiqdi. Bugun Qaşqadaryo xomaşyo yetkazuvçi hududdan yuqori qiymatli, tayyor, içki va taşqi bozorda raqobatbardoş mahsulot işlab çiqaruvçi innovatsion markazga aylanmoqda.

📍 Prezident Şavkat Mirziyoyevning Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida bunday tub özgarişlarning amaldagi natijalari aniq raqamlarda yaqqol körsatib ötildi. Sönggi beş yilda voha iqtisodiyotiga 20 trillion söm yönaltirildi va 7 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi. Şu tufayli aholi jon boşiga daromad uç baravar oşdi. Ta’kidlanganidek, endi asosiy mezon mahsulotni viloyatning özida çuqur qayta işlaş, odamlarga munosib daromad va barqaror iş berişdir.

Hozirgi kunda har qanday iqtisodiy loyihaning eng oliy mezoni şunday: yangi iş örinlari, odamlarning daromadi va ijtimoiy barqarorlik. Şu nuqtai nazardan, Prezident start bergan 6 milliard dollardan ortiq qiymatdagi 161 ta loyiha alohida ahamiyatga ega. Ularning 69 tasi işga tuşdi, 92 tasining qurilişi boşlandi. Faqat işga tuşayotgan 28 ta yirik korxonada 7 mingga yaqin doimiy iş örni yaratilyapti. Italiyaning «Cotonella» brendi bilan hamkorlik loyihalari va Koson, Mirişkor, Kasbi tumanlaridagi töqimaçilik klasterlari yana 18 ming yangi iş örni yaratişi kutilmoqda. Bu ijtimoiy barqarorlik haqidagi fikrlarning hayotdagi isboti böladi.

Taşrif davomida Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumi va uning negizida taşkil etilgan “Kasblar şaharçasi” faoliyati bilan tanişib, zamonaviy kasb-hunar örgatiş böyiça vazifalar belgilab berilgani ham alohida ahamiyatga ega. Qiymati 42 milliard söm bölgan texnikum 5,2 gektar maydonda joylaşgan, hozir bu yerda 10 ta yönaliş böyiça 417 nafar yoş tahsil olayotgan ekan. Texnikum viloyatdagi boşqa kasbiy ta’lim muassasalari uçun ham metodik va amaliy baza bölib xizmat qilişi möljallangani, 2 ming 800 nafar öquvçi şu yerda amaliyot ötaşi yangiça yondaşuvning amalga oşayotganidan dalolat bermoqda. Kasbli inson esa heç qaçon kam bölmaydi.

Işonç bilan aytiş mumkinki, 2027-yil Qaşqadaryoda zamonaviy sanoat va agrotexnologiyalar asosida rivojlantiriş yili bölişi viloyat taraqqiyotida yangi tarixiy davrni boşlab beradi. Bu keng kölamli islohotlarning zamirida davlatimiz siyosatining boş ğoyasi – inson qadrini uluğlaş va xalqni rozi qilişdek ezgu maqsad turibdi.

Telegram | Facebook | Instagram
288005
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

20-okt, 2026, 17:13

Photo1/2
#Munosabat

Strategik hamkorlik – ijtimoiy barqarorlik garovi

Samarqand shahrida yuqori faollik, o‘zaro ishonchga asoslangan ruhda o‘tgan Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbuslar katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir.

🗣️ Nutqda O‘zbekistonga kelgan sarmoyador ma’muriy tartib-taomillarga vaqt sarflamasdan, tezda o‘z biznesini boshlash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozimligi, iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini, sanoat va texnologiyalar jadal rivojlanishiga xizmat qiladigan yirik markazlarni birgalikda shakllantirish muhimligi qayd etildi.

Kengash mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli iqtisodiy sheriklikning strategik mexanizmiga aylanishi lozimligi ta’kidlanib, 2035-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

Ko‘rinib turibdiki, asosiy maqsad ilg‘or hamkorlar bilan uzoq muddatli strategik yo‘nalishlarni belgilash hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sish raqamlardagina emas, xalqimizning turmushida ham o‘z ifodasini topadi.

🟣 Birinchidan, sanoat, transport, barqaror energetika va boshqa sohalarga AQShning yetakchi kompaniyalari kapitalining kirib kelishi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshiribgina qolmay, balki hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini ham tubdan yangilashga xizmat qiladi. Eng muhimi, mahalliy tadbirkorlar va Milliy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining ushbu loyihalarda sherik sifatida ishtirok etishi milliy kapital va davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqadi.

🟣 Ikkinchidan, xorijiy sarmoya va hamkorlikning eng katta qiymati yoshlarimizga imkoniyat berishidir. Raqamli yechimlar, sun’iy intellekt va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish sohasidagi loyihalar malakali va yaxshi maosh to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratadi. Yoshlarimiz zamonaviy bilim va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganib, jahon mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishadi. Bu esa odamlarning munosib hayot kechirishi uchun sharoitni yanada kengaytiradi.

🟣 Uchinchidan, bunday sheriklik faqat bir tomonlama bo‘lmaydi. Amerika kompaniyalari ham O‘zbekiston bilan ishlashdan katta naf ko‘radi. Yurtimizda joriy etilayotgan «Plug and Play», ya’ni «ulanib, darhol ishlash» tamoyili asosida investorlarga tayyor loyihalar taklif qilinadi va ortiqcha ma’muriy to‘siqlar bartaraf etiladi. O‘zbekistonning boy tabiiy resurslari, qulay joylashuvi va iqtidorli yoshlari inson kapitali bazasini shakllantiradi. Ikki tomon ham manfaatdor bo‘lgan hamkorlik barqaror va uzoq davom etishi ma’lum.

🟣 To‘rtinchidan, AQSH bilan 2035-yilgacha mo‘ljallangan strategik hamkorlik dasturi ishlab chiqilishi tashqi iqtisodiy aloqalarimizni kengaytiradi. AQSH yirik kompaniyalarining kapitali, texnologiyalari va tajribasi kirib kelsa, tashqi savdo va sarmoya manbalarimiz diversifikatsiyalashgan, iqtisodiyotimiz esa tashqi ta’sirlarga barqaror bo‘ladi. Yirik iqtisodiy markazlar bilan muvozanatli aloqalar ko‘p vektorli tashqi siyosatimizni kuchaytirib, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

📌 Turli sohalardagi yaqin hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha huquqiy asoslarni mustahkamlash jarayonlarida fraksiyamiz faol ishtirok etadi.

Telegram | Facebook | Instagram
6270014
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

19-okt, 2026, 16:51

Photo1/2
Bugun fraksiyamiz yig‘ilishida bir qator qonun loyihalarini muhokama qildik.

🟠 Moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibiga oid qonun loyihasida tadbirkorlarni sud qarorlari va sanksiyalar haqida xabardor qilish mexanizmlariga e’tibor qaratildi.

🟠 Chiqindilar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi yuzasidan esa deputatlarimiz bir qator muhim masalalarni ko‘tardilar. Jumladan, chiqindi xizmatlari sifati va ijro intizomi, tariflarning asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, yig‘ilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ekologik xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

🗣️ Ayniqsa, deputat Anvarxon Temirovning aholi zimmasiga majburiyatlar yuklanayotgani holda, chiqindilarni olib chiqib ketuvchi tashkilotlarning javobgarligi aniq belgilanmagani haqidagi e’tirozi muhim masalaga e’tibor qaratdi.

☝️ Chiqindilar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikda aholi majburiyatlari bilan bir qatorda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mas’uliyati ham aniq belgilanishi lozim.

Qonun loyihasi konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Uni ikkinchi o‘qishga tayyorlashda deputatlarimizning taklif va mulohazalarini inobatga olish zarurligi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram
3830014
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

12-okt, 2026, 17:03

Photo1/2
Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida bir qator qonun loyihalarini muhokama qildik.

Ayniqsa, sanoat xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan tashabbus yuzasidan fikr almashdik. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya va baxtsiz hodisalar oqibatlari bu borada qat’iy choralar zarurligini ko‘rsatmoqda. Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasidagi ayrim normalar yuzasidan savollar va takliflar bildirdilar. Loyiha dastlabki tarzda qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi, chiqindilarni boshqarish sohasidagi to‘lov tizimi bo‘yicha parlament so‘rovi yuborilishi ma’qullandi.

Har bir loyiha aholi xavfsizligi, ijtimoiy adolat va partiyamiz elektorati manfaatlari nuqtai nazaridan yondoshilgan holda ko‘rib chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram
4820019
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

09-okt, 2026, 12:40

Photo1/2
#Munosabat

Mintaqaviy hamkorlik va xalqlarimiz farovonligi

ℹ️ Turkmanistonda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlari rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi yuqori samaradorlik bilan o‘tdi. Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport, energetika, suv resurslari, ekologiya va texnologik taraqqiyot sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

🗣️ O‘zbekiston Prezidenti Maslahat uchrashuvidagi nutqida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bir qator hayotiy takliflarni ilgari surdi. Jumladan, transport-logistika, sanoat, energetika va raqamli texnologiyalar sohalaridagi hamkorlik tashabbuslari yagona Markaziy Osiyo uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi tabiiy. Bu jarayon iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda ijtimoiy hayotga ham katta ta’sir o‘tkazadi. Ya’ni, yirik loyihalar nafaqat savdo hajmi va investitsiyalar ko‘payishiga, balki aholi bandligi, kasbiy malakasi va daromadlari o‘sishiga ham olib keladi.

🟣 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nuqtai nazaridan mintaqaviy hamkorlikning ahamiyati, avvalo, uning insonlar hayotiga bevosita ta’siri bilan belgilanadi. Davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish hamda fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston tomoni ilgari surgan “Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyili Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz. Bu yondashuv odatiy savdo-sotiqdan tashqari, qo‘shma korxonalar tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutadi.

☝️ Eng muhimi, bunday hamkorlik aholi daromadlarini oshirish va mintaqaviy bozorlarda raqobatbardoshlikni kuchaytirish uchun zamin yaratadi.

📄 Tashrif doirasida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi hamda sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi kabi sohalarda Kooperatsiya dasturini qabul qilish va uni ikki mamlakat hududlari darajasida ham amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. Ikki tomon Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani yuqori ijtimoiy ahamiyatga egadir.

✅ Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi nafaqat davlatlararo iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish, balki mintaqada tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlash uchun ham keng imkoniyatdir.

Telegram | Facebook | Instagram
1,0600019
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

07-okt, 2026, 14:29

Photo1/2
#Munosabat

Qo‘llab-quvvatlash yanada manzilli bo‘ladi

❕ Kuz-qish mavsumida aholini, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash dolzarb ijtimoiy ahamiyatga ega. Chunki havo salqinlasha boshlashi bilan ayrim oilalar bu yil qanday bo‘larkin, degan savolga javob izlaydi.

☝️ Prezident huzurida ko‘rib chiqilib, ma’qullangan takliflar aholining mavsumiy xarajatlarini yengillashtirish, ijtimoiy yordam qamrovini kengaytirish va uni manzilli yetkazishga qaratilgani bilan muhimdir. Partiyamiz ham ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq tashabbuslarga har doim kamarbasta bo‘ladi.

Bugungi kunda jahondagi geosiyosiy keskinlik, energiya resurslari va xomashyo narxlarining o‘sishi aholi xarajatlariga ham ta’sir ko‘rsatayotgani bor gap. Bunday sharoitda ijtimoiy himoya choralarini aniq ehtiyojdan kelib chiqib belgilash, ayniqsa, daromadi yuqori bo‘lmagan va qish mavsumida qo‘shimcha xarajatlari ortadigan oilalarni qo‘llab-quvvatlash lozim. Shu nuqtai nazardan, gazlashtirilmagan yoki tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda isitish uchun elektr energiyasidan foydalanadigan aholi uchun bazaviy me’yorning 200 kilovatt-soatdan 350 kilovatt-soatga oshirilishi hayotiy ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish masalasining ko‘rib chiqilishi ham mavsumiy xarajatlarni qoplashda qo‘shimcha ko‘mak bo‘ladi. Ijtimoiy reyestrga kirmagan, ammo amalda yordamga muhtoj oilalarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik muhim. Shu maqsadda bunday oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad mezonini 1 million 430 ming so‘mgacha oshirish orqali qo‘llab-quvvatlash qamrovini yana 166 ming oilaga kengaytirish imkon bo‘ladi. Bu yondashuv ijtimoiy yordamni faqat mavjud ro‘yxatlar bilan cheklab qo‘ymasdan, aholining real daromad va ehtiyojlarini ham hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’mol xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish orqali bir yilda 470 ming oilani qamrab olish nazarda tutilmoqda.

✅ Albatta, belgilangan vazifa va choralarning natijadorligi, hududlarda, mahallalarda sifatli amalga oshirilishi – dolzarb masala. Yordam uchun ajratilgan mablag‘lar o‘z vaqtida yetkazilishi, ehtiyojmand oilalar to‘g‘ri aniqlanishi va belgilangan mezonlar amalda bir xil qo‘llanilishi ham muhim. Deputatlarimiz bu jarayonlarda parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida ishlashga alohida e’tibor qaratadi.

Telegram | Facebook | Instagram
9700024
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

05-okt, 2026, 15:39

Photo1/2
Bugun fraksiyamiz yig‘ilishida milliy qonunchilikni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, intellektual mulk sohasidagi yangi huquqiy mezonlarni belgilashda O‘zbekiston XDP elektorati manfaatlari, fuqarolarning mehnat huquqlari, xodimlar manfaatlarini kafolatlash hamda tadbirkorlar uchun teng va adolatli sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokama davomida deputatlar qonun loyihasi bo‘yicha patent olishga oid murojaatlarning rad etilish sabablari, ekspertlarni jalb etish mezonlari, davlat boji va patentlarni o‘z kuchida saqlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibiga doir savollarni o‘rtaga tashladilar. Bildirilgan taklif va savollarga tashabbuskorlar tomonidan javoblar berildi. Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga chet el investitsiya loyihalarini amalga oshirishni monitoring qilish, investitsiyaviy samaradorlikni baholash va investorlar bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan parlament so‘rovini yuborish ma’qullandi. Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha qarorlar partiya elektorati manfaatlari va dasturiy maqsadlardan kelib chiqib qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
3970025
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

28-sen, 2026, 16:32

Photo1/2
Fraksiya yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori» faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur unvonni uzoq yillar davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash, hududlarda, xususan, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquq-tartibotni mustahkamlash yo‘lida samarali mehnat qilgan, kasbiy mahorati va fidoyiligi bilan namuna ko‘rsatgan profilaktika inspektorlariga berish nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasini tayyorlashda profilaktika inspektorlarining kasbiy maqomi, malaka talablari, soha xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha xorijiy tajriba kabi masalalar yuzasidan savollar berildi. Berilgan javoblar asosida deputatlar qonun loyihasini konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatladilar.

Yig‘ilishda, shuningdek, narkotiklar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihalari ham ko‘rib chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram
4980017
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

28-sen, 2026, 11:32

Photo1/2
Qoʼllab-quvvatlash va tarixiy natijalar!

Oʼzbekiston jamoasining Samarqand shahrida oʼtgan Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi yorqin chempionligi yurtimizda irodali, bilimli va gʼalabalarga chanqoq yangi avlod yetishganining haqiqiy isboti boʼldi.

Yoshlarimizning tarixiy gʼalabasi xalqimizda oʼzaro ishonch va birdamlik hissini yanada mustahkamladi.
Qoʼllab-quvvatlash va imkoniyatlar tengligini taʼminlash gʼoyalari har doim muhimligi shaxmatimizdagi yuksak natijalarda ham yana bir bor tasdigʼini topdi.
Shaxmat olimpiadasida boshqa jamoalarimiz ham munosib ishtirok etdi, qizlar va paralimpia jamoalarimiz jahonning eng kuchli shaxmatchilariga qarshi muhim natijalar koʼrsatdi. Barcha shaxmatchilarimiz, butun yoshlarimizga omad va muvaffaqiyatlar yor boʼlishini tilaymiz!

Chempionlarni, ularning murabbiylari va ota-onalari, yaqinlari, barcha yurtdoshlarimizni ulkan zafarlar bilan yana bir bor qutlaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram
9970024
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

24-sen, 2026, 11:20

Photo1/2
#Munosabat

Andijonda minglab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Ko‘pchilik yaxshi biladi, bundan o‘n yilcha avval O‘zbekistonda kambag‘allik alohida davlat siyosati darajasida ochiq tan olinmagan va chuqur o‘rganilmagan muammo edi. Aholi daromadlari, bandlik va ijtimoiy himoya masalalari asosan bir martalik yordam mexanizmlari orqali hal etilar, kambag‘al oilani aniqlash, manzilli qo‘llab-quvvatlash, daromadli qilish zanjiri hali shakllanmagan edi. O‘sha paytda 7,5 million kishi, ya’ni aholining 23 foizi kambag‘allik chegarasiga ham yetmasligi qayd etilgan. Buning oqibatida mehnat bozorida yashirin ishsizlik va boqimandalik kayfiyati yuqori darajada saqlanib qolgan, ayrim xalqaro ekspertlar bahosiga ko‘ra, o‘sha davrda real kambag‘allik darajasi aholining qariyb 35 foizini tashkil etardi.  

Keyingi yillarda birinchi marta kambag‘allik ochiq tan olinib, uni qisqartirish eng muhim ijtimoiy-siyosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi. Ijtimoiy siyosatning mazmuni ham o‘zgardi: nafaqa va yordamdan manzilli ijtimoiy himoya, bandlik, kasbga o‘qitish, imtiyozli kredit, subsidiya, kompensatsiya va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga asoslangan tizimga o‘tildi. Xalqaro hisob-kitoblarga ko‘ra, 2016-2022-yillarning o‘zida yurtimizda 5,1 million kishi kambag‘allikdan chiqqan. Demak, davlatning fuqaroga munosabati yordam beruvchi modeldan imkoniyat yaratuvchi modelga, ijtimoiy himoyadan ijtimoiy-iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishga qarab o‘zgardi.

Bu yondashuvning hududiy ahamiyatini Andijon misolida ham ko‘rish mumkin. Aholisi 3,5 milliondan ziyod viloyatda yer va boshqa resurslar cheklangan. Shuning uchun har bir investitsiya yuqori qo‘shilgan qiymat, yangi ish o‘rni va aholi uchun barqaror daromad manbaiga aylanishi kerak. Andijonda 4 foiz atrofida qayd etilayotgan ehtiyojmand aholining turmush sharoitini yaxshilash vazifasi ish joyi, daromad manbai, kasb va iqtisodiy imkoniyat yaratish bilan bog‘liqdir. Bugun viloyatda ishga tushirilayotgan va qurilishi boshlanayotgan 9,4 milliard dollarlik 206 ta loyiha ana shu imkoniyatlarni kengaytirish uchun muhim iqtisodiy baza bo‘ladi. Ayniqsa, ularning sanoat, energetika, to‘qimachilik, mashinasozlik, logistika va xizmatlar kabi yuqori samarali sohalarni qamrab olayotgani minglab barqaror yangi ish o‘rinlari, doimiy daromad manbalari shakllanishiga zamin yaratadi. Bunday yuksak natijalar Andijonda kambag‘allikni bartaraf etish istiqbollarini kuchaytiradi.

Telegram | Facebook | Instagram
9560026
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

22-sen, 2026, 15:50

Photo1/2
#Rasmiy_bayonot

❗️ Jamoat transporti tariflari aholi daromadlariga mos bo‘lishi, maktab o‘quvchilari xavfsizligi ta’minlanishi shart

So‘nggi kunlarda Toshkent shahrida jamoat transporti tariflarini qayta ko‘rib chiqish hamda maktab o‘quvchilarining xavfsiz va qulay qatnovini ta’minlash masalalari jamoatchilik e’tiborida turibdi.

ℹ️ Ma’lumki, poytaxtimizda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini ta’minlash uchun Toshkent shahrida School Bus tizimini joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda (73,5 foiz so‘rov ishtirokchilari taklifni qo‘llab-quvvatlagan).

🟣 Xalq demokratik partiyasi ushbu dolzarb ijtimoiy masalalar yuzasidan, avvalo, kam daromadli va ko‘p farzandli oilalar manfaatlari nuqtai nazaridan quyidagi pozitsiyasini bildiradi:

🟣 Birinchidan, jamoat transporti tariflari aholi daromadlari va oilaviy xarajatlarga ta’siri hisobga olingan holda belgilanishi kerak.

Shuning uchun tariflarni belgilashda tashuvchilar xarajatlari bilan bir qatorda aholi daromadlari, oila xarajatlari, o‘quvchilar va talabalarning kundalik qatnovi, kam daromadli va ko‘p farzandli oilalarning imkoniyatlari ham hisobga olinishi kerak.

Har bir ota-ona uchun farzandining emin-erkin harakatlanishi, bilim olishi va kundalik manzillariga xavfsiz yetib borishi muhim. Shu ma’noda, jamoat transporti siyosatida iqtisodiy samaradorlik bilan bir qatorda ijtimoiy tenglik, ta’lim olish imkoniyati, bolalar xavfsizligi va oila manfaatlari ham asosiy mezonlardan biri bo‘lishi shart.

🟣 Ikkinchidan, o‘quvchilar uchun alohida va imtiyozli tarif mexanizmi joriy etilishi maqsadga muvofiq.

Bu partiyamizning saylovoldi dasturida belgilangan aniq siyosiy pozitsiyadir. Bizningcha, barcha o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif, ijtimoiy himoyaga muhtoj va ko‘p farzandli oilalar farzandlari uchun esa qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari nazarda tutilishi zarur.

☝️ Maktabga borish va qaytishda bolaning xavfsizligi birinchi o‘rinda turishi shart. Shu nuqtai nazardan, School Bus tizimini joriy etish muhim. Biroq, bu tizim ota-onalarga yana bir qo‘shimcha moliyaviy yuk bo‘lmasligi kerak.

Xorijiy tajribada ham o‘quvchilarning transport xarajatlarini kamaytirishning turli mexanizmlari qo‘llaniladi. Ayrim davlatlarda o‘quvchilar uchun jamoat transportida chegirmalar belgilansa, boshqa holatlarda maktabgacha bo‘lgan masofa, oila daromadi, hududning transport bilan ta’minlanganligidan kelib chiqib, xarajatlar to‘liq yoki qisman qoplanadi.

🟣 Xalq demokratik partiyasi tarif o‘zgarishlarining ijtimoiy ta’siri xolis va ochiq baholanishi, qarorlar jamoatchilik uchun tushunarli asoslarga ega bo‘lishi, o‘quvchilar uchun samarali imtiyozli tariflar hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratilishi zarur, deb hisoblaydi.

Facebook | Youtube | Instagram | X
2340024
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

21-sen, 2026, 16:00

Photo1/2
Bugungi fraksiya yig‘ilishida bir qator muhim qonun loyihalarini muhokama qildik.

Ayniqsa, yakka tartibdagi tadbirkorlarning lizing xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qonun loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu mexanizm tadbirkorlarga faoliyati uchun zarur texnik uskunalarni muqobil moliyalashtirish manbasi hisobidan xarid qilish imkonini kengaytirishga qaratilgan.

🟣 Fraksiya a’zolari mazkur masalani O‘zbekiston XDP dasturiy maqsadlari, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholi uchun daromad manbalarini ko‘paytirish vazifalari nuqtayi nazaridan muhokama qildilar.

Bunda lizingdan foydalanishda shaffof shartnomalar, tushunarli to‘lov jadvali, ortiqcha moliyaviy yukning oldini olish va tadbirkorlarning huquqlarini samarali himoya qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yig‘ilishda Energetika vazirining sohadagi islohotlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan axborotini eshitish hamda Raqamli texnologiyalar vaziriga “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan ayrim maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha parlament so‘rovini yuborish masalalari ko‘rib chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram
3600021
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

20-sen, 2026, 15:04

Photo1/2
#Munosabat

Qoraqalpog‘iston taraqqiyoti: inson farovonligi va umummilliy hamjihatlik

Qoraqalpog‘iston Respublikasi keyingi yillarda har tomonlama o‘zgarib, tobora yangi qiyofa kasb etmoqda. Bugun bu yerda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar hududning bugungi taraqqiyotini ko‘rsatibgina qolmay, uning yaqin istiqboli ham keng imkoniyatlarga ega ekanidan darak bermoqda. Eng muhimi, bu o‘zgarishlarni raqamlar, investitsiyalar yoki yangi inshootlarning o‘zi bilan baholab bo‘lmaydi. Ularning samarasi, avvalo, qoraqalpog‘istonliklarning hayotida, yangi ish o‘rinlarida, oilalar daromadida, turmush sharoiti va ertangi kunga ishonchning ortishida ko‘rinadi.

📍 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi doirasida start berilgan yirik loyihalar, Nukus shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ham ana shu nuqtai nazardan muhim. Yig‘ilishda hududni rivojlantirish masalasi iqtisodiy o‘sish bilangina cheklanmay, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, kambag‘allikni bartaraf etish, odamlar uchun munosib turmush sharoitini yaratish bilan birga qaraldi.

Qoraqalpog‘istondagi o‘zgarishlarning ijtimoiy ko‘lami sanoat va investitsiya loyihalari bilangina o‘lchanmaydi. Bo‘zatovda zamonaviy sanatoriy, Nukusda onkologiya va radiologiya markazi, Qo‘ng‘irotda bolalar shifoxonasi va tug‘uruqxona, Amudaryo va To‘rtko‘lda amfiteatrlar, Nukusda gimnastika markazi va Konservatoriya filialining ishga tushirilishi ham odamlar hayoti uchun yaratilayotgan sharoitlarning bir ko‘rinishi. Ya’ni iqtisodiyotdagi o‘sish odamlarning sog‘ligi, dam olishi, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun ham imkoniyat yaratishi kerak.

Qisqasi, bugungi Qoraqalpog‘istonda iqtisodiy taraqqiyot bilan ijtimoiy taraqqiyot yonma-yon bormoqda. Kelasi yil Qoraqalpog‘istonga 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish vazifasiga ham faqat katta mablag‘ sifatida emas, yangi korxonalar, yangi ish o‘rinlari va aholi daromadlarini oshirish imkoniyati sifatida qarash to‘g‘ri bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonning bugungi taraqqiyoti butun O‘zbekistonning umumiy harakati bilan uzviy bog‘liq. Mamlakatimizning boshqa hududlari ham Qoraqalpog‘istonga investitsiya, texnologiya, tajriba va hamkorlik orqali o‘z hissasini qo‘shmoqda. Buning iqtisodiy samarasi yuqori bo‘ladi, albatta. Lekin masalaning odamlar uchun qadrli yana bir tomoni bor: bir hududdagi taraqqiyotga boshqa hududlar ham yelkadosh bo‘lsa, o‘rtamizdagi mehr-oqibat va hamjihatlik yanada mustahkamlanadi.

🟣 Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilayotgan islohotlarni inson manfaati, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik va hududlar o‘rtasidagi mutanosib taraqqiyot nuqtai nazaridan muhim, deb biladi. Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda partiyaning barcha faollari va deputatlik korpusi bilan munosib hissa qo‘shishga intiladi...

Telegram | Facebook | Instagram
1,1300023
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

17-sen, 2026, 19:18

Photo1/2
#Munosabat

O‘zbekiston — Janubiy Koreya: xalqimiz farovonligiga qaratilgan muhim tashabbuslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi nafaqat ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida so‘zlangan nutqda ko‘p millatli Markaziy Osiyo oilasining ajralmas qismiga aylangan koreys diasporasi xalqlarimizning birdamligi va o‘zaro hurmat-ehtiromining yorqin misoli ekanligi ta’kidlandi.

Darhaqiqat, keyingi yillarda xalqaro maydonda Markaziy Osiyo mintaqasini yaxlit bir makon, bir oiladay qabul qilish urfga kirdi. Buning yaqqol isboti sifatida jahon sahnidagi eng yirik davlatlarning “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi muloqotlarini muttasil o‘tkazib kelayotganida ko‘rishimiz mumkin. “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti ham ana shunday oliy darajadagi muloqotlardan biridir.

O‘zbekiston Prezidenti sammitda mintaqalarimiz o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ma’daniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, bugungi zamonaviy dunyodagi global o‘zgarishlar sur’ati davlatlarning unga moslashish imkoniyatidan tobora ilgarilab ketayotgani, sun’iy intellekt mehnat bozori va butun boshli sanoat tarmoqlarini o‘zgartirayotgani, bundan tashqari ta’lim, infratuzilma, texnologiya va inson kapitaliga nisbatan yangi talablar paydo bo‘layotgani aytildi.

Tan olaylik, bugun dunyoda o‘zgarishlar juda tez kechmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt global iqtisodiyot va mehnat bozoriga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ilgari inson bajargan ayrim ishlar avtomatlashtirilib, ishsiz qolayotgan insonlar soni o‘sayotgani bilan bir qatorda yangi kasblar ham paydo bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim tizimi zamonaviy kasblarga mos kadrlar tayyorlashi, infratuzilma yangi texnologiyalarga moslashishi, insonlar esa yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi davr talabiga aylanib ulgurdi.

Shu nuqtayi nazardan, har bir davlat uchun asosiy vazifa o‘zgarishlarni kuzatib borish emas, balki ularga oldindan tayyorgarlik ko‘rishdan iborat. Bu yo‘lda inson kapitaliga sarmoya kiritish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki texnologiya qanchalik rivojlanmasin, uni yaratadigan, boshqaradigan va jamiyat manfaati yo‘lida qo‘llaydigan asosiy kuch inson bo‘lib qoladi. Shu bois yoshlarni zamonaviy bilim va kasblarga o‘rgatish dolzarb vazifadir.

Bundan tashqari, texnologik taraqqiyotning samarasi jamiyatning barcha qatlamlariga birdek yetib borishi muhim. Ya’ni, ijtimoiy tenglik nuqtayi nazaridan eng chekka qishloqlarda yashaydigan aholi vakillari ham yangi kasb egallashi va zamonaviy mehnat bozoriga kirishi uchun sharoit yaratilishi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kerak.

Nutqda yosh avlod ilg‘or bilimlar, ko‘nikmalar va xalqaro tajribadan foydalanish imkoniga ega bo‘lib, kelgusida zamonaviy texnologik iqtisodiyotning bir qismiga aylanishi juda muhimligiga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, inson kapitalini rivojlantirish sohasida uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirish taklif etildi. Ushbu hamkorlik “buyurtma – o‘qitish – bandlik” degan aniq tamoyilga asoslanishi kerakligiga urg‘u berildi.

Bunday yondashuv, avvalo, yoshlarning ta’lim olish va munosib kasb egallash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun sifatli ta’lim, zamonaviy kasb-hunar va mehnat bozori talab qilayotgan ko‘nikmalarni egallash imkoniyati yanada kengayadi, degani. Zero, inson kapitaliga kiritilgan sarmoya nafaqat iqtisodiy taraqqiyotga shu bilan birga ijtimoiy barqarorlik va aholi turmush farovonligini oshirishning muhim omilidir.

“Buyurtma – o‘qitish – bandlik” tamoyilining amaliyotga samarali joriy etilishi uchun birinchi navbatda ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarur...

Telegram | Facebook | Instagram
1,0100021
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

15-sen, 2026, 16:51

Video
#Munosabat

Dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridining muntazam kechikib kelayotgani — jiddiy masala.

📌 Bu boradagi vaziyat yuzasidan parlament nazoratini kuchaytiramiz. Fraksiyada mutasaddi vakillar ishtirokida alohida muhokama tashkil etish niyatidamiz.

Maqsad — muammoning sabablarini aniqlash va masalaga mas’ullarning e’tiborini qaratish.

Telegram | Facebook | Instagram
4000021
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

14-sen, 2026, 17:34

Photo1/2
Fraksiya yig‘ilishida Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2026-yil I yarim yillik ijrosi muhokama qilindi.

Hisobotga ko‘ra, yanvar–iyun oylarida YAIM 8,5 foizga o‘sib, 1 072,7 trln so‘mni tashkil etgan. Davlat budjeti daromadlari esa 207,4 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43,8 foizga oshgan.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va fraksiya uchun, avvalo, ijtimoiy soha xarajatlarining samaradorligi muhim. Shu bois deputatlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi va natijadorligi yuzasidan Hukumat vakillariga savollar berdilar.

Jumladan, Sh. Ahmedov maktablarda darsliklar bilan ta’minlanganlik, Q. Qosimova esa onalar va bolalar salomatligi, onkologik hamda orfan kasalliklarga chalingan bolalarga yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi masalalariga e’tibor qaratdi.

Deputatlar tomonidan bildirilgan savollar va Hukumat vakillarining javoblari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mablag‘larni belgilangan yo‘nalishlarga tizimli yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram
5170024
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

10-sen, 2026, 09:06

Photo1/2
#Biz_OAVda
#Munosabat

📰  «Yangi O‘zbekiston» gazetasining bugungi, 186-sonida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Ulug‘bek INOYATOVning «Ijtimoiy himoya: Inson kapitalini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar» sarlavhali maqolasi chop etildi.

Facebook | Youtube | Instagram | X
4160024
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

30-avg, 2026, 12:08

Photo
#Munosabat

Hamjihat xalqimizning muhtasham bayrami

Mustaqillik xalqimizning jipsligi va hamjihatligini yanada oshiradigan eng ulug‘, eng aziz bayramga aylanganiga kechagi tantanalarda yana bir bor https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12189. Bayram dasturidagi ulug‘vor va jo‘shqin chiqishlar g‘urur va iftixorni oshirdi. “Yangi Toshkent” hududida qad rostlagan muhtasham maydonda yangragan tarixiy fikr va yangi tashabbuslar xalqimiz kuch-qudrati, bunyodkorlik salohiyatining hayotiy namoyoni bo‘ldi.

Prezidentning Mustaqilligimiz 35 yillik ayyomidagi nutqi bayram tabrigigina emas, yaqin yillar uchun hayotiy dastur bo‘ldi. Nutqda odamlarning roziligi, kuchli ijtimoiy himoya va inson qadri eng oliy o‘ringa qo‘yildi. Bu O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining bosh maqsadi bo‘lgan ijtimoiy himoya va barqarorlik, tenglik tamoyillari bugun mamlakatimizda davlat siyosatining bosh mezonlaridan biriga aylanganini yana bir bor qat’iy isbotladi.

Eng muhimi, kelgusi o‘n yillikda xalqimiz hayotini tubdan yaxshilaydigan 7 ta milliy dastur haqida e’lon qilindi. Ushbu dasturlar partiyamiz elektorati va g‘oyalariga ayni muvofiq keladi.

Birinchidan, xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va tibbiy sug‘urtani har bir xonadonga kiritish dasturi partiyamiz yillar davomida kurashib kelayotgan «har bir inson uchun sifatli va bepul tibbiyot» tamoyilini hayotimizga izchil olib kiradi.

Ikkinchidan, mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirish tashabbusi mahalliy budjet va loyihalarni yuqoridan emas, aynan oddiy odamlar, ehtiyojmand oilalarning ehtiyojlaridan kelib chiqib taqsimlash imkonini beradi. Bu biz himoya qilayotgan ijtimoiy tenglik, shuningdek, davlatning xalqimiz oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish g‘oyalari ro‘yobining asl ifodasi bo‘ladi.

Davlat rahbari 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga yetkazish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 10 ming dollardan oshirish, sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish vazifasini qo‘ydi.

Bu raqamlar ortida yuz minglab oilalarning farovonligi, yoshlarimizning munosib ish bilan ta’minlanishi turibdi. Iqtisodiy o‘sish bilan birga ijtimoiy uy-joylar qurilishi va ijtimoiy xizmatlar sifatining oshirilishi Xalq demokratik partiyasi a’zolari va xayrixohlari faol qo‘llab-quvvatlaydigan katta qadamdir.

«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!», degan ezgu g‘oya atrofida yurtdoshlarimiz, xalqimiz jips ekan, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, kerak bo‘lsa, ham siyosiy jihatdan ertaga, albatta, yanada qudratliroq bo‘lamiz. Parlamentdagi va mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz, faollar va fidoyilarimiz bilan birga xalqimiz manfaatlarini himoya qilish yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12189.

| http://www.facebook.com/UInoyatov | http://www.instagram.com/ulugbek_inoyatov_xdp
5310012
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

30-avg, 2026, 12:08

Photo
Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2026-yil I yarim yilligidagi ijrosi muhokama https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12179.

Hisobotda bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qator raqamlar keltirildi. Jumladan, 506 ming aholi doimiy ishga joylashtirilgani, 2 million 616 ming aholining daromadlari oshirilgani hamda 546 ming norasmiy bandlik legallashtirilgani qayd etildi.

☝️ Fraksiya a’zolari masalaga, avvalo, O‘zXDP elektorati manfaatlari nuqtai nazaridan yondashdi.

Ish o‘rinlari soni emas, ularning barqarorligi va kafolatlangan daromad keltirishi muhim. Shu bois deputatlar hisobotdagi raqamlarning amaliy natijasi, band qilingan fuqarolarning qancha qismi doimiy va rasmiy ish bilan ta’minlangani, ularning qayta ishsiz qolmasligi qanday nazorat qilinayotgani haqida savollar berdi.

❗️ Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi, mahallalarda bandlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatkichlarning asosliligi va statistik ma’lumotlarning o‘zaro mutanosibligi masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 Bizningcha, har bir raqam ortida inson taqdiri va uning real daromadi turadi. Shuning uchun hisobotlarda keltiriladigan ko‘rsatkichlar aniq, asosli va hayotdagi natijalar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

🟣 Yig‘ilish yakunida Hukumat hisoboti fraksiya a’zolari tomonidan O‘zXDP elektorati manfaatlari va partiyaning dasturiy g‘oyalaridan kelib chiqib qo‘llab- https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12179.

| http://www.facebook.com/UInoyatov | http://www.instagram.com/ulugbek_inoyatov_xdp
3030020
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

30-avg, 2026, 12:08

Photo
#Munosabat

O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar va iqtisodiyotning real sektori vakillari bilan muntazam ravishda o‘tkazib kelayotgan ochiq muloqotlari mamlakatimizda biznes muhitini maqbullashtirish va ishchanlik faolligini oshirishda qudratli katalizator vazifasini o‘tamoqda. Davlat va biznes o‘rtasidagi bunday konstruktiv muloqot tadbirkorlik subyektlarining huquqiy hamda iqtisodiy kafolatlarini mustahkamlab, investitsion muhit jozibadorligini https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12172.

☝️ Ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan, tadbirkorlik, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining jadal rivojlanishi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki yalpi hududiy mahsulot o‘sishini ta’minlabgina qolmay, fundamental ijtimoiy vazifalarni samarali hal etadi. Eng asosiy va ezgu maqsad aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allik omillarini qisqartirish hamda barqaror daromad manbalarini shakllantirish hisoblanadi. Mehnat bozori va xususiy sektor integratsiyasi oilalarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlab, ijtimoiy barqarorlikning eng mustahkam kafolatiga aylanadi.

📍 Xorazmda bo‘lib o‘tgan bu galgi ochiq muloqotda ham juda muhim masalalar muhokama etildi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surilib, dolzarb vazifalar belgilandi.

🟣 Partiyamizning siyosiy g‘oyalariga muvofiq, biznesda ijtimoiy mas’uliyat bo‘lishi prinsipial ahamiyatga ega. Shu ma’noda muloqotda har bir loyihaning samarasi faqat texnologiyaga emas, uni ishlata oladigan malakali kadrlarga bog‘liqligiga e’tibor qaratildi. Har yili 50 milliard dollarlik yuqori texnologik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgani qayd etilib, ularda kadr tayyorlash komponenti bo‘lishi shartligi ta’kidlandi. Texnikum tashkil qiladigan yoki davlat texnikumini olib, xalqaro standart asosida kadr tayyorlaydigan tadbirkorlarning xarajatlari solig‘idan chegirib berilishi, shu tizim orqali 1 million yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘rgatib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsad qilingani bildirildi.

Ishonamizki, bu galgi muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar ro‘yobga chiqishi nafaqat iqtisodiyotimizni yuksaltirishga, asosiysi, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirishga qo‘shimcha sharoit va imkoniyat https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12172.

| http://www.facebook.com/UInoyatov | http://www.instagram.com/ulugbek_inoyatov_xdp
8110022
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

30-avg, 2026, 12:08

Photo
#Munozara_klubi

Partiyamizning press-klubi keng jamoatchilik vakillari, vazirlik-idoralar mas’ullari va mutaxassislar bilan dolzarb ijtimoiy masalalarni har tomonlama muhokama qilishda muhim siyosiy platformaga aylanib bormoqda.

Bu galgi sessiyada fuqarolarning, ayniqsa, partiyamiz elektorati vakillarining kundalik turmushiga bevosita ta’sir qiladigan masala – ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq muammolar haqida munozara yuritilgan.

“O‘zbekiston 24” telekanalida efir vaqti 19:15 larda, barchani ko‘rishga taklif qilamiz.

“O‘zbekiston 24” telekanaliga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildiramiz.

http://www.facebook.com/UzbekistonXDP | http://youtube.com/channel/UCV1TV7RGX-v6e6jT84XPEgg | https://www.instagram.com/UzbekistonXDP | https://x.com/UzbekistonXDP
3,3800025
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

30-avg, 2026, 12:08

Photo
#Rasmiy_bayonot

❗️ Insonning sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy hayoti daxlsizdir

So‘nggi kunlarda hududlarda ayrim mahalliy hokimliklar, mas’ul tashkilotlar va mahalla fuqarolar yig‘inlari mutasaddilari tomonidan fuqarolarning uy-joylarini obodonlashtirish yuzasidan xonadonlarga kirib, turli talablar qo‘yilayotgani keng muhokamalarga sabab https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12156.

☝️ Ayniqsa, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy hayoti hamda uy-joy daxlsizligi kabi konstitutsiyaviy huquqlariga raxna solinayotgani, qandaydir talablar bajarilmagan taqdirda xonadonlarga “Uyatli xonadon”, mahallalarga esa “Sharmandali mahalla” kabi tamg‘alar o‘rnatilishi haqidagi xabarlar yurtdoshlarimizda e’tirozlarni keltirib chiqarmoqda.

🟣 Xalq demokratik partiyasi bunday xatti-harakatlar Konstitutsiyada belgilangan huquqlar va kafolatlarga mos kelmaydi, deb hisoblaydi va quyidagilarni ma’lum qiladi.

🟣 Birinchidan, yurt obodligi – Vatanni asrash, toza tutish va obodonlashtirish demakdir. Albatta, xonadonlarni, ko‘cha va mahallalarni obod qilish ezgu tashabbus, bu har bir fuqaroning ijtimoiy mas’uliyatidir. Biroq, bu ezgu tashabbusni amalga oshirish shaxsiy namuna, ijtimoiy hamkorlik, qonun va inson qadriga hurmat hamda amaliy yordam ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiq.

🟣 Ikkinchidan, mahallalar, qolaversa, xonadonlar obodligi yo‘llar, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti, muhandislik kommunikatsiyalari, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish kabi vazifalar samarali bajarilishi bilan bog‘liqdir. Bu borada mahalliy hokimliklar va boshqa mutasaddi tashkilotlar qonuniy majburiyatini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi zarur.

O‘z hududida davlat tashkilotlari tomonidan amaliy g‘amxo‘rlik va real o‘zgarishlarni ko‘rgan yurtdoshlarimizda xonadonlar va atrof-muhitni obod qilishga intilish o‘z-o‘zidan kuchayishiga ishonchimiz komil.

🟣 Uchinchidan, insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, qonunlarda nazarda tutilmagan ma’muriy choralar qo‘llashga urinish demokratik huquqiy davlat boshqaruvi tamoyillariga ziddir.

🟣 To‘rtinchidan, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolar bilan muloqotda har bir mutasaddi odob-axloq qoidalariga rioya qilishi lozim.

📌 Xalq demokratik partiyasi mutasaddilarni aholi bilan muloqotda shaxsning qadr-qimmati, sha’ni va obro‘sini kamsitish kabi noqonuniy usullardan butunlay voz kechib, qonun ustuvorligi, inson qadri, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy sheriklik tamoyillariga amal qilishga https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12156.

http://www.facebook.com/UzbekistonXDP | http://youtube.com/channel/UCV1TV7RGX-v6e6jT84XPEgg | https://www.instagram.com/UzbekistonXDP | https://x.com/UzbekistonXDP
3250031
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

30-avg, 2026, 12:08

Photo
Bugun bo‘lib o‘tgan fraksiya yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish, intellektual mulk sohasini takomillashtirish hamda O‘zbekistonning BMTning mediatsiya bo‘yicha xalqaro konvensiyasiga qo‘shilishi bilan bog‘liq qonun loyihalarini muhokama qildik.

Yo‘l harakati xavfsizligiga oid qonun loyihasi yuzasidan deputatlarimiz bir qator muhim masalalarni ko‘tardi. Qonun normalarini amaliyotga joriy etishda xalqaro tajribani hisobga olish, xavfsiz yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘l belgilari va texnik vositalarning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi. Muhimi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning oilasi normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan yagona transport vositasini vaqtincha olib qo‘ymaslik haqidagi norma partiyamizning ijtimoiy adolat tamoyillariga mos ekani alohida ta’kidlandi. Muhokamalar yakunida qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi.

Shuningdek, fraksiyamiz a’zolarining 29–31-iyul kunlari hududlarda saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari, ijtimoiy obyektlarni o‘rganish natijalari ham muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar va ularning yechimiga qaratilgan amaliy takliflar yuzasidan fikr almashib, deputatlar oldidagi navbatdagi vazifalarni belgilab https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12147.

| http://www.facebook.com/UInoyatov | http://www.instagram.com/ulugbek_inoyatov_xdp
5060023
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

30-avg, 2026, 12:08

Photo
📍 Bo‘zatov tumanidagi uchrashuvlarimiz davomida hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishib, saylovchilar va mehnat jamoalari bilan ochiq muloqotlar https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12145.

Dastlab Bo‘zatov sanatoriyasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik. Shundan so‘ng “BULTEX PRO” tekstil korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishdik.

Korxonada, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, xavfsiz mehnat muhiti yaratish va doimiy ish o‘rinlarini ko‘paytirish borasidagi ishlar e’tibor markazida bo‘ldi. Partiyamiz uchun har bir fuqaroning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

Shuningdek, “Qusxanatov” ovul fuqarolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi farovonligini oshirish hamda hududdagi ijtimoiy muammolarni hal etish masalalari yuzasidan fikr almashdik. Mahalla tizimi odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarga o‘z vaqtida yechim topishda eng muhim bo‘g‘inlardan biri bo‘lishi https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12145.

| http://www.facebook.com/UInoyatov | http://www.instagram.com/ulugbek_inoyatov_xdp
7120029
Ulug‘bek Inoyatov logo
Ulug‘bek Inoyatov

30-avg, 2026, 12:08

Photo
📍 Qoraqalpog‘istondagi o‘rganishlarimiz davom etmoqda.

Bugun Beruniy tumanidagi “Rayxon Apparel” tekstil fabrikasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan mehnat sharoitlari va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishdik.

Korxonada 450 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport qilinayotgani yangi ish o‘rinlari yaratish va oilalar farovonligini ta’minlashda ishlab chiqarishning muhim o‘rnini yana bir bor ko‘rsatadi.

Xotin-qizlar bilan ochiq muloqotda mehnat huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalarini muhokama qildik. Partiyamiz uchun har bir fuqaroning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi fraksiyamiz, mahalliy Kengashlardagi deputatlik birlashmalari hamda partiyamizning hududiy tashkilotlari mutasaddilari bilan uchrashib, Saylovoldi dasturimiz ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdik. Oldinda turgan muhim vazifalarni o‘zaro erkin muloqot asosida muhokama https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12138.

| http://www.facebook.com/UInoyatov | http://www.instagram.com/ulugbek_inoyatov_xdp
4570027

Showing 29 of 29 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Ulug‘bek Inoyatov Telegram kanali nima haqida?+

Ulug‘bek Inoyatov (@uinoyatov) — tgdio da Siyosat toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 3 516 obunachi bor.

Ulug‘bek Inoyatov (@uinoyatov) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @uinoyatov ga bepul obuna bo‘ling.

Ulug‘bek Inoyatov yaxshi Siyosat kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Ulug‘bek Inoyatov reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 3 516 obunachi bor. O‘xshash Siyosat kanallar bilan solishtiring.

Ulug‘bek Inoyatov statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @uinoyatov sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.