Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi Telegram channel photo

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Ushbu kanalda xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati hamda deputatlar faoliyati yoritilib boriladi. Murojat uchun: @AvazBeK_Ahmadjonovich @shohzamonf2

Siyosatoβ€˜zbekOΚ»zbekiston

16

Last views

2.8k (2,793 subscribers)
A'zolar
β€”
Rating
26
Total Posts
Oct 16, 2026, 6:35 PM
Yangilangan
Apr 20, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameXalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Username@boyovutkengashiyangiliklari
CategorySiyosat
Languageoβ€˜zbek
CountryOΚ»zbekiston
A'zolar2,793
Channel TypePublic Channel
Created20-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 β€’ 7 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#49450+235
Til reytingi
#433+5
Toifa reytingi
#889-3

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 2.8K30 Days growth: +1626.2%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20262,631
18:09:20262,631
19:09:20262,577
20:09:20262,577
21:09:20262,577
22:09:20262,577
23:09:20262,577
24:09:20262,577
25:09:20262,577
26:09:20262,577
27:09:20262,577
28:09:20262,577
29:09:20262,577
30:09:20262,577
01:10:20262,577
02:10:20262,577
03:10:20262,577
04:10:20262,577
05:10:20262,577
06:10:20262,577
07:10:20262,577
08:10:20262,577
09:10:20262,577
10:10:20262,577
11:10:20262,577
12:10:20262,577
13:10:20262,577
14:10:20262,577
15:10:20262,577
16:10:20262,793
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:20261,642
Week of 20:04:20261,642
Week of 27:04:20261,642
Week of 04:05:20262,989
Week of 11:05:20262,989
Week of 18:05:20262,989
Week of 25:05:20262,989
Week of 01:06:20262,989
Week of 08:06:20262,989
Week of 15:06:20262,989
Week of 22:06:20262,989
Week of 29:06:20262,989
Week of 06:07:20262,537
Week of 13:07:20262,537
Week of 20:07:20262,537
Week of 27:07:20262,537
Week of 03:08:20262,537
Week of 10:08:20262,537
Week of 17:08:20262,865
Week of 24:08:20262,865
Week of 31:08:20262,713
Week of 07:09:20262,631
Week of 14:09:20262,577
Week of 21:09:20262,577
Week of 28:09:20262,577
Week of 05:10:20262,577
Week of 12:10:20262,793
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,642
May 20262,989
June 20262,989
July 20262,537
August 20262,713
September 20262,577
October 20262,793
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20262,793

Top 10 posts

Most viewed posts from this channel

By views
  1. #1πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining haftalik ish rejasi 481
  2. #2πŸ“‘ β€œYoβ€˜l xarita” ijrosi oβ€˜rganildi414
  3. #3πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining haftalik ish rejasi 411
  4. #4🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Yoshlar bilan ochiq muloqot β€” muammo va takliflar marka411
  5. #5🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Yoshlar tarbiyasi va huquqbuzarliklarning oldini olish 408
  6. #6Murojaat joyida oβ€˜rganilib, amaliy yechim topildi405
  7. #7🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Deputatlar saylovchilar oldida axborot bermoqda402
  8. #8Deputat tashabbusi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi401
  9. #9#Sessiya_oldi #24_ta_masala 56-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgar388
  10. #10Nogironligi boβ€˜lgan fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar oβ€˜rganil387

So'nggi postlar

Photo1/2
Ichimlik suvi ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan kelishuvga erishildi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi O.Isanov β€œSirdaryo suv ta’minot” AJ Boyovut tumani boβ€˜limi rahbari bilan uchrashuv oβ€˜tkazdi.

Uchrashuvda S.Ayniy mahallasidagi β€œYuqori ovul”, β€œBinokor”, β€œTadbirkorlar”, β€œKumush”, β€œMoviy samo”, β€œPaxtakor”, β€œMuattar” hamda β€œMuzofat” koβ€˜chalarida ichimlik suvi quvurlarining yorilishi oqibatida suvning behuda oqib ketayotgani va aholiga ichimlik suvi yetkazib berishda muammolar yuzaga kelayotgani muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan aholi murojaatlarini inobatga olgan holda, muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish, suv isrofgarchiligining oldini olish hamda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida β€œSirdaryo suv ta’minot” AJ Boyovut tumani boβ€˜limi rahbari tomonidan ishchi xodimlarni mahallaga yuborish, mavjud nosozliklarni oβ€˜rganish va ularni bartaraf etish choralarini koβ€˜rish boβ€˜yicha kelishuvga erishildi.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌐Telegram🌐Instagram🌐Facebook🌐 YouTube
16000
Photo1/2
βš–οΈ QONUNLARNI Oβ€˜RGANAMIZ!

πŸ“"Nogironligi boβ€˜lgan shaxslarning huquqlari toβ€˜gβ€˜risida"
Oβ€˜zbekiston Respublikasining Qonuni 21-Anorzor saylov okrugi deputati Dilbar Rustamovaga biriktirilgan.

πŸ“… Qabul qilingan sana: 2020-yil 15-oktyabr
πŸ“… Raqami: β„– Oβ€˜RQ-641,

Qonunning maqsadi:
Nogironligi boβ€˜lgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, ularni kamsitishga yoβ€˜l qoβ€˜ymaslik hamda jamiyat hayotida teng va toβ€˜laqonli ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Asosiy jihatlari:
πŸ”˜Nogironlik belgisiga koβ€˜ra har qanday kamsitish taqiqlanadi.
πŸ”˜Ta’lim, sogβ€˜liqni saqlash, mehnat, madaniyat, sport va boshqa sohalarda teng imkoniyatlar kafolatlanadi.
πŸ”˜Davlat va tashkilotlar bino-inshootlar, transport hamda axborot xizmatlaridan foydalanish uchun qulay muhit yaratishi shart.
πŸ”˜Nogironligi boβ€˜lgan shaxslarning mehnat qilish, kasb tanlash va ishga joylashish huquqlari himoya qilinadi.
πŸ”˜Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza tizimi takomillashtirilib, ekspertiza belgilangan muddatlarda bepul oβ€˜tkazilishi nazarda tutilgan.
πŸ”˜Nogironligi boβ€˜lgan bolalarning inklyuziv ta’lim olish va rivojlanish huquqlari kafolatlanadi.

πŸ”” Muhim: Mazkur Qonun nogironligi boβ€˜lgan shaxslarning qadr-qimmati, mustaqilligi va jamiyat hayotida boshqalar bilan teng ishtirok etish huquqlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi asosiy huquqiy hujjatlardan biridir.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌐Telegram🌐Instagram🌐Facebook🌐 YouTube
8000
Photo1/2
βš–οΈ QONUNLARNI Oβ€˜RGANAMIZ!

πŸ“"Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toβ€˜gβ€˜risida"
Oβ€˜zbekiston Respublikasining Qonuni 21-Anorzor saylov okrugi deputati Dilbar Rustamovaga biriktirilgan.

πŸ“… Qabul qilingan sana: 2001-yil 11-may
πŸ“… Raqami: 215-II-son

Qonunning maqsadi: Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish, kasallikning oldini olish, uni erta aniqlash, samarali davolash hamda fuqarolarning silga qarshi tibbiy yordam olish huquqlarini ta’minlashdan iborat.

Asosiy jihatlari:
πŸ”˜Sil kasalligining oldini olish boβ€˜yicha profilaktika tadbirlari muntazam amalga oshiriladi.
πŸ”˜Fuqarolarga sil kasalligini aniqlash va davolash boβ€˜yicha davlat tibbiyot muassasalarida bepul tibbiy yordam koβ€˜rsatiladi.
πŸ”˜Chaqaloqlarni BCG vaksinasi bilan emlash hamda bolalarni belgilangan tartibda qayta emlash va tekshiruvdan oβ€˜tkazish nazarda tutilgan.
Sil kasalligini erta aniqlash maqsadida tibbiy koβ€˜riklar tashkil etiladi.
πŸ”˜Atrofdagilarga kasallikni yuqtirish xavfi mavjud boβ€˜lgan shaxslar uchun ayrim faoliyat turlariga qonunchilikda belgilangan cheklovlar qoβ€˜llanilishi mumkin.

πŸ”” Muhim: Sil kasalligini oβ€˜z vaqtida aniqlash, davolash va profilaktika choralariga rioya qilish fuqarolar salomatligini saqlash hamda kasallik tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌐Telegram🌐Instagram🌐Facebook🌐 YouTube
8000
Photo1/4
πŸ““ #Deputat_daftari

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi, deputat O.Isanov tomonidan hududlarda olib borilgan oβ€˜rganishlarda aniqlangan muammo va takliflar Deputat daftariga qayd etildi.

Jumladan,
Boyovut tumani Sadriddin Ayniy mahallasidagi β€œYuqori ovul”, β€œBinokor”, β€œTadbirkorlar”, β€œKumush”, β€œMoviy samo”, β€œPaxtakor”, β€œMuattar” hamda β€œMuzofat” koβ€˜chalarida ichimlik suvi quvurlarining yorilishi oqibatida suvning behuda oqib ketishi kuzatilayotgani deputat daftariga qayd etildi.

πŸ“©Aniqlangan muammo ijrosi yuzasidan deputat β€œSirdaryo suv ta’minot” AJ Boyovut tumani boβ€˜limi rahbari bilan uchrashishi hamda deputat soβ€˜rovi yuborilishi bildirildi.

Mazkur murojaat va uning ijrosi deputat nazoratiga olindi.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌐Telegram🌐Instagram🌐Facebook🌐 YouTube
14000
Photo1/6
#24_ta_masala

18-DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oβ€˜rganildi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati O.Jumanazarov tomonidan Muqimiy mahallasida joylashgan 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oβ€˜rganildi.

Oβ€˜rganish davomida tashkilotda hozirda 30 tonna koβ€˜mir zaxirasi mavjudligi aniqlandi. Mas’ullar tomonidan ushbu koβ€˜mir zaxirasi kuz-qish mavsumini oβ€˜tkazish uchun yetarli ekanligi bildirildi.

Shu bilan birga, tashkilotda havo purkagich uskunalari va moβ€˜rilar mavjud emasligi aniqlandi. Deputat tomonidan mazkur masalani hal etish yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi boβ€˜limi bilan bogβ€˜lanilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boβ€˜yicha tegishli ishlarni tashkil etish kelishib olindi.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌐Telegram🌐Instagram🌐Facebook🌐 YouTube
17000
Video
#Sessiya_oldi #24_ta_masala 56-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati sessiya oldi oβ€˜rganildi β€œMahalliy davlat hokimiyati toβ€˜gβ€˜risida”gi Qonunning 19ΒΉ-moddasi asosida deputatlik nazorati doirasida sessiya oldi oβ€˜rganish olib borildi. Xalq deputatlari…
388000
Photo1/20
πŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’Ž πŸ“ Ayni vaqtda, tuman deputatlari hamda kotibiyat xodimlari ishtirokida Olmazor mahallasida joylashgan 56-sonli maktabda sessiya oldi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oΚ»rganilmoqda. πŸ›œ Bizni kuzatishda davom eting, batafsil keyinroq... πŸ‘ Xalq…
27000
Photo1/2
βš–οΈ QONUNLARNI Oβ€˜RGANAMIZ!

πŸ“"Ona suti bilan oziqlantirishni qoβ€˜llab-quvvatlash hamda goβ€˜daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toβ€˜gβ€˜risida"
Oβ€˜zbekiston Respublikasining Qonuni 21-Anorzor saylov okrugi deputati Dilbar Rustamovaga biriktirilgan.

πŸ“… Qabul qilingan sana: 2019-yil 23-oktyabr
πŸ“… Raqami: β„– Oβ€˜RQ-574

Qonunning maqsadi: Ona suti bilan oziqlantirishni qoβ€˜llab-quvvatlash, goβ€˜daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlash hamda bolalar sogβ€˜ligβ€˜ini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Asosiy jihatlari:
πŸ”˜Ona suti bilan oziqlantirishni qoβ€˜llab-quvvatlash va targβ€˜ib qilish davlat siyosatining ustuvor yoβ€˜nalishlaridan biri hisoblanadi.
πŸ”˜Shifokorlar homilador ayollar va emizikli onalarga ona sutining foydasi, bolani toβ€˜gβ€˜ri ovqatlantirish hamda qoβ€˜shimcha ovqatni oβ€˜z vaqtida joriy etish boβ€˜yicha tushuntirishlar beradi.
πŸ”˜Goβ€˜daklarni hayotining dastlabki 6 oyida faqat ona suti bilan oziqlantirish, keyinchalik esa qoβ€˜shimcha ovqat bilan birga emizishni 2 yosh va undan ortiq muddat davom ettirish tavsiya etiladi.
πŸ”˜Davlat muassasalari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida emizikli onalar uchun qulay sharoitlar yaratilishi nazarda tutilgan.
πŸ”˜Ona suti oβ€˜rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish cheklanadi, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari esa sifat va xavfsizlik talablariga javob berishi hamda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.

πŸ”” Muhim: Mazkur Qonun ona suti bilan oziqlantirishni qoβ€˜llab-quvvatlash, bolalarning sogβ€˜lom oβ€˜sishi va rivojlanishini ta’minlash hamda sifatli va xavfsiz bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni kafolatlashga xizmat qiladi.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌐Telegram🌐Instagram🌐Facebook🌐 YouTube
382000
Video
πŸ’§ "YANGIOBOD" MFY HUDUDIDAGI PR-4-1-3 KANALINI REKONSTRUKSIYA QILISH LOYIHASI JOYIGA CHIQIB Oβ€˜RGANILDI. πŸ“Œ Kengash ish rejasiga muvofiq, β€œMahalliy davlat hokimiyati toβ€˜gβ€˜risida”gi Qonunning 19ΒΉ-moddasi asosida deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida…
35000
Photo
πŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’Ž πŸ“4-manzil: Ayni vaqtda viloyat va tuman deputatlari, shuningdek viloyat va tuman kotibiyati xodimlari ishtirokida tumanning Gβ€˜alaba hududidagi PR-4-1-3 kanalini rekanstruktsiya holati oβ€˜rganilmoqda. Batafisl keyinroq.... πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut…
36000
Video
#24_ta_masala Yangiobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv oβ€˜tkazildi Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati D.Kim, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Xayitboyev, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri…
32000
Photo
πŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’Ž πŸ“3-manzil: Ayni vaqtda viloyat va tuman deputatlari, shuningdek viloyat va tuman kotibiyati xodimlari ishtirokida Yangiobod mahalla yettiligi bilan uchrashuvi boΚ»lib oΚ»tmoqda. Batafisl keyinroq.... πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati…
29000
Video
πŸ’§ β€œBUNYODKOR” MFYDA SUGβ€˜ORISH TARMOGβ€˜I VA NASOS AGREGATORI HOLATI Oβ€˜RGANILDI. πŸ“Œ Kengash ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri oβ€˜tkazildi. Oβ€˜rganish davomida Xalq deputatlari Sirdaryo…
27000
Photo
πŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’ŽπŸ’Ž πŸ“2-manzil: Ayni vaqtda viloyat va tuman deputatlari, shuningdek viloyat va tuman kotibiyati xodimlari ishtirokida Bunyodkor mahallasidagi sugβ€˜orish tarmogβ€˜ini rekonstruksiya qilish va 1 dona nasos oβ€˜rnatish holati oΚ»rganilmoqda Batafisl keyinroq....…
28000
Photo
Ayollar salomatligi β€” e’tibor markazida

"Mirishkor" mahallasidagi 30-maktabda deputat Gulsara Rizayeva tashabbusi bilan ayollar oβ€˜rtasida uchraydigan onkologik kasalliklarning profilaktikasi va ularni erta aniqlash masalalariga bagβ€˜ishlangan yigβ€˜ilish oβ€˜tkazildi.

Mazkur tadbir davomida mutaxassislar tomonidan onkologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish choralari hamda erta bosqichda aniqlashning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga sogβ€˜lom turmush tarzini shakllantirish, muntazam tibbiy koβ€˜rikdan oβ€˜tish zarurligi yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi.

Yigβ€˜ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/35553 πŸ•Š Β 
πŸ“± https://www.facebook.com/share/p/1E3878V8q2/ https://www.instagram.com/p/DXn9oMhiIlh/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
369004
Photo
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining haftalik ish rejasi anonsi

πŸ“† 27-apreldan 1-maygacha kotibiyat hamda deputatlar ishtirokida hududlarda amalga oshiradigan ishlar bilan tanishing:

❀️ 27-aprel kuni – Qabul qilingan qonunlarning mazmun mohiyatini aholiga yetkazish;
πŸ“ "Sohil" MFY
πŸ‘€ Deputat: A.Odilov
πŸ‘€ Mas'ul: Kotibiyat mudiri X.Berdiyarova

❀️ 27-aprel kuni – Kengash qarorlari va deputat soβ€˜rovlari ijrosini tegishli joylarda monitoring qilish;
πŸ“ Tuman hududi
πŸ‘€ Mas'ul: Bosh mutaxassis A.Sharopov

❀️ 28-aprel kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari reja-grafik asosida 1-chorak yakunlari boβ€˜yicha oβ€˜z saylov okrugida saylovchilarga axborot berish;
πŸ“ Saylov okruglari
πŸ‘€ Deputatlar: A.Boβ€˜tayev, G.Qarshiboyeva, G.Sayitqulova, A.Amanlikov
πŸ‘€ Mas'ullar: Kengash raisi, Kotibiyat mudiri

❀️ 28-aprel kuni – Ijtimoiy muammolarni oβ€˜rganish boβ€˜yicha joylarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini oβ€˜rganish (monitoring);
πŸ“ Tuman hududi
πŸ‘€ Mas'ullar: Kengash raisi, Kotibiyat mudiri

❀️ 29-30-aprel kunlari –Boyovut tumani yoβ€˜l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish;
πŸ“ Tuman hududi
πŸ‘€ Deputatlar: A.Amanlikov, S.Kuldashov
πŸ‘€ Mas'ul: Bosh mutaxassis A.Sharopov

❀️ 29-aprel kun – Boyovut tumani β€œOβ€˜zbekiston” mahallasi yettiligi ish faoliyatini oβ€˜rganish va tahlil qilish;
πŸ“ "Oβ€˜zbekiston" MFY
πŸ‘€ Mas'ullar: Kengash raisi, kotibiyat mudir

❀️ 30-aprel kuni – Kutubxona, muzey va madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasi, aholiga koΚ»rsatilayotgan xizmat sifati;
πŸ“ Tuman hududi
πŸ‘€ Deputat: J.Allayarova
πŸ‘€ Mas'ul: Kotibiyat mudiri X.Berdiyarova

❀️ 1-may kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 24-Ziyokor saylov okrugidan saylangan deputat Allayarova Jamilaning faoliyatini β€œDeputat bilan bir kun” loyiha asosida OAVlarida yoritish;
πŸ“ Tuman hududi
πŸ‘€ Deputat: J.Allayarova
πŸ‘€ Mas'ul: Bosh mutaxassis A.Sharopov

πŸ‘ Ushbu chora-tadbirlar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash va fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/35450 πŸ•Š πŸ“± https://www.facebook.com/share/p/18f9eqan8n/ πŸ“± https://www.instagram.com/p/DXjfzmyiKxY/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
411005
Photo
Deputat tashabbusi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

Xususan, 21-Anorozor saylov okrugi deputati Dilbara Rustamova tashabbusi bilan tashkil etildi. Mazkur uchrashuv tibbiyot sohasi yoβ€˜nalishida oβ€˜tkazilib, unda fuqarolarga bepul tibbiy konsultatsiyalar hamda zarur tavsiyalar berildi. Mutaxassislar tomonidan aholining murojaatlari tinglanib, ularning salomatligini yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahatlar taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida bepul tarqatilishi belgilangan dori vositalari bemor fuqarolar xonadonlariga yetkazib berildi.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/35445 πŸ•Š πŸ“± https://www.facebook.com/share/p/1L5PkT7v4r/ πŸ“± https://www.instagram.com/p/DXjZbu_iB7l/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
401005
Photo
♻️ β€œToza hudud” faoliyati oβ€˜rganildi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Shayimova Xalnisa Yakubovna hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati Xasanova Muxtarama Urishovna tomonidan Boyovut tumanidagi β€œToza hudud” davlat unitar korxonasi faoliyati oβ€˜rganildi.

Mazkur oβ€˜rganishlar Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yilligiga moβ€˜ljallangan media-rejasida belgilangan vazifalarga muvofiq, maishiy chiqindilarni oβ€˜z vaqtida olib chiqish, chiqindi poligonlari holati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini tahlil qilish maqsadida amalga oshirildi.

Oβ€˜rganish davomida korxonada jami 34 nafar xodim faoliyat yuritayotgani, 1 ta yuk ortuvchi shtati vakant ekanligi aniqlandi. Mavjud 10 ta maxsus texnikaning 9 tasi hududlarda xizmat koβ€˜rsatishda band boβ€˜lib, 1 tasi nosoz holatga kelib, ta’mirlangan. Shuningdek, korxonaga 2 ta yangi maxsus avtomashina olib kelingan.

Aholi tomonidan shakllangan qarzdorlik 1 mlrd 600 mln 19 ming soβ€˜mni tashkil etib, unda sun’iy qarzdorlik holatlari ham mavjudligi qayd etildi. Yangi rahbar tayinlangach, korxonada ish muhitida ijobiy oβ€˜zgarishlar kuzatilayotgani, chiqindilarni oβ€˜z vaqtida olib chiqib ketish boβ€˜yicha tizimli choralar koβ€˜rilayotgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, bir qator muammolar ham aniqlandi:
β€” xodimlarga mart oyi uchun ish haqi toβ€˜lanmagan;
β€” gigiyena xonasi qurilishi yakuniga yetkazilmagan;
β€” ehtiyot qismlar ta’minotida uzilishlar mavjud;
β€” Uchturgon mahallasi hududida joylashgan chiqindi poligoni qisman oβ€˜ralgan boβ€˜lib, sanitariya-gigiyena talablariga toβ€˜liq javob bermaydi.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/35432 πŸ•Š πŸ“± https://www.facebook.com/share/p/17N7BgJedh/ πŸ“± https://www.instagram.com/p/DXjSVRoCNqQ/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
381004
Photo
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Saylovchilar bilan uchrashuv oβ€˜tkazildi

Tuman deputati A.Odilov tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Dastlab deputat tomonidan joriy yilning 1-choragi yakunlari boβ€˜yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, mavjud ehtiyoj va takliflar bevosita tinglandi. Bildirilgan murojaatlar asosida masalalarni tizimli ravishda hal etish, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli yoβ€˜nalishlar belgilab olindi.

Uchrashuvda tuman hokimligi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, hududda yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/35309 πŸ•Š πŸ“± https://www.facebook.com/share/p/18Dq4pbug2/ πŸ“± https://www.instagram.com/p/DXhFJKCiGWo/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
384006
Photo
Nogironligi boβ€˜lgan fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar oβ€˜rganildi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining 2026 yil 1-yarim yilligiga moβ€˜ljallangan media-rejasida belgilangan vazifalarga muvofiq, "Nogironligi mavjud fuqarolarga berilgan imtiyozlar va ijtimoiy xizmatlarning amalda qoΚ»llanishini oΚ»rganish" maqsadida deputat D.Rustamova tomonidan β€œAnorzor” mahallasida joylashgan 7-oilaviy poliklinikada oβ€˜rganish ishlari olib borildi.

Tadbir doirasida nogironligi boβ€˜lgan shaxslar bilan uchrashuv oβ€˜tkazilib, ular uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, jumladan, bepul tibbiy xizmatlar, dori vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy qoβ€˜llab-quvvatlash choralarining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, amaldagi imtiyozlardan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlardan toβ€˜liq foydalanish tartiblari haqida zarur tavsiyalar berildi.

Shundan soβ€˜ng, fuqarolarga bepul dori vositalari tarqatilib, ular uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koβ€˜rik tashkil etildi.

Mazkur tashabbus fuqarolar tomonidan ijobiy baholanib, deputat tomonidan amalga oshirilayotgan bunday e’tibor va gβ€˜amxoβ€˜rlik alohida e’tirof etildi.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/35308 πŸ•Š πŸ“± https://www.facebook.com/share/p/1K6uwigFV5/ πŸ“± https://www.instagram.com/p/DXhDlGpCFVq/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
387005
Photo
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining haftalik ish rejasi anonsi

πŸ“† 20-24-aprel kunlari uchun kotibiyat hamda deputatlar ishtirokida hududlarda amalga oshiradigan ishlar bilan tanishing:

❀️ 20-aprel kuni – Qabul qilingan qonunlarning mazmun mohiyatini aholiga yetkazish;
πŸ“ "Navroβ€˜z" MFY
πŸ‘€ Deputat: A.Boβ€˜tayev
πŸ‘€ Mas'ul: Kotibiyat mudiri X.Berdiyarova

❀️ 20-aprel kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasiga kiritilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiya yigβ€˜ilishlarini oβ€˜tkazish;
πŸ“ Kengash binosi
πŸ‘€ Mas'ul: Bosh mutaxassis A.Sharopov

❀️ 21-aprel kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari reja-grafik asosida 1-chorak yakunlari boβ€˜yicha oβ€˜z saylov okrugida saylovchilarga axborot berish;
πŸ“ Saylov okruglari
πŸ‘€ Deputatlar: Z.Alimov, G.Qarshiboyeva, X.Shayimova, S.Kuldashov, O.Jumanazarov, E.Erkaboyev
πŸ‘€ Mas'ullar: Kengash raisi, Kotibiyat mudiri

❀️ 21-aprel kuni – Boyovut tumani yoβ€˜l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish;
πŸ“ Tuman hududi
πŸ‘€ Deputatlar: X.Berdiyarova, E.Erkaboyev, G.Sayitqulova
πŸ‘€ Mas'ul: Bosh mutaxassis Sh.Suvankulov

❀️ 22-aprel kuni –Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasini yuqori saviyada tashkil etish va OAVlarda jonli efirda uzatish;
πŸ“ Tuman hokimligi
πŸ‘€ Mas'ullar: Kotibiyat xodimlari

❀️ 23-aprel kuni – Boyovut tumani β€œPaxtakor” mahallasi yettiligi ish faoliyatini oβ€˜rganish va tahlil qilish;
πŸ“ "Paxtakor" MFY
πŸ‘€ Mas'ul: Bosh mutaxassis A.Sharopov

❀️ 24-aprel kuni – Maishiy chiqindilarni oΚ»z vaqtida olib chiqish, chiqindi poligonlari holati va sanitariya talablari bajarilishini oΚ»rganish;
– Nogironligi mavjud fuqarolarga berilgan imtiyozlar va ijtimoiy xizmatlarning amalda qoΚ»llanishini oΚ»rganish;
πŸ“ Tuman hududi
πŸ‘€ Deputatlar: X.Shayimova, D.Rustamova
πŸ‘€ Mas'ul: Kotibiyat mudiri X.Berdiyarova

❀️ 24-aprel kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 23-Dexqonobod saylov okrugidan saylangan deputat Eldor Otaboyevning faoliyatini β€œDeputat bilan bir kun” loyiha asosida OAVlarida yoritish;
πŸ“ Tuman hududi
πŸ‘€ Deputat: E.Otaboyev
πŸ‘€ Mas'ul: Bosh mutaxassis Sh.Suvankulov

πŸ‘ Ushbu chora-tadbirlar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash va fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/33772 πŸ•Š πŸ“± https://www.facebook.com/share/p/17zVsT2Gnf/ πŸ“± https://www.instagram.com/p/DXRRNBKCK1Z/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
4810017
Photo
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Yoshlar tarbiyasi va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Xalnisa Shayimova Boyovut tuman Ichki ishlar boβ€˜limining Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boβ€˜limi, Voyaga yetmaganlar masalalari boβ€˜yicha inspektor-psixologi, kapitan Raxmatullayev Zuxriddin bilan hamkorlikda 13-maktab jamoasi ishtirokida uchrashuv oβ€˜tkazdi.

Uchrashuv davomida oβ€˜quvchilar oβ€˜rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning boβ€˜sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek ota-onalar bilan hamkorlikda farzand tarbiyasida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/33771 πŸ•Š πŸ“± https://www.facebook.com/share/p/1DesnzmND7/ πŸ“± https://www.instagram.com/p/DXRQvgfCHID/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
408005
Photo
Murojaat joyida oβ€˜rganilib, amaliy yechim topildi

β€œIjodkor” mahallasi saylovchilari tomonidan tuman deputati Alibek Amanlikovga yoβ€˜llangan murojaati joyiga chiqib oβ€˜rganildi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish choralarini koβ€˜rildi.

Murojaat mazmuniga koβ€˜ra, mahalla hududidan oβ€˜tuvchi zovur bir necha yillar davomida tozalanmaganligi, shuningdek zovur atrofidagi ayrim yer maydonlari aholi tomonidan oβ€˜zboshimchalik bilan egallab olinganligi masalalari koβ€˜tarilgan.

Oβ€˜rganishlar natijasida ushbu muammolarni hal etish yuzasidan aniq choralar belgilandi. Xususan, Melioratsiya boβ€˜limi tomonidan zarur smeta hujjatlari tayyorlanib, 1,5 km uzunlikdagi zovurni tozalash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirildi.

Mazkur ishlar hududda sanitariya holatini yaxshilash, suv oqimini tartibga solish hamda aholiga qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/33750 πŸ•Š πŸ“± https://www.facebook.com/share/p/1HrRzdSEXf/ πŸ“± https://www.instagram.com/p/DXRCxGPiAgr/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
405006
Photo
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Yoshlar bilan ochiq muloqot β€” muammo va takliflar markazda

Boyovut tumani hokimi Niyoz Xazratkulov hamda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi Obloqul Isanovlar tomonidan Sadriddin Ayniy mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvdan koβ€˜zlangan asosiy maqsad β€” yoshlarning fikr va mulohazalarini bevosita eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topishdan iborat boβ€˜ldi.

Muloqot davomida yoshlar tomonidan bandlik, ta’lim, sport, tadbirkorlikni rivojlantirish, boβ€˜sh vaqtni mazmunli tashkil etish kabi yoβ€˜nalishlarda qator muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, yoshlarni qoβ€˜llab-quvvatlash, ularning salohiyatini roβ€˜yobga chiqarish, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida koβ€˜tarilgan masalalar yuzasidan tizimli ishlar olib borilishi, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

πŸ•Š 🌍 https://kengash.gov.uz/news/33594 πŸ“± https://www.facebook.com/share/p/1FJfqTFkxz/
411008
Photo
πŸ“‘ β€œYoβ€˜l xarita” ijrosi oβ€˜rganildi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan β€œYoβ€˜l xarita” hamda uning doirasida tumanda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, ishsizlik va kambagΚ»allikni qisqartirishga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli oβ€˜rganishlar olib borilmoqda.

Xususan, mazkur β€œYoβ€˜l xarita”ning 38-bandida belgilangan β€” yangi ish oβ€˜rinlari yaratish orqali 3 291 nafar aholi bandligini ta’minlash vazifasi ijrosi yuzasidan tuman Kengashi kotibiyat mudiri, deputat Xusnara Berdiyarova hamda tuman deputati Karomat Karimovalar tomonidan tuman KambagΚ»allikni qisqartirish va bandlikka koβ€˜maklashish boβ€˜limida joyiga chiqib oβ€˜rganishlar olib borildi.

Oβ€˜rganish davomida tashkilot tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilindi. Jumladan, 2026-yil 1-chorak uchun 446 nafar fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan boβ€˜lsa, amalda 894 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilib, belgilangan reja 200,4 foizga bajarilgani qayd etildi.

Shuningdek, 2026-yil yanvar–mart oylarida norasmiy bandlikni qisqartirish va yashirin iqtisodiyotdan chiqarish borasida amalga oshirilgan ishlar ham koβ€˜rib chiqildi. Mazkur yoβ€˜nalishda reja koβ€˜rsatkichlari ortigβ€˜i bilan bajarilib, (amalda 259 nafar, rejada 520 nafar 200,8%) ijobiy natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

Oβ€˜rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar qilinib, ish samaradorligini yanada oshirish boβ€˜yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, qoβ€˜shimcha ma’lumotlarni yozma ravishda tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etish yuzasidan kelishib olindi.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/33593 πŸ•Š πŸ“± https://www.facebook.com/share/p/18m2mU3rUe/
414006
Photo
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Deputatlar saylovchilar oldida axborot bermoqda

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan saylovchilar oldida hisobot berish uchrashuvlari izchil tashkil etilmoqda.

Xususan, bugun tuman Kengashi deputati Axrorjon Ibadullayev hamda viloyat Kengashi deputati Muxtarama Xasanovalar ishtirokida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv boβ€˜lib oβ€˜tdi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar, hududlarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyat haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, saylovchilar tomonidan koβ€˜tarilgan muammolar, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur uchrashuvlar deputatlarning saylovchilar bilan ochiq muloqotini ta’minlash, mavjud muammolarni joyida oβ€˜rganish va ularni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

πŸ‘ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/33583 πŸ•Š πŸ“± https://www.facebook.com/share/p/1Fm5AF3MQY/
402005

Showing 26 of 26 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi Telegram kanali nima haqida?+

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi (@boyovutkengashiyangiliklari) β€” tgdio da Siyosat toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va soβ€˜nggi postlarni koβ€˜rib, obuna boβ€˜lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 2Β 793 obunachi bor.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi (@boyovutkengashiyangiliklari) kanaliga Telegramda qanday qoβ€˜shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, soβ€˜ng Join / Open in Telegram orqali @boyovutkengashiyangiliklari ga bepul obuna boβ€˜ling.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi yaxshi Siyosat kanalimi?+

tgdio da qoβ€˜shilishdan oldin Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 2Β 793 obunachi bor. Oβ€˜xshash Siyosat kanallar bilan solishtiring.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi statistikasi va postlarini qayerda koβ€˜raman?+

tgdio da @boyovutkengashiyangiliklari sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi oβ€˜sish grafiklarini koβ€˜rsatadi.