Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi Telegram channel photo

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Ushbu kanalda xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati hamda deputatlar faoliyati yoritilib boriladi. Murojat uchun: @AvazBeK_Ahmadjonovich @shohzamonf2

Siyosato‘zbekOʻzbekiston

16

Last views

2.8k (2,793 subscribers)
A'zolar
—
Rating
26
Total Posts
Oct 16, 2026, 6:35 PM
Yangilangan
Apr 20, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameXalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Username@boyovutkengashiyangiliklari
CategorySiyosat
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar2,793
Channel TypePublic Channel
Created20-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 7 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#49450+235
Til reytingi
#433+5
Toifa reytingi
#889-3

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 2.8K30 Days growth: +1626.2%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20262,631
18:09:20262,631
19:09:20262,577
20:09:20262,577
21:09:20262,577
22:09:20262,577
23:09:20262,577
24:09:20262,577
25:09:20262,577
26:09:20262,577
27:09:20262,577
28:09:20262,577
29:09:20262,577
30:09:20262,577
01:10:20262,577
02:10:20262,577
03:10:20262,577
04:10:20262,577
05:10:20262,577
06:10:20262,577
07:10:20262,577
08:10:20262,577
09:10:20262,577
10:10:20262,577
11:10:20262,577
12:10:20262,577
13:10:20262,577
14:10:20262,577
15:10:20262,577
16:10:20262,793
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:20261,642
Week of 20:04:20261,642
Week of 27:04:20261,642
Week of 04:05:20262,989
Week of 11:05:20262,989
Week of 18:05:20262,989
Week of 25:05:20262,989
Week of 01:06:20262,989
Week of 08:06:20262,989
Week of 15:06:20262,989
Week of 22:06:20262,989
Week of 29:06:20262,989
Week of 06:07:20262,537
Week of 13:07:20262,537
Week of 20:07:20262,537
Week of 27:07:20262,537
Week of 03:08:20262,537
Week of 10:08:20262,537
Week of 17:08:20262,865
Week of 24:08:20262,865
Week of 31:08:20262,713
Week of 07:09:20262,631
Week of 14:09:20262,577
Week of 21:09:20262,577
Week of 28:09:20262,577
Week of 05:10:20262,577
Week of 12:10:20262,793
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,642
May 20262,989
June 20262,989
July 20262,537
August 20262,713
September 20262,577
October 20262,793
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20262,793

So'nggi postlar

Photo1/2
Ichimlik suvi ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan kelishuvga erishildi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi O.Isanov “Sirdaryo suv ta’minot” AJ Boyovut tumani bo‘limi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda S.Ayniy mahallasidagi “Yuqori ovul”, “Binokor”, “Tadbirkorlar”, “Kumush”, “Moviy samo”, “Paxtakor”, “Muattar” hamda “Muzofat” ko‘chalarida ichimlik suvi quvurlarining yorilishi oqibatida suvning behuda oqib ketayotgani va aholiga ichimlik suvi yetkazib berishda muammolar yuzaga kelayotgani muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan aholi murojaatlarini inobatga olgan holda, muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish, suv isrofgarchiligining oldini olish hamda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida “Sirdaryo suv ta’minot” AJ Boyovut tumani bo‘limi rahbari tomonidan ishchi xodimlarni mahallaga yuborish, mavjud nosozliklarni o‘rganish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌐Telegram🌐Instagram🌐Facebook🌐 YouTube
16000
Photo1/2
⚖️ QONUNLARNI O‘RGANAMIZ!

📁"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 21-Anorzor saylov okrugi deputati Dilbar Rustamovaga biriktirilgan.

📅 Qabul qilingan sana: 2020-yil 15-oktyabr
📅 Raqami: № O‘RQ-641,

Qonunning maqsadi:
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, ularni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik hamda jamiyat hayotida teng va to‘laqonli ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Asosiy jihatlari:
🔘Nogironlik belgisiga ko‘ra har qanday kamsitish taqiqlanadi.
🔘Ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehnat, madaniyat, sport va boshqa sohalarda teng imkoniyatlar kafolatlanadi.
🔘Davlat va tashkilotlar bino-inshootlar, transport hamda axborot xizmatlaridan foydalanish uchun qulay muhit yaratishi shart.
🔘Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish, kasb tanlash va ishga joylashish huquqlari himoya qilinadi.
🔘Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza tizimi takomillashtirilib, ekspertiza belgilangan muddatlarda bepul o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
🔘Nogironligi bo‘lgan bolalarning inklyuziv ta’lim olish va rivojlanish huquqlari kafolatlanadi.

🔔 Muhim: Mazkur Qonun nogironligi bo‘lgan shaxslarning qadr-qimmati, mustaqilligi va jamiyat hayotida boshqalar bilan teng ishtirok etish huquqlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi asosiy huquqiy hujjatlardan biridir.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌐Telegram🌐Instagram🌐Facebook🌐 YouTube
8000
Photo1/2
⚖️ QONUNLARNI O‘RGANAMIZ!

📁"Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida"
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 21-Anorzor saylov okrugi deputati Dilbar Rustamovaga biriktirilgan.

📅 Qabul qilingan sana: 2001-yil 11-may
📅 Raqami: 215-II-son

Qonunning maqsadi: Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish, kasallikning oldini olish, uni erta aniqlash, samarali davolash hamda fuqarolarning silga qarshi tibbiy yordam olish huquqlarini ta’minlashdan iborat.

Asosiy jihatlari:
🔘Sil kasalligining oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari muntazam amalga oshiriladi.
🔘Fuqarolarga sil kasalligini aniqlash va davolash bo‘yicha davlat tibbiyot muassasalarida bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
🔘Chaqaloqlarni BCG vaksinasi bilan emlash hamda bolalarni belgilangan tartibda qayta emlash va tekshiruvdan o‘tkazish nazarda tutilgan.
Sil kasalligini erta aniqlash maqsadida tibbiy ko‘riklar tashkil etiladi.
🔘Atrofdagilarga kasallikni yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxslar uchun ayrim faoliyat turlariga qonunchilikda belgilangan cheklovlar qo‘llanilishi mumkin.

🔔 Muhim: Sil kasalligini o‘z vaqtida aniqlash, davolash va profilaktika choralariga rioya qilish fuqarolar salomatligini saqlash hamda kasallik tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌐Telegram🌐Instagram🌐Facebook🌐 YouTube
8000
Photo1/4
📓 #Deputat_daftari

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi, deputat O.Isanov tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlarda aniqlangan muammo va takliflar Deputat daftariga qayd etildi.

Jumladan,
Boyovut tumani Sadriddin Ayniy mahallasidagi “Yuqori ovul”, “Binokor”, “Tadbirkorlar”, “Kumush”, “Moviy samo”, “Paxtakor”, “Muattar” hamda “Muzofat” ko‘chalarida ichimlik suvi quvurlarining yorilishi oqibatida suvning behuda oqib ketishi kuzatilayotgani deputat daftariga qayd etildi.

📩Aniqlangan muammo ijrosi yuzasidan deputat “Sirdaryo suv ta’minot” AJ Boyovut tumani bo‘limi rahbari bilan uchrashishi hamda deputat so‘rovi yuborilishi bildirildi.

Mazkur murojaat va uning ijrosi deputat nazoratiga olindi.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌐Telegram🌐Instagram🌐Facebook🌐 YouTube
14000
Photo1/6
#24_ta_masala

18-DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati O.Jumanazarov tomonidan Muqimiy mahallasida joylashgan 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashkilotda hozirda 30 tonna ko‘mir zaxirasi mavjudligi aniqlandi. Mas’ullar tomonidan ushbu ko‘mir zaxirasi kuz-qish mavsumini o‘tkazish uchun yetarli ekanligi bildirildi.

Shu bilan birga, tashkilotda havo purkagich uskunalari va mo‘rilar mavjud emasligi aniqlandi. Deputat tomonidan mazkur masalani hal etish yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan bog‘lanilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlarni tashkil etish kelishib olindi.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌐Telegram🌐Instagram🌐Facebook🌐 YouTube
17000
Video
#Sessiya_oldi #24_ta_masala 56-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati sessiya oldi o‘rganildi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi asosida deputatlik nazorati doirasida sessiya oldi o‘rganish olib borildi. Xalq deputatlari…
388000
Photo1/20
💎💎💎💎💎💎💎 📍 Ayni vaqtda, tuman deputatlari hamda kotibiyat xodimlari ishtirokida Olmazor mahallasida joylashgan 56-sonli maktabda sessiya oldi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganilmoqda. 🛜 Bizni kuzatishda davom eting, batafsil keyinroq... 👍 Xalq…
27000
Photo1/2
⚖️ QONUNLARNI O‘RGANAMIZ!

📁"Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida"
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 21-Anorzor saylov okrugi deputati Dilbar Rustamovaga biriktirilgan.

📅 Qabul qilingan sana: 2019-yil 23-oktyabr
📅 Raqami: № O‘RQ-574

Qonunning maqsadi: Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash, go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlash hamda bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Asosiy jihatlari:
🔘Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
🔘Shifokorlar homilador ayollar va emizikli onalarga ona sutining foydasi, bolani to‘g‘ri ovqatlantirish hamda qo‘shimcha ovqatni o‘z vaqtida joriy etish bo‘yicha tushuntirishlar beradi.
🔘Go‘daklarni hayotining dastlabki 6 oyida faqat ona suti bilan oziqlantirish, keyinchalik esa qo‘shimcha ovqat bilan birga emizishni 2 yosh va undan ortiq muddat davom ettirish tavsiya etiladi.
🔘Davlat muassasalari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida emizikli onalar uchun qulay sharoitlar yaratilishi nazarda tutilgan.
🔘Ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish cheklanadi, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari esa sifat va xavfsizlik talablariga javob berishi hamda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.

🔔 Muhim: Mazkur Qonun ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash, bolalarning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishini ta’minlash hamda sifatli va xavfsiz bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni kafolatlashga xizmat qiladi.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌐Telegram🌐Instagram🌐Facebook🌐 YouTube
382000
Video
💧 "YANGIOBOD" MFY HUDUDIDAGI PR-4-1-3 KANALINI REKONSTRUKSIYA QILISH LOYIHASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI. 📌 Kengash ish rejasiga muvofiq, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi asosida deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida…
35000
Photo
💎💎💎💎💎💎💎 📍4-manzil: Ayni vaqtda viloyat va tuman deputatlari, shuningdek viloyat va tuman kotibiyati xodimlari ishtirokida tumanning G‘alaba hududidagi PR-4-1-3 kanalini rekanstruktsiya holati o‘rganilmoqda. Batafisl keyinroq.... 👍 Xalq deputatlari Boyovut…
36000
Video
#24_ta_masala Yangiobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati D.Kim, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Xayitboyev, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri…
32000
Photo
💎💎💎💎💎💎💎 📍3-manzil: Ayni vaqtda viloyat va tuman deputatlari, shuningdek viloyat va tuman kotibiyati xodimlari ishtirokida Yangiobod mahalla yettiligi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda. Batafisl keyinroq.... 👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati…
29000
Video
💧 “BUNYODKOR” MFYDA SUG‘ORISH TARMOG‘I VA NASOS AGREGATORI HOLATI O‘RGANILDI. 📌 Kengash ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. O‘rganish davomida Xalq deputatlari Sirdaryo…
27000
Photo
💎💎💎💎💎💎💎 📍2-manzil: Ayni vaqtda viloyat va tuman deputatlari, shuningdek viloyat va tuman kotibiyati xodimlari ishtirokida Bunyodkor mahallasidagi sug‘orish tarmog‘ini rekonstruksiya qilish va 1 dona nasos o‘rnatish holati oʻrganilmoqda Batafisl keyinroq....…
28000
Photo
Ayollar salomatligi — e’tibor markazida

"Mirishkor" mahallasidagi 30-maktabda deputat Gulsara Rizayeva tashabbusi bilan ayollar o‘rtasida uchraydigan onkologik kasalliklarning profilaktikasi va ularni erta aniqlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida mutaxassislar tomonidan onkologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish choralari hamda erta bosqichda aniqlashning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish zarurligi yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/35553 🕊  
📱 https://www.facebook.com/share/p/1E3878V8q2/ https://www.instagram.com/p/DXn9oMhiIlh/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
369004
Photo
🇺🇿 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining haftalik ish rejasi anonsi

📆 27-apreldan 1-maygacha kotibiyat hamda deputatlar ishtirokida hududlarda amalga oshiradigan ishlar bilan tanishing:

❤️ 27-aprel kuni – Qabul qilingan qonunlarning mazmun mohiyatini aholiga yetkazish;
📍 "Sohil" MFY
👤 Deputat: A.Odilov
👤 Mas'ul: Kotibiyat mudiri X.Berdiyarova

❤️ 27-aprel kuni – Kengash qarorlari va deputat so‘rovlari ijrosini tegishli joylarda monitoring qilish;
📍 Tuman hududi
👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis A.Sharopov

❤️ 28-aprel kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari reja-grafik asosida 1-chorak yakunlari bo‘yicha o‘z saylov okrugida saylovchilarga axborot berish;
📍 Saylov okruglari
👤 Deputatlar: A.Bo‘tayev, G.Qarshiboyeva, G.Sayitqulova, A.Amanlikov
👤 Mas'ullar: Kengash raisi, Kotibiyat mudiri

❤️ 28-aprel kuni – Ijtimoiy muammolarni o‘rganish bo‘yicha joylarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rganish (monitoring);
📍 Tuman hududi
👤 Mas'ullar: Kengash raisi, Kotibiyat mudiri

❤️ 29-30-aprel kunlari –Boyovut tumani yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish;
📍 Tuman hududi
👤 Deputatlar: A.Amanlikov, S.Kuldashov
👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis A.Sharopov

❤️ 29-aprel kun – Boyovut tumani “O‘zbekiston” mahallasi yettiligi ish faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish;
📍 "O‘zbekiston" MFY
👤 Mas'ullar: Kengash raisi, kotibiyat mudir

❤️ 30-aprel kuni – Kutubxona, muzey va madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasi, aholiga koʻrsatilayotgan xizmat sifati;
📍 Tuman hududi
👤 Deputat: J.Allayarova
👤 Mas'ul: Kotibiyat mudiri X.Berdiyarova

❤️ 1-may kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 24-Ziyokor saylov okrugidan saylangan deputat Allayarova Jamilaning faoliyatini “Deputat bilan bir kun” loyiha asosida OAVlarida yoritish;
📍 Tuman hududi
👤 Deputat: J.Allayarova
👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis A.Sharopov

👍 Ushbu chora-tadbirlar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash va fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/35450 🕊 📱 https://www.facebook.com/share/p/18f9eqan8n/ 📱 https://www.instagram.com/p/DXjfzmyiKxY/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
411005
Photo
Deputat tashabbusi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

Xususan, 21-Anorozor saylov okrugi deputati Dilbara Rustamova tashabbusi bilan tashkil etildi. Mazkur uchrashuv tibbiyot sohasi yo‘nalishida o‘tkazilib, unda fuqarolarga bepul tibbiy konsultatsiyalar hamda zarur tavsiyalar berildi. Mutaxassislar tomonidan aholining murojaatlari tinglanib, ularning salomatligini yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahatlar taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida bepul tarqatilishi belgilangan dori vositalari bemor fuqarolar xonadonlariga yetkazib berildi.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/35445 🕊 📱 https://www.facebook.com/share/p/1L5PkT7v4r/ 📱 https://www.instagram.com/p/DXjZbu_iB7l/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
401005
Photo
♻️ “Toza hudud” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Shayimova Xalnisa Yakubovna hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati Xasanova Muxtarama Urishovna tomonidan Boyovut tumanidagi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi faoliyati o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishlar Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan media-rejasida belgilangan vazifalarga muvofiq, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, chiqindi poligonlari holati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini tahlil qilish maqsadida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida korxonada jami 34 nafar xodim faoliyat yuritayotgani, 1 ta yuk ortuvchi shtati vakant ekanligi aniqlandi. Mavjud 10 ta maxsus texnikaning 9 tasi hududlarda xizmat ko‘rsatishda band bo‘lib, 1 tasi nosoz holatga kelib, ta’mirlangan. Shuningdek, korxonaga 2 ta yangi maxsus avtomashina olib kelingan.

Aholi tomonidan shakllangan qarzdorlik 1 mlrd 600 mln 19 ming so‘mni tashkil etib, unda sun’iy qarzdorlik holatlari ham mavjudligi qayd etildi. Yangi rahbar tayinlangach, korxonada ish muhitida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotgani, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, bir qator muammolar ham aniqlandi:
— xodimlarga mart oyi uchun ish haqi to‘lanmagan;
— gigiyena xonasi qurilishi yakuniga yetkazilmagan;
— ehtiyot qismlar ta’minotida uzilishlar mavjud;
— Uchturgon mahallasi hududida joylashgan chiqindi poligoni qisman o‘ralgan bo‘lib, sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq javob bermaydi.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/35432 🕊 📱 https://www.facebook.com/share/p/17N7BgJedh/ 📱 https://www.instagram.com/p/DXjSVRoCNqQ/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
381004
Photo
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tuman deputati A.Odilov tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Dastlab deputat tomonidan joriy yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, mavjud ehtiyoj va takliflar bevosita tinglandi. Bildirilgan murojaatlar asosida masalalarni tizimli ravishda hal etish, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli yo‘nalishlar belgilab olindi.

Uchrashuvda tuman hokimligi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, hududda yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/35309 🕊 📱 https://www.facebook.com/share/p/18Dq4pbug2/ 📱 https://www.instagram.com/p/DXhFJKCiGWo/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
384006
Photo
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining 2026 yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan media-rejasida belgilangan vazifalarga muvofiq, "Nogironligi mavjud fuqarolarga berilgan imtiyozlar va ijtimoiy xizmatlarning amalda qoʻllanishini oʻrganish" maqsadida deputat D.Rustamova tomonidan “Anorzor” mahallasida joylashgan 7-oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbir doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ular uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, jumladan, bepul tibbiy xizmatlar, dori vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, amaldagi imtiyozlardan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlardan to‘liq foydalanish tartiblari haqida zarur tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, fuqarolarga bepul dori vositalari tarqatilib, ular uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Mazkur tashabbus fuqarolar tomonidan ijobiy baholanib, deputat tomonidan amalga oshirilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik alohida e’tirof etildi.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/35308 🕊 📱 https://www.facebook.com/share/p/1K6uwigFV5/ 📱 https://www.instagram.com/p/DXhDlGpCFVq/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
387005
Photo
🇺🇿 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining haftalik ish rejasi anonsi

📆 20-24-aprel kunlari uchun kotibiyat hamda deputatlar ishtirokida hududlarda amalga oshiradigan ishlar bilan tanishing:

❤️ 20-aprel kuni – Qabul qilingan qonunlarning mazmun mohiyatini aholiga yetkazish;
📍 "Navro‘z" MFY
👤 Deputat: A.Bo‘tayev
👤 Mas'ul: Kotibiyat mudiri X.Berdiyarova

❤️ 20-aprel kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasiga kiritilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiya yig‘ilishlarini o‘tkazish;
📍 Kengash binosi
👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis A.Sharopov

❤️ 21-aprel kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari reja-grafik asosida 1-chorak yakunlari bo‘yicha o‘z saylov okrugida saylovchilarga axborot berish;
📍 Saylov okruglari
👤 Deputatlar: Z.Alimov, G.Qarshiboyeva, X.Shayimova, S.Kuldashov, O.Jumanazarov, E.Erkaboyev
👤 Mas'ullar: Kengash raisi, Kotibiyat mudiri

❤️ 21-aprel kuni – Boyovut tumani yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish;
📍 Tuman hududi
👤 Deputatlar: X.Berdiyarova, E.Erkaboyev, G.Sayitqulova
👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis Sh.Suvankulov

❤️ 22-aprel kuni –Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasini yuqori saviyada tashkil etish va OAVlarda jonli efirda uzatish;
📍 Tuman hokimligi
👤 Mas'ullar: Kotibiyat xodimlari

❤️ 23-aprel kuni – Boyovut tumani “Paxtakor” mahallasi yettiligi ish faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish;
📍 "Paxtakor" MFY
👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis A.Sharopov

❤️ 24-aprel kuni – Maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqish, chiqindi poligonlari holati va sanitariya talablari bajarilishini oʻrganish;
– Nogironligi mavjud fuqarolarga berilgan imtiyozlar va ijtimoiy xizmatlarning amalda qoʻllanishini oʻrganish;
📍 Tuman hududi
👤 Deputatlar: X.Shayimova, D.Rustamova
👤 Mas'ul: Kotibiyat mudiri X.Berdiyarova

❤️ 24-aprel kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 23-Dexqonobod saylov okrugidan saylangan deputat Eldor Otaboyevning faoliyatini “Deputat bilan bir kun” loyiha asosida OAVlarida yoritish;
📍 Tuman hududi
👤 Deputat: E.Otaboyev
👤 Mas'ul: Bosh mutaxassis Sh.Suvankulov

👍 Ushbu chora-tadbirlar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash va fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/33772 🕊 📱 https://www.facebook.com/share/p/17zVsT2Gnf/ 📱 https://www.instagram.com/p/DXRRNBKCK1Z/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
4810017
Photo
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Yoshlar tarbiyasi va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Xalnisa Shayimova Boyovut tuman Ichki ishlar bo‘limining Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi, Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi, kapitan Raxmatullayev Zuxriddin bilan hamkorlikda 13-maktab jamoasi ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek ota-onalar bilan hamkorlikda farzand tarbiyasida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/33771 🕊 📱 https://www.facebook.com/share/p/1DesnzmND7/ 📱 https://www.instagram.com/p/DXRQvgfCHID/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
408005
Photo
Murojaat joyida o‘rganilib, amaliy yechim topildi

“Ijodkor” mahallasi saylovchilari tomonidan tuman deputati Alibek Amanlikovga yo‘llangan murojaati joyiga chiqib o‘rganildi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rildi.

Murojaat mazmuniga ko‘ra, mahalla hududidan o‘tuvchi zovur bir necha yillar davomida tozalanmaganligi, shuningdek zovur atrofidagi ayrim yer maydonlari aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi masalalari ko‘tarilgan.

O‘rganishlar natijasida ushbu muammolarni hal etish yuzasidan aniq choralar belgilandi. Xususan, Melioratsiya bo‘limi tomonidan zarur smeta hujjatlari tayyorlanib, 1,5 km uzunlikdagi zovurni tozalash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirildi.

Mazkur ishlar hududda sanitariya holatini yaxshilash, suv oqimini tartibga solish hamda aholiga qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/33750 🕊 📱 https://www.facebook.com/share/p/1HrRzdSEXf/ 📱 https://www.instagram.com/p/DXRCxGPiAgr/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==
405006
Photo
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Yoshlar bilan ochiq muloqot — muammo va takliflar markazda

Boyovut tumani hokimi Niyoz Xazratkulov hamda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi Obloqul Isanovlar tomonidan Sadriddin Ayniy mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning fikr va mulohazalarini bevosita eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida yoshlar tomonidan bandlik, ta’lim, sport, tadbirkorlikni rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish kabi yo‘nalishlarda qator muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tizimli ishlar olib borilishi, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🕊 🌍 https://kengash.gov.uz/news/33594 📱 https://www.facebook.com/share/p/1FJfqTFkxz/
411008
Photo
📑 “Yo‘l xarita” ijrosi o‘rganildi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida tumanda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.

Xususan, mazkur “Yo‘l xarita”ning 38-bandida belgilangan — yangi ish o‘rinlari yaratish orqali 3 291 nafar aholi bandligini ta’minlash vazifasi ijrosi yuzasidan tuman Kengashi kotibiyat mudiri, deputat Xusnara Berdiyarova hamda tuman deputati Karomat Karimovalar tomonidan tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida joyiga chiqib o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganish davomida tashkilot tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilindi. Jumladan, 2026-yil 1-chorak uchun 446 nafar fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 894 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilib, belgilangan reja 200,4 foizga bajarilgani qayd etildi.

Shuningdek, 2026-yil yanvar–mart oylarida norasmiy bandlikni qisqartirish va yashirin iqtisodiyotdan chiqarish borasida amalga oshirilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishda reja ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan bajarilib, (amalda 259 nafar, rejada 520 nafar 200,8%) ijobiy natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar qilinib, ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlarni yozma ravishda tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etish yuzasidan kelishib olindi.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/33593 🕊 📱 https://www.facebook.com/share/p/18m2mU3rUe/
414006
Photo
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 Deputatlar saylovchilar oldida axborot bermoqda

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan saylovchilar oldida hisobot berish uchrashuvlari izchil tashkil etilmoqda.

Xususan, bugun tuman Kengashi deputati Axrorjon Ibadullayev hamda viloyat Kengashi deputati Muxtarama Xasanovalar ishtirokida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar, hududlarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyat haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur uchrashuvlar deputatlarning saylovchilar bilan ochiq muloqotini ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

🌍 https://kengash.gov.uz/news/33583 🕊 📱 https://www.facebook.com/share/p/1Fm5AF3MQY/
402005

Showing 26 of 26 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi Telegram kanali nima haqida?+

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi (@boyovutkengashiyangiliklari) — tgdio da Siyosat toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 2 793 obunachi bor.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi (@boyovutkengashiyangiliklari) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @boyovutkengashiyangiliklari ga bepul obuna bo‘ling.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi yaxshi Siyosat kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 2 793 obunachi bor. O‘xshash Siyosat kanallar bilan solishtiring.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @boyovutkengashiyangiliklari sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.