👉 Jaholatga qarshi ma’rifat!
✅ “Jasorat maktabi” ishtirokchilari bilan yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda turli yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Uchrashuv davomida ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni, ilm olishning ahamiyati, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan boy ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni vatanparvarlik va ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🗣️ Shuningdek, ishtirokchilarga jaholat, loqaydlik va turli zararli g‘oyalarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berilib, har qanday vaziyatda mustaqil fikrlash, bilim va tafakkurga tayanish, doimo izlanishda bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.
Bizning sahifalarimiz:
📱
Instagram📱
Facebook📱Telegram