Uzbek students in Korea Telegram channel photo

Uzbek students in Korea

@uzbek_students_koreaPublic Channel

Kanalda Koreyadagi o'zbekistonliklar uchun muhim yangiliklar berib boriladi. Admin: @adm_connectbot

1k

Last views

3.2k (3,238 subscribers)
A'zolar
—
Rating
43
Total Posts
Oct 23, 2026, 12:58 PM
Yangilangan
Apr 11, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameUzbek students in Korea
Username@uzbek_students_korea
CategoryKoreys dramalari (K-Drama)
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar3,238
Channel TypePublic Channel
Created11-apr, 2026
Last Updated23-okt, 2026 • 11 soat oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#157914+457
Til reytingi
#983+9
Toifa reytingi
#1602+10

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 3.2K30 Days growth: -90.3%
09/2409/2910/0410/0910/1410/1910/23
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
24:09:20263,247
25:09:20263,247
26:09:20263,247
27:09:20263,247
28:09:20263,247
29:09:20263,247
30:09:20263,247
01:10:20263,247
02:10:20263,247
03:10:20263,247
04:10:20263,247
05:10:20263,247
06:10:20263,247
07:10:20263,247
08:10:20263,247
09:10:20263,247
10:10:20263,247
11:10:20263,247
12:10:20263,247
13:10:20263,247
14:10:20263,247
15:10:20263,253
16:10:20263,253
17:10:20263,253
18:10:20263,253
19:10:20263,253
20:10:20263,253
21:10:20263,253
22:10:20263,253
23:10:20263,238
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20263,396
Week of 13:04:20263,390
Week of 20:04:20263,390
Week of 27:04:20263,392
Week of 04:05:20263,392
Week of 11:05:20263,392
Week of 18:05:20263,356
Week of 25:05:20263,356
Week of 01:06:20263,356
Week of 08:06:20263,356
Week of 15:06:20263,356
Week of 22:06:20263,356
Week of 29:06:20263,265
Week of 06:07:20263,265
Week of 13:07:20263,265
Week of 20:07:20263,265
Week of 27:07:20263,265
Week of 03:08:20263,265
Week of 10:08:20263,246
Week of 17:08:20263,242
Week of 24:08:20263,243
Week of 31:08:20263,243
Week of 07:09:20263,241
Week of 14:09:20263,247
Week of 21:09:20263,247
Week of 28:09:20263,247
Week of 05:10:20263,247
Week of 12:10:20263,253
Week of 19:10:20263,238
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20263,390
May 20263,356
June 20263,356
July 20263,265
August 20263,243
September 20263,247
October 20263,238
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20263,238

So'nggi postlar

Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

08-okt, 2026, 14:44

Photo1/2
2026-yilning ikkinchi yarmidagi Koreya talabalik vizasi bo‘yicha yangi siyosat — batafsil qo‘llanma

Koreya Adliya vazirligi xorijiy talabalar soni 400 mingga yetayotgan bir paytda viza siyosatini tubdan yangilamoqda. Endi asosiy e’tibor talabalarni jalb qilish bilan birga, ularning ishga joylashishi va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

1. Koreyaga kirish bosqichi

① Koreys tilini yaxshi biladigan talabalar — TOPIK 4-daraja yoki Ijtimoiy integratsiya dasturining (KIIP) 4-bosqichi talabiga javob beruvchilar — viza olish uchun ariza topshirishda moliyaviy imkoniyatini tasdiqlashdan to‘liq ozod qilinadi.

② Noqonuniy qolishning oldini olish uchun ayrim mamlakatlarga nisbatan o‘qish xarajatlari uchun kafolat depoziti tizimi kengaytiriladi. Shuningdek, ta’lim hujjatlarini tekshirish va xorijdagi ta’lim agentliklarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi orqali nazorat kuchaytiriladi.

③ OECD mamlakatlari talabalari uchun “Gap year” — o‘qishdagi tanaffus davri talabalik vizasi (D-2-8) hamda “kelajak universiteti” uchun qisqa muddatli viza kabi yangi kirish yo‘nalishlari joriy etiladi.

2. Universitetda o‘qish va rivojlanish bosqichi

① Qo‘shimcha ishlashga ruxsat olish uchun ariza topshirishda universitet beradigan 시간제취업 확인서 — yarim stavkali ishlashni tasdiqlovchi hujjat orqali hujjat topshirish tartibi ancha soddalashtiriladi.

② Biroq talabalarni o‘qishga jiddiy e’tibor qaratishga undash maqsadida qo‘shimcha ishlashga ruxsat berishdagi koreys tili talabi KIIP 3-bosqichigacha oshiriladi.

③ Ta’limdan ko‘ra ishlashga ko‘proq yo‘naltirilgan, darslari asosan dam olish kunlari, kechki payt yoki onlayn shaklda o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga beriladigan viza imtiyozlari to‘liq bekor qilinadi.

3. O‘qishni tugatgandan keyin ishga joylashish va doimiy yashashga o‘tish bosqichi

① Bitiruvdan keyingi D-10 ish qidirish vizasi bo‘yicha yashash muddati koreys tili darajasi va ishga tayyorgarlik holatiga qarab, ko‘pi bilan 3 yilgacha uzaytiriladi. Bu bitiruvchilarga ishga joylashish uchun barqaror tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

② Tabiiy fanlar va muhandislik yo‘nalishidagi xorijiy talabalar ishlab chiqarish sohasiga ishga kirganda, ularning malakali ishchi vizasiga (E-7) o‘tishi qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, professional texnik magistratura — K-Tech Master Visa yo‘nalishi orqali D-2 talabalik vizasidan F-2 yashash vizasiga o‘tish qo‘llab-quvvatlanadi.

③ Universitetlardagi OASIS bilan bog‘langan dasturlar orqali texnologik biznes tashkil etish va D-8-4 vizasiga o‘tishga ko‘maklashiladi. O‘z mamlakatiga qaytgan bitiruvchilar uchun esa ko‘p martalik “Koreyada tahsil olgan bitiruvchilarning tashrif vizasi” — Study Korea Alumni Visa joriy etiladi.

4. Xorijiy talabalarga ma’muriy yordam tizimi

① Hududiy immigratsiya idoralarining 5 tasida xorijiy talabalarning viza va yashash masalalarini qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi. Ularda arizalarni ko‘rib chiqish ishlari bir joyda, yagona tartib asosida amalga oshiriladi.

② Sun’iy intellektga asoslangan onlayn platforma yaratiladi. Bu orqali talabalar immigratsiya idorasiga bormasdan va qog‘oz hujjat topshirmasdan murojaatlarini hal qilish imkoniga ega bo‘ladi.

③ Talabalarga kasblar bo‘yicha malaka talablarini jamlagan ishga joylashish vizasi uchun tekshiruv ro‘yxati hamda bosqichma-bosqich yuqoriroq viza maqomiga o‘tish yo‘llari ularning holatiga mos ravishda taqdim etiladi.

©️Manba : ganiev_tarjimon

tg | @uzbek_students_korea
1,010003
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

01-okt, 2026, 12:22

Photo1/2
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak!

Har bir yutuq ortida bilim bergan, fikrlashga undagan va yangi marralar sari ilhomlantirgan ustozlarning mehnati mujassam.

Yosh avlodning salohiyatini ochish, ularda mustaqil fikrlash va yangilik yaratishga intilishni shakllantirishda ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyos.

Ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklaymiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va shogirdlaringizning yutuqlaridan faxrlanish baxtini tilaymiz.

Bayramingiz muborak!

tg | @uzbek_students_korea
1,230003
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

23-sen, 2026, 07:56

🇺🇿 Surxondaryo viloyati hokimining Koreyadagi yoshlar bilan online uchrashuvi

Surxondaryo viloyati hokimining Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etilmoqda.

📅 Sana: 24-sentabr, 2026-yil
🕑 Vaqt: 14:00 (Koreya vaqti)
💻 Online: Zoom platformasi

Uchrashuvda:

• Surxondaryo viloyati hokimi hamda viloyat hokimligi tashkilotlari vakillari;
• Abduqodir Toshqulov — oʻzbekistonlik iqtisodchi, oʻqituvchi va davlat arbobi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Termiz davlat universiteti rektori;
• El-Yurt Umidi jamg‘armasi va yoshlar tashkilotlari vakillari — ishtirok etadilar.

Uchrashuv davomida Surxondaryo viloyatining rivojlanish istiqbollari, yoshlar uchun yaratilayotgan ish o’rinlari, ta’lim, tadbirkorlik, investitsiya, xalqaro hamkorlik va boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashiladi.

Hamda yoshlar bilan fikr almashish, ularning savol va takliflarini tinglash, shuningdek, ta’lim, yoshlar siyosati, tadbirkorlik, investitsiya va O‘zbekiston–Koreya hamkorligi doirasidagi imkoniyatlar muhokama qilinadi.

📌 Ayniqsa, Koreyada istiqomat qilayotgan Surxondaryolik yoshlarni alohida uchrashuvda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Ishtirok etish uchun quyidagi formani to‘ldiring. Ro‘yxatdan o‘tish uchun oxirgi muddat: 23-sentabr.

https://forms.gle/6ogcJNhSxGeNNpd48

tg | @uzbek_students_korea
11,100005
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

13-sen, 2026, 08:54

Video
Шавкат Мирзиёев Кореяга уч кунлик ташрифини бошлади

Сеулдаги авиабазада олий мартабали меҳмонларни тантанали кутиб олиш маросими бўлиб ўтди, Ўзбекистон раҳбари шарафига фахрий қоровул саф тортди, артиллерия тўпларидан салют берилди.

Ўзбекистон раҳбари давлат ташрифи доирасида Корея президенти Ли Жэ Мён билан тор доирада ва кенгайтирилган таркибда музокаралар, Миллий Ассамблея спикери Чо Жонг Шик, бош вазир Ҳан Сон Сук, Кореянинг йирик компаниялари ва молия институтлари раҳбарлари билан учрашувлар ўтказиши режалаштирилган.

👉 https://kun.uz/kr/67621724

Kun.uz расмий канали
1,9100010
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

08-sen, 2026, 17:57

Photo1/4
O‘ZBEKISTON BAYROG‘I SEUL MARKAZIDA!

O'zbekiston elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinda bo‘lib o‘tadigan Koreya – Markaziy Osiyo forumi munosabati bilan Seul markazida o‘ziga xos ramziy aksiya tashkil etilmoqda!

“Birlik halqasi” — do‘stlik, birdamlik va yangi O‘zbekiston timsoli

Ushbu aksiya davomida O‘zbekistonning ulkan davlat bayrog‘i Seulning eng gavjum va tarixiy maskanlaridan biri — Gwanghwamun maydonida namoyish etiladi.

Bu nafaqat bayrog‘imizni namoyish etish, balki O‘zbekiston yoshlarining Koreyadagi birdamligi, Vatanga bo‘lgan faxri va Koreya–O‘zbekiston do‘stligiga bo‘lgan hurmatini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

📅 Sana: 9-sentabr, 2026-yil
⏰ Aksiya vaqti: 10:00–12:00
📍 Manzil: Seul, Gwanghwamun maydoni (광화문광장)
👥 Ishtirokchilar: 50 nafar yosh

Yig‘ilish vaqti: 09:00
Yig‘ilish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Koreya Respublikasidagi Elchixonasi

Siz ham ushbu tarixiy aksiyaning bir qismi bo‘lishni istasangiz, ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Joylar soni cheklangan — atigi 50 nafar yosh qabul qilinadi.

Ro’yxatdan o’tish: https://forms.gle/DESRKxEwEhPKQuPBA

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
1,910009
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

06-sen, 2026, 18:43

Photo
#Korea #Semiconductor #Talim #Samsung #SKhynix

🎓 Janubiy Koreyada yangi trend: nufuzli universitet emas — chip maktablari!

Koreyada muvaffaqiyat yo'li faqat prestijli universitetdan o'tadi degan qarash o'zgarmoqda. Endi yarimo'tkazgich (semiconductor)ga ixtisoslashgan kasb-hunar maktablari ota-onalar va o'quvchilar orasida shov-shuvga aylandi.

📌 Nega shunday?

Gyeongju shahridagi Korea Semiconductor Meister High School'ning tanishuv sessiyasiga 120 ta o'rin yetmay qoldi — maktab ikkinchi sessiya o'tkazishga majbur bo'ldi
Bu maktabga kirish raqobati 0,88 dan 1,67 ga oshdi
Eng eski chip maktabi Chungbuk'da esa raqobat 2,26 talabgar bir o'ringa!

💰 Asosiy sabab — ish bilan ta'minlanish: Bunday maktablar Samsung Electronics va SK hynix kabi gigantlarga to'g'ridan-to'g'ri yo'l ochadi deb kutilmoqda. AI chip bumi tufayli bu kompaniyalar daromadi osmonga ko'tarildi — Samsung bozor qiymati ilk bor 2 kvadrillion vondan ($1,32 trillion) oshdi.

📊 Raqamlar ham buni tasdiqlaydi: kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining 73%dan ortig'i ish topadi, oddiy maktablardagi kasbiy yo'nalishlarda esa bu ko'rsatkich atigi 38,2%.
Hozirda Koreyada 4 ta chip maktabi bor, 2027-yilda Seulda, 2028-yilda Yonginda yana ikkitasi ochiladi.

✈️
1,890004
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

06-sen, 2026, 18:43

Photo
#Coupang #Korea

Coupang'ga rekord jarima: 624,7 milliard von!

Janubiy Koreyaning shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish komissiyasi (PIPC) mamlakatdagi eng yirik e-tijorat kompaniyasi Coupang'ga tarixdagi eng katta — 624,68 milliard von (taxminan 409 million dollar) miqdorida jarima soldi.

📌 Sababi nima?

37,5 million kishining shaxsiy ma'lumotlari (ism, email va boshqalar) sizib ketgan
11,2 million foydalanuvchining boshqa sayt va ilovalardagi faoliyati ruxsatsiz kuzatilgan — tashrif tarixi, URL'lar, IP manzillar saqlab borilgan
Kompaniya jabrlanganlarni xabardor qilmagan va tekshiruvga to'sqinlik qilgan
💰 Bu jarima Coupang'ning o'tgan yilgi butun operatsion foydasiga (473 million dollar) deyarli teng!
Avvalgi rekord SK Telecom'ga tegishli edi — 134,79 milliard von. Coupang esa uni qariyb 5 barobarga "yangiladi".
Kompaniya uzr so'radi, lekin qarorga rozi emas — masalani sud orqali hal qilmoqchi.

⚖️ Bundan tashqari, Coupang'ning logistika sho''basi CFS'ga ham alohida 248 million von jarima solindi — jurnalistlarni "qora ro'yxat"ga kiritgani va ishchilarning sog'liq ma'lumotlarini sudga noqonuniy taqdim etgani uchun.

✈️
1,6700013
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

06-sen, 2026, 18:43

Photo
Iyun saylov g'alabasi Li ma'muriyatiga quvvat beradi

Chorshanba kuni o'tkazilgan mahalliy va parlament qo'shimcha saylovlarida exit so'rovlar Demokratik Partiyaning katta g'alabasini ko'rsatgach, barcha e'tibor bu natijaning amaldagi Li Je-myung ma'muriyatiga qanday ta'sir ko'rsatishiga qaratildi.

Liberal blok so'nggi ikkita yirik saylovda — 2024 yilgi umumiy saylov va 2025 yilgi prezidentlik saylovida — g'alaba qozongan edi. Chorshanba kuni bashorat qilingan mahalliy saylov g'alabalari esa partiyaning markaziy va mahalliy hokimiyatlar, shuningdek parlament ustidagi hukmronligini yanada mustahkamlaydi.

🔴 Boshqa tomondan, konservativ Xalq Kuch Partiyasiga oid exit so'rov natijalari partiyaning jamiyat ishonchini qozona olmay kurashayotganini ko'rsatmoqda — partiya sobiq prezident Yun Suk Yeolning 2024 yilgi harbiy to'ntarish e'lonining oqibatlaridan hali ham chiqib keta olmagan.

Mutaxassislar ta'kidlamoqdaki, saylov g'alabasi Lining siyosiy tashabbuslarga bo'lgan ishonchini kuchaytirib, ularni amalga oshirishga yanada dadillik baxsh etadi.
"Hukmdor partiya allaqachon Milliy Majlisda ko'pchilikni egallaydi, shu sababli katta g'alaba bu vaziyatni o'zgartirmaydi" — dedi britaniyalik jurnalist va maslahatchi, "The New Koreans" kitobining muallifi Maykl Brin. — "Ammo bu Prezident Li va Demokratik Partiyaga kuchli ruhiy turtki beradi hamda u o'z ichki dasturini amalga oshirayotgan paytda byurokratiya ichidagi ishonchni oshiradi."

Parlament qo'shimcha saylovlari natijasidan qat'i nazar, Demokratik Partiya 300 o'rinli Milliy Majlisda allaqachon ko'pchilikni tashkil etadi.
2024 yilgi g'alabani o'sha paytdagi liberal partiya raisi sifatida qo'lga kiritgan Prezident Li, Yun boshchiligidagi siyosiy inqirozning ortidan keyingi yili prezident etib saylandi. Uning reytingi birinchi yilda ko'pincha 60 foizdan yuqorida saqlanib kelmoqda.

Richey bundan tashqari, partiyaning Seul va Busan kabi muhim jang maydonlarida mayor lavozimlarini qo'lga kiritishi, muxolifatni faqat janubi-sharqiydagi an'anaviy qal'alarida qoldirib, hukmdor lagerni qulay vaziyatga olib kelishi va muxolifatni yakkalashini ta'kidladi.

"Demokratik Partiyaning Seul meri saylovida g'alaba qozonishi partiya uchun qulay natija bo'lar edi" — dedi Richey.
"Agar Kim Bu-gyum (Demokratik Partiyadan) Daegu meri saylovida g'alaba qozonsa, bu Xalq Kuch Partiyasi uchun katta zarba bo'lar edi. Shuningdek, Demokratik Partiyaning o'zini yaxshi his qilishi uchun parlament qo'shimcha saylovlarida an'anaviy o'rinlarining ko'pchiligini saqlab qolishi ham zarur."

✈️
2,000003
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

06-sen, 2026, 18:43

Photo
2026 Koreya Mahalliy Saylovlari — Raqamlarda

🔴Janubiy Koreya mahalliy saylovlari rekor ko'rsatkichlar bilan o'tdi!

151,532 — Ovoz berishga haqli chet el fuqarolari soni (2022 yilga nisbatan +18,7% — yangi rekord!)

44,649,908 — Jami saylovchilar soni

504 — Raqobatchisiz g'alaba qozongan nomzodlar soni

7,767 nomzod 4,241 lavozim uchun kurashdi — umumiy raqobat nisbati 1,8:1

Ta'lim superintendentligi saylovlarida raqobat eng yuqori bo'ldi — 3,6:1 (Seulda 8 nomzod, Taejeonda 5 nomzod)
💰 1,25 trillion won (~817 mln dollar) — saylov byudjeti
Bu o'tgan yilgi prezidentlik saylovidan (386,7 mlrd won) 3 baravar ko'p!

👷314,000 xodim safarbar qilindi:
197,000 kishi → 14,288 ta saylov uchaskasi
117,000 kishi → 258 ta hisoblash markazi

✈️
1,700004
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

06-sen, 2026, 18:43

Photo
#koreysmaktablari

Xorijdagi koreys tili darslarini taklif etuvchi maktablar soni to'rt yil ichida 54 foizga oshdi - 🇺🇿 O'zbekiston bu davlatlar ichida eng birinchi

🔗O'tgan yil oxiriga kelib xorijdagi boshlang'ich, o'rta va yuqori maktablarda — muntazam o'quv dasturi yoki darsdan tashqari mashg'ulotlar orqali — koreys tili darslari taklif etiladigan maktablar soni 2,777 taga yetdi, bu so'nggi to'rt yil ichida 54 foizlik o'sishni anglatadi.

Mazkur raqamlar Ta'lim vazirligi tomonidan hukmron Demokratik partiya vakili Kim Mun-suga taqdim etilgan ma'lumotlardan olingan bo'lib, ular har yili Koreys ta'lim markazlari va xorijdagi diplomatik missiyalar tomonidan to'planadi.

➡️ Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, o'sish 2021-yildan beri barqaror tezlashib bormoqda. Koreys tili dasturlarini amalga oshirayotgan xorijiy maktablar soni 2021-yilda 1,806 tadan 2022-yilda 1,928 taga, 2023-yilda 2,154 taga, 2024-yilda esa 2,526 taga ko'tarildi.

🔴Koreys tili darslariga o'quvchilar soni ham o'sishda davom etmoqda. Koreys tilini o'rganuvchilar soni 2021-yildagi 170,563 nafardan 2025-yilda 236,089 nafarga yetdi — bu to'rt yil ichida 38 foizlik o'sish demakdir. Faqat 2024-2025-yillar oralig'ida o'quvchilar soni 6,1 foizga ko'paydi.

🔴 Koreys tili ta'limining geografik qamrovi ham kengaydi — bunday dasturlarni taklif etuvchi mamlakatlar soni 2021-yildagi 42 tadan o'tgan yil 47 taga yetdi. 🇺🇿 O'zbekiston o'tgan yil ichida eng yuqori o'sishni qayd etdi — 68 ta maktab qo'shildi. Shri-Lanka 43 ta yangi maktab bilan ikkinchi o'rinda turadi, Vyetnam 37 ta, Filippin 26 ta, Braziliya 24 ta va Qo'shma Shtatlar 21 ta maktab qo'shdi.

Chexiya, Italiya, Norvegiya, Gruziya, Efiopiya, Moldova va Turkmaniston kabi boshqa mamlakatlar hozircha koreys tili darslarini taklif etuvchi bittadan maktabga ega.

✈️
1,990005
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

06-sen, 2026, 18:43

Photo
#Starbucks

Starbucks Korea to'lovlari bahsli aksiya g'alayonni keltirib chiqargandan so'ng sotuvlar 26% ga tushdi

🟥Chorshanba kuni e'lon qilingan sanoat ma'lumotlariga ko'ra, Starbucks Koreyadagi to'lovlar atigi bir hafta ichida 26 foizdan ko'proqqa tushib ketdi — buning sababi 1980-yilda janubi-g'arbiy Gwangju shahrida bo'lib o'tgan demokratiya uchun qo'zg'oloniga bag'ishlangan bahsli reklama aksiyasi keng jamoatchilik noroziligini uyg'otdi.

Shinsegae kompaniyasining sho'ba korxonasi bo'lgan E-Mart tomonidan boshqariladigan Starbucks Korea o'tgan hafta May 18 Gwangju qo'zg'olonining yilligi munosabati bilan onlayn "Tank Kuni" aksiyasini ishga tushirdi. Keng jamoatchilik tanqidiga uchragan aksiya bir necha soat ichida to'xtatildi.

IGAWorks sanoat kuzatuv platformasi tomonidan boshqariladigan MobileIndex ma'lumotlariga ko'ra, Starbucks Koreaning May 18 dan yakshanbagacha bo'lgan haftalik to'lov hajmi 23,69 milliard vonga (15,81 million dollar) teng bo'ldi. Bu ko'rsatkich oldingi haftada qayd etilgan 32,16 milliard vonga nisbatan 8,47 milliard won, ya'ni 26,3 foizga kamayishni anglatadi.

Qahva kompaniyasi "Tank" termoslar to'plami uchun chegirma aksiyasini "Tak!" ovozi bilan stolga qo'y!" degan bahsli ibora bilan ishga tushirdi.
Kampaniya kuchli tanqidga uchradi, chunki "tank" so'zi harbiylarning demokratiya tarafdori namoyishchilarni zo'ravonlik bilan bostirishini eslatdi. "Tak" so'zi ham g'azab uyg'otdi — bu 1987-yilda qiynoqlar ostida hayotdan ko'z yumgan talaba faol Park Jong-cheolni eslatdi.

✈️
1,6600016
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

06-sen, 2026, 18:43

Photo
Immigrantlar mahalliy saylovlar arafasida faqat ishchi sifatida emas, balki rezident sifatida huquq talab qilmoqda

"Mehnat immigrantlari bizning kelajagimizning bir qismi bo'lishi kerak", — deydi faollar

🔴Immigrantlar huquqlari guruhlari Koreyada yashaydigan 2,8 milliondan ortiq immigrant uchun ijtimoiy huquqlar va himoyani keskin kengaytirishni siyosatchilardan talab qildi. Ular siyosatchilarni immigrantlarni rezident, qo'shni yoki — tegishli hollarda — saylovchi sifatida emas, balki faqat ishchi sifatida ko'rishda aybladi.

Ular nomzodlardan hujjatsiz ishchilar va bolalar ham jumladan barcha immigrantlarni — huquqlari himoya qilinishi kerak bo'lgan jamiyat a'zolari sifatida qabul qilish, qonuniy va institutsional kamsitishlarni bartaraf etish, mahalliy immigrant qo'llab-quvvatlash tizimlarini mustahkamlash bo'yicha aniq va'dalar berishini talab qildi.

🔴Ray xorijiy ishchilarning zavodlar, qurilish maydonchalari, logistika markazlari va fermalardan tortib — eng og'ir va xavfli ishlarda to'plangani, biroq mehnat himoyasi va davlat xizmatlaridan bahramand bo'lish masalasida ular ko'pincha ko'zga ko'rinmas bo'lib qolayotganini ta'rifladi.

Qo'shma bayonotda ular partiyalar va siyosatchilardan immigrantlar huquqlarini o'z dasturlarida aniq belgilashni, immigrantlar faqat ishchi sifatida emas, balki huquqli rezidentlar sifatida muomala qilinishini ta'minlashni, barcha ijtimoiy xizmatlardagi kamsitishlarni bartaraf etish bo'yicha batafsil rejalar taqdim etishni hamda har bir bolaga millati yoki qonuniy maqomidan qat'i nazar himoya va yordam kafolatlanishini talab qildi.

✈️
1,4700017
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

06-sen, 2026, 18:43

Photo
#won

Yaqin Sharqdagi keskinlik yumshaganiga qaramay nega Won 1,500 dan yuqori bo'lib qolmoqda

Koreya KOSPI indeksi 8,000 ball chegarasini yorib o'tib, Osiyoning eng yaxshi ko'rsatkichlaridan biriga erishgan va joriy hisob balansi rekord darajada profitsitga ega bo'lganiga qaramay, koreys voni AQSh dollariga nisbatan g'ayritabiiy darajada zaif bo'lib qolmoqda — bu vaziyat investorlar va siyosatchilarni hayratda qoldirmoqda.

🔴Odatda, kuchli eksport, o'sib borayotgan aktsiyalar narxi va mustahkam tashqi balans valyutani mustahkamlashi kerak. Biroq von kurbi pasayib bormoqda. Faqat shu yilning o'zida von-dollar kursi 19 ta savdo kunida psixologik jihatdan muhim bo'lgan 1,500 von chegarasidan yuqorida yopildi — bu jahon moliyaviy inqirozi davrida kuzatilgan darajalardan ham oshib ketdi.

Vonning ichki qiymat ko'rsatkichi ham yomonlashdi. Xalqaro hisob-kitoblar bankining ma'lumotlariga ko'ra, Koreya valyutasining real effektiv kurs indeksi — valyutaning jahon bozoridagi xarid qobiliyatini o'lchaydigan keng qo'llaniladigan ko'rsatkich — aprel oyida 85,06 ga tushib, 2009-yil martidan beri eng past darajaga yetdi.

🔴Asosiy muammo, ularning fikriga ko'ra, Koreyaga kirib kelayotgan va undan chiqib ketayotgan pul oqimlarining nisbati o'zgarib qolganida.

"Oddiy qilib aytganda, hozirda Koreyadan dollarni chiqarib ketuvchi kuchlar uni olib keluvchi kuchlardan kuchliroq", — dedi Kan. "Koreys kompaniyalari xorijdagi investitsiyalarni kengaytiryapti, eksportyorlar esa von kursining zaif bo'lib qolishini kutib, dollar daromadlarini vonga aylantirishdan tobora ko'proq qochmoqda."

✈️
1,260009
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

01-sen, 2026, 19:03

Photo1/2
#35 #uzb

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Mustaqillik — bu erkin fikr, mustahkam iroda, bunyodkorlik va porloq kelajak sari dadil qadam demakdir.

Bayram muborak bo’lsin qadrli vatandoshlar!

tg | @uzbek_students_korea
2,5400011
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

28-avg, 2026, 16:23

Photo1/4
🇺🇿 KOREYADA O‘ZBEKISTON MADANIYAT KUNLARI! 🇰🇷

O‘zbekistondan uzoqda bo‘lsangiz ham, Vatanimizning betakror san’ati, milliy kuy-qo‘shiqlari va boy madaniyatini yana bir bor his qilishni istaysizmi? ❤️

Unda bu ajoyib tadbirni albatta o‘tkazib yubormang!

🇺🇿 O‘zbekiston Madaniyat kunlari doirasida Seul shahrining eng nufuzli sahnalaridan birida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Sizni milliy musiqa, raqs, san’at va o‘zbekona muhitga boy unutilmas oqshom kutmoqda! 🎶✨

📅 Sana: 16-sentabr, 2026-yil
🕖 Vaqt: 19:00
📍 Joy: Sejong Center for the Performing Arts — Grand Theater
🏛 Manzil: 175 Sejong-daero, Jongno-gu, Seoul
🚇 Eng yaqin metro: Gwanghwamun Station, 5-liniya
🎟 KIRISH MUTLAQO BEPUL!

🎫 Chipta olish uchun:
Posterdagi QR-kodni skanerlang va ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, berilgan chiptani konsert zaliga kirishda taqdim etishingiz mumkin.

📌 16-sentabr kuni Seulda uchrashamiz!

tg | @uzbek_students_korea
2,5500012
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

20-avg, 2026, 07:32

Photo
🕌 Qurbon Hayiti Muborak Bo'lsin! 🌙

🇰🇷Koreyadagi barcha vatandoshlarimizga bu muborak bayram
qutlug' va barakali bo'lsin!

Alloh qurbonliklaringizni, duo va ibodat-u toatlaringizni
qabul qilsin. Oilangiz sog'-salomat, yurtimiz obod bo'lsin.

한국에 계신 모든 우즈베키스탄 분들께
이드 무바라크! 🤲

✈️
1,140008
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

20-avg, 2026, 07:32

Shoshilinch yordam kerak!

Bir vatandoshimiz hozirda 중앙대학교광명병원 shifoxonasida. Chaqaloq muddatidan oldin tug‘ilgan va hozir onaga zudlik bilan qon kerak bo‘lyapti.

🩸 Kerakli qon guruhi: AB- (4 manfiy)

Kim yordam bera olsa yoki qon topshira olsa, iltimos bog‘laning.

📞 Aloqa uchun: 010-2301-7709
👤 Ism: OYATULLO

Iltimos, ushbu postni tarqatib yuboring. Sizning yordamingiz juda muhim.

https://instagram.com/wayu_korea?igshid=YmMyMTA2M2Y= | https://t.me/wayu_korea | https://youtube.com/@wayu_korea | https://www.facebook.com/wayu.korea22
8140014
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

20-avg, 2026, 07:32

Photo
(고유지원금)Yoqilg'i narxi oshishi sabab davlat tomonidan beriladigan yordam puli

Chet elliklar orasida F-5, F-6 va F-2-4 viza egalari ariza qilishlari mumkin.

Oson ariza qilish yo'li: 신한(Shinhan) 하나(Hana) 우리(Woori)카드 앱 karta ilovasi orqali ariza qilish mumkin.

Ariza topshirish tug'ilgan yilning oxirgi raqamiga qarab o'sha kunga topshiriladi.
Dushanba: 1, 6 (masalan, 1981-yil va 1996-yilda tug'ilganlar)
Seshanba: 2, 7
Chorshanba: 3, 8
Payshanba: 4, 9
Juma: 5, 0

Agar tasdiqlansa, kamida 100ming won beriladi.

©️ seul_global_markazi
1,430001
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

27-iyl, 2026, 06:35

Video
📢 D-2 VISA EXTENSION (Talaba vizasi uzaytirish) —

📄Kerak bo'ladigan hujjatlar

🔴Agar siz Koreyada talaba sifatida o‘qishni davom ettirayotgan bo‘lsangiz, D-2 vizasini uzaytirish uchun quyidagi hujjatlar tayyor bo‘lishi kerak:

📑 Kerakli hujjatlar ro‘yxati:

1. ✅ Ariza formasi (visa.go.kr saytida mavjud)
2. 📸Pasport nusxasi
3. 🪪 ARC yoki ARC nusxasi
4. 🎓 O‘qishdan ma’lumotnoma (enrollment certificate) – topshirilganidan 5 kun ichida berilgan bo‘lishi kerak
5. 📄 Diplom yoki baho varaqasi (grade certificate)
6. 💵 6 million so‘m atrofida depozit yoki 10,000,000 won mablag‘li kafolat xati + sababnoma (agar GPA 2.0 dan past bo‘lsa yoki bitiruv kechiksa)
7. 👨‍🏫 Professor tavsiyanomasi (Recommendation by professor)
8. 🏠 Yashash joyi hujjatlari (ijara shartnomasi yoki Goshiwon/hostel hujjatlari)
9. 📝Ishonchnoma (Power of attorney) – agar maktab orqali topshirsangiz
10. 💰 80,000–100,000 won naqd pul

⚠️ E’tiborli jihatlar:

* Vizangiz tugashiga 3 kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, agentlik orqali uzaytirib bo‘lmaydi — bevosita immigration office’ga boring.
* Yashash manzilingiz o‘zgargan bo‘lsa, 14 kun ichida immigration’ga xabar berishingiz kerak.
* Vizani uzaytirish muddati tezlashtirilgan bo‘lsa ham, bir necha kun kutish talab qilinadi.


📌 Maslahat: Hujjatlaringizni to‘liq tayyorlang va immigration office’ga uchrashuv bilan boring. Kutmasdan borilsa, "Certificate of Alien Registration" talab qilinadi.

🔗Batafsil ma’lumot: [visa.go.kr](http://visa.go.kr)

tg | @uzbek_students_korea
2,840006
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

12-iyl, 2026, 18:48

Photo1/2
#korea

🇰🇷 Koreyada 2026-YIL 1% universitetlar ro‘yxati

Bu degani endi siz viza dan atkaz olishingiz qisqaradi. Chunki 1% universitetlar bu Koreya Adliya vazirligi (Immigration) tomonidan beriladigan maxsus Ishonch maqomi hisoblanadi va bu maqomning foydasi Viza jarayoni endi bu universitet uchun yengillashadi.

✅ Vizalar tezroq chiqadi.
✅ Immigratsiya tekshiruvi kamroq bo‘ladi. va eng asosiysi sizdan 1 oylik 16.000$ kdb bank hisobi talab qilmaydi.

Ushbu universitetlarda o'qish uchun murojaat.

✈️ @uzbek_students_korea
3,230009
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

30-iyn, 2026, 18:20

Video
#futbol

🇰🇷 Janubiy Koreya futbolida endi nima o'zgarishi kerak?

Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Janubiy Koreya terma jamoasi mamlakatga qaytdi. Ammo ularni iliq kutib olishmadi.
Bosh murabbiy Hong Myong-bo aeroportda g‘azablangan muxlislar tomonidan haqoratlar bilan kutib olindi. Bu muxlislarning nafaqat natijadan, balki jamoaning o‘yini va umumiy yo‘nalishidan ham qattiq norozi ekanini ko‘rsatdi.

Ammo bu yerda eng muhim savol shunday: muammo faqat murabbiymi?

Ko‘plab futbol ekspertlarining fikricha, yo‘q.

Hozir hissiyotlar juda kuchli. Bunday vaziyatda yangi murabbiy tayinlash eng oson yechimdek ko‘rinadi. Lekin haqiqiy o‘zgarish uchun bundan ham kattaroq islohotlar kerak.
Eng avvalo, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli aniq reja ishlab chiqilishi zarur. Koreya futbolida deyarli har bir Jahon chempionatidan keyin yangi murabbiy, yangi uslub va yangi tizim boshlanadi. Natijada davomiylik yo‘qoladi.
Mutaxassislarning aytishicha, murabbiylar va futbolchilarga juda katta bosim yuklanadi. Har bir mag‘lubiyat fojiadek qabul qilinadi. Bunday muhitda uzoq muddatli loyiha qurish qiyin.
Shu sababli Koreya futboliga yangi falsafa, yangi identitet va yagona rivojlanish strategiyasi kerak. Milliy terma jamoadan tortib yoshlar terma jamoalarigacha barchasi bir xil futbol falsafasi asosida rivojlanishi lozim.

Yana bir muhim masala — muxlislarning o‘zi. Millionlab odamlar terma jamoani faqat Jahon chempionati vaqtida kuzatadi. Aslida esa K-Leagaga ham shunday e'tibor qaratilsa, futbol infratuzilmasi, moliyaviy holati va futbolchilar rivoji ancha yaxshilanardi.

tg: @uzbek_students_korea
2,800007
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

30-iyn, 2026, 17:24

Photo1/2
🇰🇷Janubiy Koreyaga ishga yuborish uchun 17 kishidan 159,5 ming dollar olganlar fosh qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabariga koʻra, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruvlarda fuqaro D.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 2 kishini Migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreyaga ishga yuborishini aytib, ularning 15,5 ming dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. Ushbu pullarning 1,5 ming dollari qaytarilgan.

Shuningdek, tekshiruvda D.M. va boshqalar yana 17 kishini Koreyaga ketish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarini ijobiy hal qilib berish evaziga 159,5 ming dollar olgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

tg: @uzbek_students_korea
2,050004
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

30-iyn, 2026, 11:14

Photo1/8
#topik

🇰🇷 TOPIK 108 (PBT) imtihoni haqida...

📅 Imtihon sanasi:
18-oktyabr 2026-yil (yakshanba)

Imtihon darajalari:
TOPIK I – 1–2-daraja
TOPIK II – 3–6-daraja

📝Ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari:

👤 Shaxsiy kabinet yaratish:
📅1-iyul (10:00) – 5-iyul (24:00)

🇰🇷Koreys diasporasi uchun:
📅7-iyul (19:00) – 8-iyul (19:00)

🌍 Barcha talabgorlar uchun:
📅 10-iyul (19:00) – 11-iyul (19:00)

💳 To‘lov muddati:
📅 13-iyul – 24-iyul 2026-yil

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish sayti:
https://topiktashkec.uz

tg: @uzbek_students_korea
2,180004
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

29-iyn, 2026, 19:25

#VIZA #Koreya #Talaba

🎓🇰🇷 Koreyada o‘qish → Ish → PR olish yo‘li (to‘liq tushuntirish)

Koreyada ta’lim olgan xalqaro talabalarga mamlakatda qolish va doimiy yashash (PR) olish imkoniyatlari juda keng. Quyida eng muhim bosqichlar tariflanadi:

📍 1. Talaba Vizasi

* D-2 — universitet talabalari (Bachelor / Master / PhD)
* D-4 — koreys tili yoki o‘quv kurslari

Bu bosqichda asosiy vazifa: o‘qish, GPA yaxshi bo‘lishi, va TOPIKga tayyorgarlik.

📍 2. Ish Topish va Ish Vizasi (E-1 ~ E-7)

O‘qishni tugatgach:

* Ish topsangiz → E seriyali ish vizasi
* Ish izlayotganlar → D-10 Job-Seeker visa

💡 TOPIK 4 bo‘lsa, D-10 olish osonroq.

📍 3. F-2 Rezident Status

E-visa bilan tajriba to‘plaganingizdan so‘ng:

* Barqaror ish
* Yaxshi daromad
* Ball tizimi (yosh, ma’lumot, ish tajribasi, til bilish)
* KIIP (Koreya ijtimoiy integratsiya dasturi)

Shular orqali F-2 (rezident) maqomi olinadi.

📍 4. F-5 Permanent Resident (PR)

F-2 dan keyingi bosqich:

* Ish staji va barqaror daromad
* Til / integratsiya talablari
* Yaxshi xulq va huquqiy intizom

📌 PhD, IT mutaxassislari, startap asoschilari uchun tezlashtirilgan yo‘llar mavjud.

💡 Qo‘shimcha imkoniyatlar

* Startap vizasi (D-8/D-9) → investitsiya va ish o‘rinlari yaratilsa, PRga tez yo‘l
* O‘qiyotgan payt part-time ishlash mumkin (ruxsat bilan)

👨‍👩‍👧 Oila chaqirish

* F-3 — turmush o‘rtog‘i va farzandlar
* F-1 — Master's/PhD talabalari ota-onasini qisqa muddatga chaqira oladi

🇰🇷 Koreyada o‘qish va yashash bo‘yicha foydali ma’lumotlar — shu kanalda ✅

tg: @uzbek_students_korea
1,830003
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

03-may, 2026, 04:36

Photo
🌎 Mehnat migratsiyasi: O‘zbekistonliklar uchun qaysi bozor manfaatliroq?

Markaziy bankning so‘nggi hisobotida keltirilgan davlatlar bo‘yicha oylik ish haqlari reytingi (2024-2025 yillar uchun) ko‘p narsani oydinlashtiradi.

Unga ko‘ra, Shveytsariya ($3 965) ro‘yxatda yetakchi, ammo bu davlatga migratsiya qilish filtrlarining qattiqligi sababli, u hamma uchun ham ochiq bozor emas. Germaniya va Janubiy Koreya ($2 922 - $2 362) o‘zbekistonlik migrantlar uchun eng jozibador va barqaror yo‘nalishlar. Maosh darajasi yuqori va ijtimoiy himoya tizimi yaxshi rivojlangan.

Rossiya va boshqa an’anaviy bozorlar: Diagrammada ko‘rinib turibdiki, G‘arbiy Yevropa va Osiyo gigantlari taklif qilayotgan maoshlar an’anaviy yo‘nalishlardan bir necha barobar ustun. Bu esa migratsiya oqimining bosqichma-bosqich diversifikatsiya bo‘layotganini ko‘rsatadi.

Ish haqining yuqoriligi transchegaraviy pul o‘tkazmalarining ko‘payishiga va natijada mamlakat ichidagi iste’mol talabining barqaror turishiga xizmat qiladi. Biroq, malakali kadrlarning ("Brain drain") ketishi uzoq muddatli iqtisodiy risk hisoblanadi.

✈️
1,760009
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

03-may, 2026, 04:36

Photo
#gachon #eviza

Koreyada dunyoning top-600 talik universiteti endi Xalqaro talabalarga E viza asosida o’qishga imkoniyat bermoqda...

Gachon univeristeti uning rasmiy hamkori Inspired study sizga ana shunday imkoniyatni sizga taqdim etadi.

Agar siz IELTS 5.5 yoki undan baland ball bo’ladigan bo’lsa Gachon universitetida E VIZA asosida o’qishingiz mumkin bo’ladi.

E-Visa bu — Koreya immigratsiya xizmati tomonidan universitet kafilligiga ega talabalarga beriladigan elektron viza turi.

Afzalliklari:
1 oylik KDB bank hisobi talab qilinmaydi
Viza togridan togri sizga universitet tomonidan yuboriladi va siz elchixonaga hujjatingizni topshirmaysiz.

🇰🇷 Koreyada ta’lim Inspired Study bilan…

📥 Hoziroq bog'laning:
🇺🇿+998-78-777-11-33
🇰🇷+82-10-6729-5505

https://t.me/Inspired_uz https://www.instagram.com/inspired_studyuz?igsh=dmpmdXp0NmNxa21q
1,300004
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

03-may, 2026, 04:36

Photo
#Geopolitika #Korea #Japan #US

🌏 DUNYO QAYNAMOQDA: Koreya va Yaponiya "ittifoqi" — AQSH buni tashlab qo'yadimi?! 🇰🇷🤝🇯🇵

Vaziyat kundan-kunga qizimoqda! Yaponiya sobiq Bosh vaziri Shigeru Ishiba Seulda turib bayonot berdi: "AQSHning e'tibori bo'lindi, biz o'zimizni o'zimiz asrashimiz kerak!" 🛡

🇺🇸 AQSH ikkala o't orasida!
🔴AQSH Yaqin Sharqdagi urush (Eron va Isroil mojarosi) bilan shunchalik bandki, Tinch okeani mintaqasiga vaqti ham, resursi ham yetmay qolmoqda. Bu esa Shimoliy Koreya, Xitoy va Rossiya kabi "uchlik" uchun ayni muddao! 2025-yildagi harbiy paradda Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreya rahbarlarining yonma-yon turishi — G'arbiy ittifoq uchun jiddiy signal bo'ldi. Endi Koreya va Yaponiya nafaqat iqtisodiy, balki harbiy va hatto yadroviy hamkorlik masalalarini tezlashtirishi kerak!

Eng xavfli ssenariy:

🔴Ishibaning ogohlantirishicha, eng daxshatli holat — Koreya yarim oroli va Tayvanda bir vaqtning o'zida urush boshlanishi! Bunday holatda faqatgina "Osiyocha NATO" (Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Filippin ittifoqi) bizni saqlab qolishi mumkin. 🌏 Yaponiya sobiq rahbari Seulda Prezident Li Chje Myun bilan uchrashib, ikki davlat o'rtasidagi tarixiy adovatlarni chetga surib, umumiy dushmanga qarshi birlashishga chaqirdi.

©️The Korea Times

✈️
1,3800020
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

03-may, 2026, 04:36

Photo
🇰🇷 Koreya shifoxonalarida shpritslar tugamoqda?! 💉

Koreyada kutilmagan tibbiy inqiroz! AQSH va Eron o‘rtasidagi urush olovi Koreya shifoxonalarigacha yetib keldi. Vaziyat jiddiy!

📉 Nimalar bo‘lyapti?

Urush sababli neft narxi osmonga chiqib ketdi. Bu esa plastik va tibbiy qadoqlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan nafta (xomashyo) taqchilligini keltirib chiqardi. Natijada:

🟥Shpritslar va kapelnitsa (IV) idishlari bozorda kamayib ketdi!
🔴Seuldagi do‘konlarda 5 ml va 10 ml lik shpritslar allaqachon "sold out" (sotib bo‘lingan)!
🔴Plastik idishlar narxi 3 baravarga qimmatlab ketgani aytilmoqda!

🚑 Shifoxonalar xavf ostidami?
Katta gospitalarda bir necha oylik zaxira bo‘lsa-da, kichik klinikalar va dorixonalar "shok" holatida:

Kichik klinikalarda atigi 1 haftalik zaxira qolgan. ⏳
Dorixonalarda esa taqchillik tufayli mahsulot sotishga cheklovlar qo‘yilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi vahimaga tushmaslikni so‘ramoqda. "Vahima qilib, bor narsani uyga bosib olish (hoarding) — eng katta dushman!" — demoqda vazirlik. Hukumat narxni asossiz oshirgan yoki mahsulotni yashirib qo‘ygan tadbirkorlarni ayovsiz jazolashga va’da berdi (foydaning 20% igacha jarima!).

⚠️ Vaziyat qachon o‘nglanadi?
Agar urush uzoq davom etsa, tibbiy buyumlar narxi yanada oshishi va davolanish xarajatlari qimmatlashishi mumkin. Hozirda hukumat bor naftani birinchi navbatda tibbiyot uchun yo‘naltirishga harakat qilmoqda.

✈️
1,5000010
Uzbek students in Korea logo
Uzbek students in Korea

03-may, 2026, 04:36

Photo
🔥🔥🔥🔥 📢📢📢📢📢📢

📴Sizni koreys tili kursimizga taklif qilamiz!

🔔Kurs kimlar uchun mo‘ljallangan?
🏓0 dan/1A/1B/2A/3A/3Bdarajadagilarga!

🔥Qulay dars jadvali.

🔥Shaxsiy yondashuv – har bir o‘quvchi bilan individual ishlash.

🔥SINOV DARSI MAVJUD!

😍O'QITUVCHI KIM?

📍Janubiy Koreyada tahsil olgan malakali o‘qituvchi.

➡️O’qituvchining TOPIK Natijasi 🔸 https://t.me/nisa_korean

😠 +82 10 7776 0379

🏠 https://t.me/SHAKHNOZA_AYGALIYEVAAA
🏠 https://t.me/SHAKHNOZA_AYGALIYEVAAA
🏠 https://t.me/SHAKHNOZA_AYGALIYEVAAA
1,330003

Showing 30 of 43 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Uzbek students in Korea Telegram kanali nima haqida?+

Uzbek students in Korea (@uzbek_students_korea) — tgdio da Koreys dramalari (K-Drama) toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 3 238 obunachi bor.

Uzbek students in Korea (@uzbek_students_korea) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @uzbek_students_korea ga bepul obuna bo‘ling.

Uzbek students in Korea yaxshi Koreys dramalari (K-Drama) kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Uzbek students in Korea reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 3 238 obunachi bor. O‘xshash Koreys dramalari (K-Drama) kanallar bilan solishtiring.

Uzbek students in Korea statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @uzbek_students_korea sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.