Kongratbay Sharipov Telegram channel photo

Kongratbay Sharipov

@vazirotfivPublic Channel

O’zR Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Министр высшего образования, науки и инноваций РУз Minister of higher education, science and innovation of the Republic of Uzbekistan

164

Last views

1.5k (1,543 subscribers)
A'zolar
—
Rating
12
Total Posts
Sep 21, 2026, 3:43 AM
Yangilangan
May 20, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameKongratbay Sharipov
Username@vazirotfiv
CategoryDavlat imtihonlari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,543
Channel TypePublic Channel
Created20-may, 2026
Last Updated21-sen, 2026 • 32 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#157811+198
Til reytingi
#988+5
Toifa reytingi
#525+2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.5K30 Days growth: +60.4%
08/2208/2709/0109/0609/1109/1609/20
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
22:08:20261,537
23:08:20261,528
24:08:20261,528
25:08:20261,528
26:08:20261,528
27:08:20261,528
28:08:20261,528
29:08:20261,528
30:08:20261,528
31:08:20261,528
01:09:20261,528
02:09:20261,516
03:09:20261,516
04:09:20261,516
05:09:20261,516
06:09:20261,516
07:09:20261,516
08:09:20261,516
09:09:20261,516
10:09:20261,516
11:09:20261,514
12:09:20261,514
13:09:20261,514
14:09:20261,514
15:09:20261,514
16:09:20261,514
17:09:20261,514
18:09:20261,514
19:09:20261,514
20:09:20261,543
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 18:05:20261,785
Week of 25:05:20261,785
Week of 01:06:20261,785
Week of 08:06:20261,785
Week of 15:06:20261,785
Week of 22:06:20261,785
Week of 29:06:20261,785
Week of 06:07:20261,537
Week of 13:07:20261,537
Week of 20:07:20261,537
Week of 27:07:20261,537
Week of 03:08:20261,537
Week of 10:08:20261,537
Week of 17:08:20261,528
Week of 24:08:20261,528
Week of 31:08:20261,516
Week of 07:09:20261,514
Week of 14:09:20261,543
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 20261,785
June 20261,785
July 20261,537
August 20261,528
September 20261,543
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,543

So'nggi postlar

Kongratbay Sharipov logo
Kongratbay Sharipov

31-avg, 2026, 01:24

Photo
#Hindiston #tashrif #xalqaro_hamkorlik

Hindiston Bosh vaziri poytaxtimizdagi hindshunoslik ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshida Mahatma Gandi nomidagi hindshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat yuritadi. Davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi ushbu makazda bo‘ldi. Oliy martabali mehmonga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar hamrohlik qildi.

Tashrif davomida markazning Hindiston tarixi, falsafasi, tili va ijtimoiy-siyosiy tafakkurini o‘rganish borasidagi faoliyati tanishtirildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/212575 https://www.facebook.com/eduuzofficial https://gov.uz/ru/edu/news/view/212575
👉 https://gov.uz/en/edu/news/view/212575
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
1640013
Kongratbay Sharipov logo
Kongratbay Sharipov

31-avg, 2026, 01:24

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:

📌Ochiq ruhda kechgan muloqotlar davlatlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik, yuksak hurmat va o‘zaro ishonchning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi;

📌Hindiston bizning jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor va nufuzga ega bo‘lgan salohiyatli strategik sherigimizdir;

📌Hamkorligimiz yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tarildi;

📌Kelishuvlarimizning ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirlari darajasida alohida mexanizm yaratishga qaror qildik;

📌O‘tgan yili o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 33 foizga o‘sib, 1,3 milliard dollardan ortdi, 2030-yilga qadar ushbu raqamni 5 milliardga yetkazmoqchimiz;

📌Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini yanada jadallashtirishga kelishdik;

📌Energetika, o‘ta muhim minerallar, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, elektronika, zargarlik va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik kuchaytiriladi;

📌BMT, ShHT, Qo‘shilmaslik harakati, BRICS kabi nufuzli tuzilmalar va Global Janub doirasida bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashni bundan keyin ham davom ettiramiz;

📌O‘zbek va hind xalqlarini bir necha ming yillik tarixiy, madaniy va ma’rifiy ildizlar chambarchas bog‘lab turadi;

📌O‘zaro madaniyat haftaliklari, kinofestivallar va boshqa yirik tadbirlarni o‘tkazish bilan birga yangi qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini ham ishga tushiramiz;

📌30 kunlik vizasiz tartib joriy etilishi o‘zaro qatnovlarni yanada faollashtirishga xizmat qiladi;

📌Qabul qilingan hujjatlar, erishilgan kelishuvlar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida keng qamrovli “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.
https://x.com/Sherzod_Asadov https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
125005
Kongratbay Sharipov logo
Kongratbay Sharipov

31-avg, 2026, 01:24

Photo
Prezident tabrigidan: ta’lim va ilm-fanga oid muhim fikrlar

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

📌Kelgusi yillarda bilim va malakani mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan milliy dastur amalga oshiriladi.

📌Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi. Yoshlarga yuqori daromadli kasblarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 million nafarga yetkaziladi.

📌Yangi Toshkentda Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va O‘zbekiston milliy kutubxonasining yangi binolari ishga tushirilgani, ushbu hudud kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylanishi qayd etilgan.

📌Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmasligi maqsad qilingan.

📌Kelgusida kamida 10 ta universitetni dunyoning TOP-1000 talik reytingiga kiritish katta marra sifatida belgilandi.

📌Oliy ta’limda o‘qish uchun qulay sharoitlarning kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi.

📌Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi sifatida qayd etildi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat demakdir.

📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilanmoqda.

📌IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.

📌O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili esa raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim.

📌Dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarur.

📌Shu bois ta’limga sifat va mazmun olib kirish, muallimning obro‘-e’tiborini yuksaltirish va uning daromadini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.

📌Prezident yoshlarni “Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari” deb atab, ularni oldinga intilish va doimiy izlanishdan to‘xtamaslikka chaqirdi.

https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
3730020
Kongratbay Sharipov logo
Kongratbay Sharipov

31-avg, 2026, 01:24

Photo
Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.

Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.

Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etildi.

Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlandi.

– Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.

Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik,
– dedi davlatimiz rahbari.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
2830010
Kongratbay Sharipov logo
Kongratbay Sharipov

31-avg, 2026, 01:24

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.

Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi.

Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi.

Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi.

– Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz.

Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,
– dedi Prezidentimiz.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
2840010
Kongratbay Sharipov logo
Kongratbay Sharipov

31-avg, 2026, 01:24

Photo
#Mustaqillik35 #TalabagaQulaylik

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida 13 ta talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida oliy taʼlim tizimida yana bir muhim yangilik amalga oshirildi. 2026-yil 24-avgust kuni mamlakatimiz hududlarida yangidan barpo etilgan va kapital taʼmirdan chiqarilgan 13 ta talabalar turar joyi, jami 6 200 oʻrin, shuningdek, 4 000 oʻrinli oʻquv binolarini foydalanishga topshirish jarayoniga start berildi.

Tadbirning asosiy markazlaridan biri Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Toʻrtkoʻl fakultetida barcha zamonaviy talablarga javob beradigan yangi talabalar turar joyining tantanali ochilishi boʻldi.

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toʻrtkoʻl tumani hokimi Ilhomboy Xudaybergenov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Toʻlqin Teshaboyev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar, ularning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/209688

👉 https://gov.uz/ru/edu/news/view/209688
👉 https://gov.uz/en/edu/news/view/209688

https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz| https://t.me/eduuz
5170016
Kongratbay Sharipov logo
Kongratbay Sharipov

20-may, 2026, 05:05

Photo
O'zbekiston dunyoda eng tez o'sayotgan startap ekotizimiga ega davlat sifatida e'tirof etildi!

StartupBlink tomonidan chop etilgan Global Startup Ecosystem Index 2026 da O'zbekiston Yil davlati sifatida ham alohida e'tirof etildi: https://www.startupblink.com/

Oʻzbekistonning startap muhiti bu yil 227,3 foizga oʻsdi — bu jahon oʻrtacha koʻrsatkichidan oʻn uch baravar yuqori. Mamlakat reytingda 19 pogʻonaga koʻtarilib, 79-oʻrinni egalladi va 2022-yildagi 115-oʻrindan barqaror oʻsish orqali ilk bor kuchli 80 talikka kirdi.

Oʻsish faqat poytaxt bilan cheklanib qolmadi. Toshkent jahon reytingida 121 pogʻona yuqorilab, 229-oʻrinni egalladi va 155,7 foiz oʻsish qayd etdi. Biroq muhim jihat — jarayonning hududlarda ham faol kechayotganidir. Bu yil Oʻzbekistonning yana yettita shahri global reytingga kirdi, ulardan ikkitasi — Samarqand va Fargʻona — toʻgʻridan-toʻgʻri jahonning top-1000 shaharlari qatoriga qoʻshildi. Agar bir yil avval mamlakatdan faqat bitta shahar reytingga kirganini hisobga olsak, bu oʻsish tasodifiy emas, balki tizimli oʻzgarishlar natijasi ekanini koʻrsatadi.

Bu yurtimizda yoshlarimiz startap loyihalarini amalga oshirishi uchun yaratilayotgan sharoitlar va keng qamrovli tizimli harakatlar natijasidir!

Bizni kuzating

https://gov.uz/oz/innovation | https://instagram.com/innovation.gov.uz/ | https://facebook.com/innovation.gov.uz/ | https://www.youtube.com/@innovation.gov-uz | https://www.linkedin.com/in/innovatsion-rivojlanish-agentligi-9a6a37392/
8540017
Kongratbay Sharipov logo
Kongratbay Sharipov

20-may, 2026, 05:05

Photo
#xalqaro_hamkorlik

Oxford University Press bilan akademik hamkorlik masalalari muhokama qilindi

15-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oksford universitetining nufuzli ilmiy nashriyoti – Oxford University Press (OUP)ning Polsha, Turkiya, Boltiqboʻyi davlatlari va MDH mamlakatlari boʻyicha vakili Marsin Dembovski bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlari bilan akademik hamkorlikni kengaytirish, xalqaro ilmiy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/166197

👉 https://gov.uz/ru/edu/news/view/166197
👉 https://gov.uz/en/edu/news/view/166197

Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/ http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/otfiv_rasmiy
3250019
Kongratbay Sharipov logo
Kongratbay Sharipov

20-may, 2026, 05:05

Photo
#xalqaro_hamkorlik

Qatarning “Artan Holding” kompaniyasi bilan Yangi Toshkentda barpo etilishi rejalashtirilgan taʼlim klasteri loyihasi muhokama qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qatar Davlatining “Artan Holding” kompaniyasi asoschisi Natra Abdulla boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda, shuningdek, delegatsiya tarkibidagi “Artan Holding” bosh ijrochi direktori Nosir An-Naimiy, ijrochi direktor Neil Komerford, “City University Qatar” rektori Faris Gorashi hamda vazirlik huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Xusanov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish va zamonaviy taʼlim ekotizimlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Yangi Toshkent hududida xalqaro taʼlim klasterini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi. Britaniya xalqaro kunduzgi maktabi “DBS”, Britaniya meros internat maktabi “Glenalmond”, “Ulster” brendi asosidagi universitet hamda kasb taʼlimi akademiyasini oʻz ichiga olgan taʼlim majmuasini barpo etish loyihasi yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/166192

👉 https://gov.uz/ru/edu/news/view/166192
👉 https://gov.uz/en/edu/news/view/166192

Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/ http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/otfiv_rasmiy
2690015
Kongratbay Sharipov logo
Kongratbay Sharipov

20-may, 2026, 05:05

Photo
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

15-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʼngʼirotboy Sharipov Pokistonning nufuzli olimlari — akademik Mushtoq Ahmad hamda professor Shaziya Sultona bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqotda Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida, biotexnologiya, biologik xilma-xillik, ekologiya va bioenergetika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/166181

👉 https://gov.uz/ru/edu/news/view/166181
👉 https://gov.uz/en/edu/news/view/166181

Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/ http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/otfiv_rasmiy
2450015
Kongratbay Sharipov logo
Kongratbay Sharipov

20-may, 2026, 05:05

Photo
#yoshlar_uchrashuvi #Yoshlar_kuni

Yoshlar bilan muloqot — kelajakka ishonch va yangi gʻoyalar maydoni

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida “Rahbar va yoshlar kuni” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda universitet rektori Bahodir Mirzayev ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Muloqot davomida talabalarning startap va innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, xorijiy tillarni puxta oʻrganish, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni oʻzlashtirish, ilmiy faollikni oshirish, yoshlar bandligini taʼminlash kabi dolzarb yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/165655

👉 https://gov.uz/ru/edu/news/view/165655
👉 https://gov.uz/en/edu/news/view/165655

https://www.facebook.com/share/1YCViqyn8n/ | https://www.instagram.com/kongratbay_sharipov?igsh=MThsc2ZpdThjbHJ6OA== |
3640023

Showing 12 of 12 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Kongratbay Sharipov Telegram kanali nima haqida?+

Kongratbay Sharipov (@vazirotfiv) — tgdio da Davlat imtihonlari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 543 obunachi bor.

Kongratbay Sharipov (@vazirotfiv) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @vazirotfiv ga bepul obuna bo‘ling.

Kongratbay Sharipov yaxshi Davlat imtihonlari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Kongratbay Sharipov reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 543 obunachi bor. O‘xshash Davlat imtihonlari kanallar bilan solishtiring.

Kongratbay Sharipov statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @vazirotfiv sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.