Andijon yoshlari | Yoshlar ittifoqi Telegram channel photo

Andijon yoshlari | Yoshlar ittifoqi

🇺🇿 Andijon yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. ©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi Biz bilan aloqa: 📞 +998883245511 📝 @yoshlarmurojaatian

45

Last views

671 (671 subscribers)
A'zolar
—
Rating
29
Total Posts
Oct 19, 2026, 11:14 PM
Yangilangan
Mar 19, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameAndijon yoshlari | Yoshlar ittifoqi
Username@yoshlarittifoqi_andijon
CategoryFlipkart takliflari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar671
Channel TypePublic Channel
Created19-mar, 2026
Last Updated19-okt, 2026 • 2 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#97653+370
Til reytingi
#711-3
Toifa reytingi
#2936+19

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 67130 Days growth: +142.1%
09/2009/2509/3010/0510/1010/1510/19
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
20:09:2026657
21:09:2026657
22:09:2026657
23:09:2026657
24:09:2026663
25:09:2026663
26:09:2026663
27:09:2026663
28:09:2026663
29:09:2026663
30:09:2026663
01:10:2026663
02:10:2026663
03:10:2026663
04:10:2026663
05:10:2026663
06:10:2026663
07:10:2026663
08:10:2026663
09:10:2026663
10:10:2026663
11:10:2026663
12:10:2026662
13:10:2026662
14:10:2026662
15:10:2026662
16:10:2026662
17:10:2026662
18:10:2026662
19:10:2026671
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:2026673
Week of 13:04:2026670
Week of 20:04:2026667
Week of 27:04:2026667
Week of 04:05:2026671
Week of 11:05:2026671
Week of 18:05:2026671
Week of 25:05:2026676
Week of 01:06:2026676
Week of 08:06:2026667
Week of 15:06:2026667
Week of 22:06:2026681
Week of 29:06:2026681
Week of 06:07:2026681
Week of 13:07:2026680
Week of 20:07:2026671
Week of 27:07:2026666
Week of 03:08:2026666
Week of 10:08:2026656
Week of 17:08:2026656
Week of 24:08:2026644
Week of 31:08:2026653
Week of 07:09:2026653
Week of 14:09:2026657
Week of 21:09:2026663
Week of 28:09:2026663
Week of 05:10:2026663
Week of 12:10:2026662
Week of 19:10:2026671
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 2026667
May 2026676
June 2026681
July 2026666
August 2026644
September 2026663
October 2026671
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026671

So'nggi postlar

Video
#Ochiq_Eshiklar_Kuni
#ChempionVaYoshlarUchrashuvi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi hamda Milliy gvardiya Andijon viloyat bo'yicha boshqarmasi hamkorligida talaba yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” va “Chempion vacYoshlar Uchrashuvi" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.#videorolik

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
45001
Photo
#ChempionVaYoshlar
#AndijonYoshlarIttifoqi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi Milliy gvardiya Andijon viloyat bo'yicha boshqarmasi hamkorlikda “Chempion va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

🤝 Uchrashuvda yurtimiz sharafini nufuzli musobaqalarda munosib himoya qilib kelayotgan yosh chempion o‘zining hayotiy tajribalari, sportdagi yutuqlari hamda muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari haqida samimiy suhbatlashdilar.

⏱️ Tadbir davomida sportning yoshlar hayotidagi o‘rni, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, maqsad sari qat’iy intilish va doimiy mehnatning muvaffaqiyat garovi ekani alohida ta’kidlandi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
86002
Photo
#Ochiq_Eshiklar_Kuni

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi hamda Milliy gvardiya Andijon viloyat bo'yicha boshqarmasi hamkorligida talaba yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

👉 Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Milliy gvardiya tizimidagi faoliyat, xizmat sharoitlari hamda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga harbiy qism hududi, zamonaviy texnika va jihozlar bilan yaqindan tanishdilar.

✅ Bunday uchrashuvlar yoshlarning Vatanga sadoqat, jasorat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
73002
Video
#JaholatgaQarshiMarifat!

✅ “Jasorat maktabi” ishtirokchilari bilan yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda turli yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.#videorolik

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
49001
Photo
👉 Jaholatga qarshi ma’rifat!

✅ “Jasorat maktabi” ishtirokchilari bilan yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda turli yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni, ilm olishning ahamiyati, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan boy ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni vatanparvarlik va ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣️ Shuningdek, ishtirokchilarga jaholat, loqaydlik va turli zararli g‘oyalarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berilib, har qanday vaziyatda mustaqil fikrlash, bilim va tafakkurga tayanish, doimo izlanishda bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
61001
Photo
✅ OCHIQ ESHIKLAR KUNI — YOSHLAR UCHUN MUHIM HAYOTIY SABOQ!

👉 Paxtaobod tumanida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

⏱️ Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar harbiy qismdagi mavjud shart-sharoitlar, harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyati, xizmat jarayoni hamda zamonaviy harbiy texnika va jihozlar bilan yaqindan tanishdilar.

🗣️ Muloqotlar davomida yoshlarga Vatan sarhadlarini ishonchli himoya qilish, ona yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning sharafli faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
87001
Photo
#OchiqEshiklarKuni

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi, O‘zbekiston bolalar tashkiloti Andijon viloyat bo'limi hamda Milliy gvardiya Andijon viloyati boshqarmasi hamkorlikda texnikum va maktab o'quvchi yoshlari uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi.

👉 Tadbir qatnashchilari boshqarma bo‘linmalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, zamonaviy texnik vositalar, maxsus jihozlar va xizmat jarayonlari bo‘yicha amaliy ko‘rgazmalarni tomosha qildilar.

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
87000
Photo
“JASORAT MAKTABI” — YAKUNIY KUN

✅ Andijon viloyatida yoshlarni har tomonlama chiniqtirish, ularda vatanparvarlik, jasorat, mas’uliyat va jamoaviylik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan “Jasorat maktabi” loyihasi o‘z nihoyasiga yetdi.

⏱️ Loyiha davomida ishtirokchilar turli amaliy mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda jismoniy tayyorgarlik jarayonlarida faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.

🎗️ “Jasorat maktabi” ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlar, yangi bilimlar va hayotiy tajribalar maktabiga aylandi.

🤝 Barcha ishtirokchilarni loyihaning muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabriklaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
37000
Photo
🏫 OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA YOSHLAR YETAKCHILARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

📂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan Yoshlar yetakchilarining ish faoliyati tanqidiy-tahliliy o‘rganilmoqda.

✅ Bugun O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi masullari tomonidan 𑁋 Andijon davlat universiteti hamda Andijon davlat pedagogika institutida bo‘lib, Yoshlar yetakchilari faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda yoshlar bilan ishlash tizimini o‘rgandilar.

📊 O‘rganishlar davomida mavjud holat tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
69000
Photo
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi mas’ullari tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalaridagi bir qator boshlang‘ich tashkilot yetakchilari faoliyati o‘rganildi.

⏱️ Jarayonda boshlang‘ich tashkilot yetakchilari faoliyati yoshlar bilan ishlash samaradorligi, amalga oshirilayotgan loyihalar va tashabbuslar, shuningdek, tashkilot faoliyatiga oid me’yoriy va ish yuritish hujjatlarining belgilangan tartibda yuritilishi tahlil qilindi.

👉 O‘rganishlar davomida yoshlar yetakchilariga boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish yuzasidan amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Mazkur o‘rganishlar oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada jonlantirish, yoshlar bilan tizimli ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
2000
Photo
🎗️ “JASORAT MAKTABI”DA SEMINAR

⌨️“Jasorat maktabi” ishtirokchilari uchun IT sohasi bo‘yicha mazmunli seminar tashkil etildi.

⏱️ Seminar davomida yoshlar uchun zamonaviy axborot texnologiyalari, IT sohasidagi imkoniyatlar, kasblar va istiqbolli yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

✅ Shuningdek, IT sohasini o‘rganish orqali yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish hamda kelajakda munosib faoliyat yo‘lini tanlash imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi.

👉 Bunday seminarlar yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarga qiziqishini kuchaytirish va kelajakdagi imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 “Jasorat maktabi” — bilim, intilish va kelajak sari dadil qadam!

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
68000
Photo
💼 YOSHLAR UCHUN MUHIM TAVSIYALAR

✅ Andijon garnizoni 14014-harbiy qismda tashkil etilgan “Jasorat maktabi” yig‘ini ishtirokchilari bilan “Oilaviy budjetni oqilona rejalashtirish — farovon hayot garovi hamda tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va amaliy tadbir o‘tkazildi.

📌 Tadbir davomida yoshlar uchun oilaviy budjetni to‘g‘ri shakllantirish, daromad va xarajatlarni oqilona rejalashtirish, moliyaviy mas’uliyatni oshirish hamda kelajakdagi maqsadlar uchun mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

👉 Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, biznes g‘oyani amaliyotga tatbiq etish, imkoniyatlardan samarali foydalanish va o‘zini o‘zi band qilish borasida zarur tavsiyalar berildi.

🎗️Tadbir yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va kelajakdagi mustaqil hayotga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
94000
Photo
✅ YOSHLAR UCHUN BIZNES SAYOHAT TASHKIL ETILDI

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi hamda “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Andijon filiali hamkorligida Milliy gvardiya Andijon viloyati boshqarmasining yosh harbiy xizmatchilari hamda O‘zbekiston bolalar tashkiloti Andijon viloyati bo‘limi sardorlari uchun yangi tashkil etilgan Andijon charm-poyabzal markaziga biznes sayohat tashkil etildi.

👉 Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarni tadbirkorlik va biznes faoliyatiga keng jalb etish, ularda zamonaviy kasblar va ishlab chiqarish jarayonlariga qiziqish uyg‘otish hamda kelajakdagi biznes g‘oyalarini amalga oshirishga rag‘batlantirishdan iborat.

⏱️Biznes sayohat davomida ishtirokchilarga charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, mahsulot sifatini nazorat qilish, tayyor mahsulotlarni bozorga chiqarish va savdo jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
67000
Photo
#ProkurorSabogi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi hamda Andijon harbiy prokuraturasi hamkorligida 528-Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Prokuror sabog‘i” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

⏱️ Tadbir davomida Andijon harbiy prokuraturasi vakillari tomonidan harbiy xizmatchilarning huquq va majburiyatlari, qonuniylikni ta’minlash, harbiy intizomga rioya qilish hamda turli huquqbuzarliklarning oldini olish borasida atroflicha tushunchalar berildi. Yosh harbiy xizmatchilarni har qanday vaziyatda qonun talablariga amal qilish, o‘z xizmat burchiga vijdonan yondashish va mas’uliyatni chuqur his etishga chaqirildi.

✅ Mazkur uchrashuv yosh harbiy xizmatchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini mustahkamlash hamda Vatan himoyasidek sharafli burchni sidqidildan ado etishlariga xizmat qiladigan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
97000
Photo
#QVZ

😂 “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.

🇺🇿 Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Rektor kubogi” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

👍 Ko‘rik-tanlovda institut fakultetlar aro talaba-yoshlar faol ishtirok etib, hazil-mutoyiba, sahna ko‘rinishlari hamda qiziqarli chiqishlari bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.

🤝 Bellashuvlarga institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D. G‘aniyev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi raisi Sh. Abdusamatov hamda mashhur “Og‘alar” jamoasi a’zolari hakamlik qildilar.


✅ Mazkur ko‘rik-tanlov talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dodini namoyon etish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
59000
Photo
🇺🇿🇹🇯O‘zbekiston va Tojikiston yoshlar tashkilotlari forumi

➡️Joriy yilning 26-mart kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida https://t.me/yoshlaragentligi https://t.me/yoshlarittifoqi_uz hamda Tojikiston hukumati huzuridagi yoshlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi va unda 200 nafardan ortiq yoshlar, mutaxassislar va tashkilot vakillari ishtirok etdi.
🗂Forum doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati, “Raqamli kelajak: IT, innovatsiyalar va tadbirkorlik” hamda “Ijtimoiy faollik va media hamkorlik” mavzularida sessiyalar tashkil etildi.
🗂Shuningdek, tadbir doirasida qo‘shma loyihalar bo‘yicha ikki qardosh mamlakat yoshlar tashkilotlari o‘rtasida protokol imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
📌Unga ko‘ra yoshlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, startaplar va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda media sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ https://t.me/yoshlarittifoqi_uz 2️⃣ http://instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
3️⃣ http://facebook.com/yoshlarittifoqi.uz 📺 https://www.youtube.com/@yoshlarittifoqi/
50000
Photo
🌳 Faol talaba yoshlar tomonidan Eco plogging tashkil etildi.

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tomonidan viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining bir guruh faol va tashabbuskor talabalari ishtirokida Bobur shahrida “Eco Plogging” ekologik aksiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda shahar hududida tozalikni ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

🎗️Aksiya davomida talabalar Bobur shahri bo‘ylab tarqalgan chiqindilarni yig‘ib, ularni saralab maxsus paketlarga joylashtirdilar. Tadbir nafaqat ekologiyani asrashga, balki jamoaviy hamjihatlik, faollik va mas’uliyatni oshirishga xizmat qildi.

👉 “Eco Plogging” tashabbusi orqali yoshlar o‘z vatani ravnaqi va tabiat musaffoligiga befarq emasliklarini yana bir bor namoyon etdilar.

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
132000
Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.
—
В парке "Янги Узбекистон" с участием Президента Шавката Мирзиёева началось торжественное мероприятие по случаю всенародного праздника Навруз.

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
164000
Photo
🎗️Qadrli yurtdoshlar va aziz yoshlar!!!

✅Sizlarni go‘zal diyorimizga qutlug‘ qadamlar ila kirib kelgan fasllar malikasi bahorning yangilanish va yasharish, ezgulik va mehr-muhabbat ayyomi - Navro'zi olam bilan muborakbod etamiz!

💐Bahorning tabarruk ayyomi yurtimizning har bir xonadoniga tinchlik, osoyishtalik, risq-nasiba, olam-olam sevinch va baxt olib kelsin!

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
78000
Photo
🎗️Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi jamoasi sizni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaydi!

🙏🏻Ushbu fayzli bayram barchamizga tinchlik, sog‘lik-salomatlik va baxt olib kelsin. Dilingizdagi barcha ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lsin!

👋 Ramazon – sabr, mehr-muruvvat va ezgulik ayyomi. Shu ulug‘ kunlarda qalblarimiz yaxshilik bilan to‘lsin, oilalarimiz fayz-baraka va sog‘lik bilan charog‘on bo‘lsin!

✅ Xonadonlaringizga fayz, yurtingizga tinchlik, qalbingizga esa xotirjamlik tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
103000
Video
✅ “Jasorat maktabi” - yoshlar uchun matonat va tajriba maktabi

🇺🇿 Andijon viloyatida tashkil etilgan 10 kunlik harbiy-o‘quv oromgohi — “Jasorat maktabi” loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Oromgoh davomida ishtirokchi yoshlar harbiy-intizomiy mashg‘ulotlar, jismoniy tayyorgarlik, saf va taktik harakatlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini oshirdi, balki ularning irodasi, jamoaviy ishlash qobiliyati va mas’uliyat hissini yanada oshirdi.

👉 Mazkur oromgoh yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning hayotga bo‘lgan qarashlarini kengaytirish hamda kelajakda yetuk va faol shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qildi. Ishtirokchilar uchun tashkil etilgan turli uchrashuvlar, musobaqalar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ularning qiziqishini yanada oshirib, unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
162000
Photo
✅ "Jasorat maktabi"ning ilk mavsumi yakunlandi

⏱️ 10 kun davom etgan "Jasorat maktabi" loyihasi andijonlik 100 nafar yoshning Vatanga boʻlgan mehrini, kelajakka qo'ygan maqsadlarini yanada yuksaltirdi.

🎗️ ”Yoshlar kuni” doirasida loyihaning tantanali yopilish marosimi oʻtkazildi. Andijon shahridagi harbiy qismda "Jasorat maktabi"ni oʻtagan yigitlarga loyiha davomida olgan bilimlari va orttirgan tajribalarini tasdiqlovchi maxsus sertifikat topshirilib, oʻz oilalari bagʻriga kuzatib qoʻyildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 https://www.instagram.com/andijon_yoshlar_ittifoqi_?igsh=MXh1dnhlbWtvZHB2aQ==&utm_source=qr📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61566624433655&mibextid=LQQJ4d
📱
172000

Showing 29 of 29 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Andijon yoshlari | Yoshlar ittifoqi Telegram kanali nima haqida?+

Andijon yoshlari | Yoshlar ittifoqi (@yoshlarittifoqi_andijon) — tgdio da Flipkart takliflari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 671 obunachi bor.

Andijon yoshlari | Yoshlar ittifoqi (@yoshlarittifoqi_andijon) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @yoshlarittifoqi_andijon ga bepul obuna bo‘ling.

Andijon yoshlari | Yoshlar ittifoqi yaxshi Flipkart takliflari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Andijon yoshlari | Yoshlar ittifoqi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 671 obunachi bor. O‘xshash Flipkart takliflari kanallar bilan solishtiring.

Andijon yoshlari | Yoshlar ittifoqi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @yoshlarittifoqi_andijon sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.