1/2Bu men uchun katta ishonch va mas’uliyat. Koreyada 10+ yil yashash, universitetlarda dars berish va xalqaro biznes sohasidagi tajribamni endi hamjamiyatimiz rivoji uchun safarbar etmoqchiman.
Mas'ullar bilan asosiy ustuvor yo‘nalishlarimiz:
🔹 Shaffof boshqaruv: Aniq qoidalar, hisobdorlik va muntazam ochiq hisobotlar.
🔹 Ta’lim va mentorlik: Talabalarni qo‘llab-quvvatlash va akademik hamkorlikni rivojlantirish.
🔹 Mahalliy hamkorlik: Chunchon hokimligi, universitetlar va O‘zbekiston elchixonasi bilan aloqalarni mustahkamlash.
🔹 Raqamli ko‘nikmalar: HumbleBee AI Academy orqali yoshlarning AI va texnologiyalar bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish.
🔹 Yangi imkoniyatlar: O‘zbek madaniyati, turizm, sport va kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash.
Mening tamoyilim: avval poydevor, keyin devor.
Kuchli jamiyat ishonch, shaffoflik va hamkorlikdan boshlanadi.
Ishonch bildirgan barcha hamyurtlarimizga rahmat!
Har bir von uchun, har bir jon uchun hisob!
Birgalikda tarix yaratamiz!
#Chuncheon #ChOJ #Özbeklar #Hamkorlik














