🚗 Ishonchnoma asosida boshqarilgan avtomobil va jarima kimga yoziladi?
https://lex.uz/uz/docs/-8107338 va unga ilova qilingan nizomga ko‘ra (2026-yil 1-apreldan kuchga kirgan tartib), ishonchnoma asosida transport vositasidan foydalanish bilan bog‘liq masalalarda muhim yangiliklar belgilandi.
📌Asosiy qoida shundan iboratki:
Agar avtomobil fuqarolik-huquqiy asosda (ishonchnoma, ijara, elektron yo‘l varaqasi va boshqalar orqali) boshqa shaxsga boshqarish uchun berilgan bo‘lsa, u holda:
👉 yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun javobgarlik transport vositasi egasida emas, balki boshqarish huquqini olgan shaxsda bo‘ladi.
📃 Nizomga ko‘ra:
— “boshqarish huquqini olgan shaxs” — ishonchnoma yoki boshqa hujjat asosida avtomobilni boshqarayotgan shaxs YIDXP yoki mobil ilova orqali javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini tasdiqlaydi;
— tasdiqlanganidan so‘ng, radar (foto/video qayd) orqali aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha jarima uning nomiga rasmiylashtiriladi.
⚙️ Mexanizmi qanday?
— Avtomobil egasi ishonchnoma berilganda, tizim orqali bu haqda vakolatli organ xabardor qilinadi. Xabardor qilish xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida (41200 so‘m) yigʻim undiriladi;
— xabarnoma tasdiqlangach, “Ma’muriy amaliyot” tizimida ma’lumotlar yangilanadi;
— shundan keyin barcha foto/video qayd etilgan jarimalar boshqaruvchi shaxsga avtomatik biriktiriladi.
⚡️Agar:
— boshqaruvchi shaxs javobgarlikni rad etsa — javobgarlik egada qoladi;
— tasdiqlasa — javobgarlik to‘liq boshqaruvchiga o‘tadi.
⚖️ Xulosa qilib ayttganda, Ishonchnoma berilgan bo‘lsa, javobgarlik avtomobil egasida emas, balki jarimalar real boshqarayotgan shaxsga yoziladi.
Bu tizim “kim boshqarsa — o‘sha javob beradi” prinsipiga asoslangan.
Bu yangilik amaliyotda ko‘p uchraydigan bahsli holatlarga aniqlik kiritadi va javobgarlikni adolatli taqsimlashga xizmat qiladi.
Savol yuborish uchun: 👉
https://t.me/Yuriskonsult_93