Ma'rifiy Targ'ibot Markazi Telegram channel photo

Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

@marifiymarkazPublic Channel

Toshkent shahar Ma'rifiy targ'ibot markazi Murojaat uchun: 71-240-24-95, 94-651-20-86

5

Last views

6k (5,994 subscribers)
A'zolar
—
Rating
33
Total Posts
Sep 20, 2026, 8:47 AM
Yangilangan
Apr 27, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameMa'rifiy Targ'ibot Markazi
Username@marifiymarkaz
CategoryDavlat imtihonlari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar5,994
Channel TypePublic Channel
Created27-apr, 2026
Last Updated20-sen, 2026 • 32 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#481464-322
Til reytingi
#2754-12
Toifa reytingi
#1681-1

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 6.0K30 Days growth: -6499.8%
08/2208/2709/0109/0609/1109/1609/20
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
22:08:20266,643
23:08:20266,643
24:08:20266,643
25:08:20266,643
26:08:20266,643
27:08:20266,643
28:08:20266,643
29:08:20266,643
30:08:20266,643
31:08:20266,643
01:09:20266,356
02:09:20266,356
03:09:20266,356
04:09:20266,356
05:09:20266,356
06:09:20266,356
07:09:20266,356
08:09:20266,356
09:09:20266,356
10:09:20266,123
11:09:20266,123
12:09:20266,123
13:09:20266,123
14:09:20266,123
15:09:20266,123
16:09:20266,123
17:09:20266,123
18:09:20266,123
19:09:20266,123
20:09:20265,994
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20263,193
Week of 27:04:20263,193
Week of 04:05:20262,570
Week of 11:05:20262,570
Week of 18:05:20262,570
Week of 25:05:20262,570
Week of 01:06:20262,570
Week of 08:06:20262,570
Week of 15:06:20262,570
Week of 22:06:20262,570
Week of 29:06:20262,570
Week of 06:07:20265,376
Week of 13:07:20265,376
Week of 20:07:20265,376
Week of 27:07:20265,376
Week of 03:08:20265,376
Week of 10:08:20265,376
Week of 17:08:20266,643
Week of 24:08:20266,643
Week of 31:08:20266,356
Week of 07:09:20266,123
Week of 14:09:20265,994
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20263,193
May 20262,570
June 20262,570
July 20265,376
August 20266,643
September 20265,994
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20265,994

So'nggi postlar

Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

21-okt, 2026, 05:50

Photo1/2
#Xayrli_tong

🍁Assalomu alaykum! Chorshanba tongi hamda O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun muborak bo‘lsin!

🍁Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin!

🍁Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!

🍁Baxt va omad hamisha hamrohingiz bo'lsin!

✅TELEGRAM 🌐INSTAGRAM
5000
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

20-okt, 2026, 20:33

Photo1/12
#Tadbir

Eng ulug‘ g‘oyamiz:  “Jaholatga qarshi — ma’rifat" hamda "Jadidlarning ma’naviy merosi: Ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida"
shuningdek, O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Toshkent shahar markaziy davlat arxivi xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi M.Xidirov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbirda farzandlarimizning axborot xavfsizligini ta’minlash, ularni internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan zararli hamda salbiy axborotlardan asrash, media savodxonligini oshirish va internetdan oqilona hamda xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, jadidlarning ilm-ma’rifat, ta’lim va taraqqiyot yo‘lidagi ilg‘or g‘oyalari haqida ma’rifiy suhbat o‘tkazildi. Unda jadidlar merosining bugungi avlod uchun ahamiyati hamda ularning ma’rifatparvarlik qarashlarini keng targ‘ib etish masalalari yoritildi. Tadbir yakunida yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlash, internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan zararli axborotlardan ogoh bo'lish kerakligi ta'kidlandi.
Tadbir davomida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz va tariximizdagi beqiyos o‘rni haqida ham fikr almashildi. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani xalqimiz hayotidagi muhim tarixiy voqea ekani ta’kidlandi.

✅TELEGRAM🌐INSTAGRAM
48004
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

20-okt, 2026, 09:35

Photo1/2
#HIKMAT

Har narsa o‘z vaqtini kutadi.
Na gul vaqtidan oldin ochiladi,
na quyosh vaqtidan oldin chiqadi.
Kutgin! Seniki bo‘lgan narsa, albatta, senga keladi.

✍️Mavlono Rumiy

✅TELEGRAM 🌐INSTAGRAM
95001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

20-okt, 2026, 05:50

Video
#Xayrli_tong

🍁Assalomu alaykum! Seshanba tongi muborak bo‘lsin!

🍁Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin!

🍁Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!

🍁Baxt va omad hamisha hamrohingiz bo'lsin!

✅TELEGRAM 🌐INSTAGRAM
155001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

19-okt, 2026, 21:14

Photo1/20
Targ‘ibot uchrashuvlari davom etmoqda

🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📰 Tadbirda Universitet rektori maslahatchisi Jahongir Jabborov, birinchi prorektor Tunis Xojiyev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Ra’no Rustamova, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Olmazor tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi O‘ktam Boltayev, Toshkent shahar “Ma’rifiy targ‘ibot markazi” bosh mutaxassisi Mirzoniyoz domla Rajabiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyati, bag‘rikenglik va tinchlikparvarlik tamoyillari haqida fikr yuritildi. Shuningdek, diniy savodxonlikni oshirish, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatiga rioya etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

#DavraSuhbati #JaholatgaQarshi #Marifat

📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin 🕊Telegram
78001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

03-sen, 2026, 22:37

Video
#Tadbir_video

Eng ulug‘ g‘oyamiz:  “Jaholatga qarshi — ma’rifat" hamda "Jadidlarning ma’naviy merosi: Ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida"

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Mirobod tuman hokimligi hamda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Mirobod tumani "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi M.Xidirov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

✅ https://www.instagram.com/marifiy_targibot_uz🌐 https://www.instagram.com/marifiy_targibot_uz
43004
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

03-sen, 2026, 22:37

Photo
#Tadbir

Eng ulug‘ g‘oyamiz:  “Jaholatga qarshi — ma’rifat"

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Mirobod tuman hokimligi hamda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Mirobod tumanida joylashgan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi M.Xidirov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida jamiyatga zid bo‘lgan yot g‘oyalardan asrash, turli radikal oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, farzandlarimizning axborot xavfsizligini ta’minlash, ularni internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan zararli hamda salbiy axborotlardan asrash, media savodxonligini oshirish va internetdan oqilona hamda xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

✅ https://www.instagram.com/marifiy_targibot_uz 🌐 https://www.instagram.com/marifiy_targibot_uz
49003
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

03-sen, 2026, 22:37

Photo
#Tadbir

Eng ulug‘ g‘oyamiz:  “Jaholatga qarshi — ma’rifat" hamda "Jadidlarning ma’naviy merosi: Ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida"

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Mirobod tuman hokimligi hamda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Mirobod tumani "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi M.Xidirov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbirda yoshlar ongini turli zararli ta'sirlardan asrash, ularda mustaqil fikrlash, sog‘lom dunyoqarash va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash masalalari keng yoritildi. Ekstremistik va radikal g‘oyalarning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushunchalar berilib, bunday tahdidlarga nisbatan doimo hushyor va ogoh bo‘lish zarurligi alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, ota-onalarning farzandlar internetdagi faoliyatiga befarq bo‘lmasligi, ularni foydali va ishonchli axborot manbalaridan foydalanishga yo‘naltirish, raqamli makonda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda media madaniyatini yuksaltirish bugungi tarbiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

✅ https://www.instagram.com/marifiy_targibot_uz🌐 https://www.instagram.com/marifiy_targibot_uz
94005
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

03-sen, 2026, 22:37

Photo
#HIKMAT

Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o’rnini egallab boradigan avlodlar zinadan zinagagina ko’tariladilar, xolos. Jamlangan tajribani har bir avlod o’zidan keyin kelayotgan, o’zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga yetkazib beradi.

✍️Abu Rayhon Beruniy

✅🌐 https://www.instagram.com/marifiy_targibot_uz
81003
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

03-sen, 2026, 22:37

Video
🇺🇿🇺🇿Islom Karimovning bolalik va o‘smirlik yillari haqida film

Bugun, 2 sentyabr O‘zbekiston respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimovning vafot etgan kuni.

Islom Karimov 1938 yilning 30 yanvar kuni Samarqandda tavallud topgan, 2016 yilning 2 sentyabr kuni Toshkentda vafot etgan.

✅🌐 https://www.instagram.com/marifiy_targibot_uz
90004
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

01-sen, 2026, 14:38

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini shunday tilaklar bilan yakunladi:

– Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!

Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!

Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!

Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan yana bir bor tabriklayman.

Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!

Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!

Yashasin O‘zbekiston xalqi!
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
56001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

01-sen, 2026, 14:38

Photo
Davlatimiz rahbari xalqimizga bir fikrni ishonch bilan aytmoqchi ekanini ta’kidladi.

– Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz!

O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.

Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘qligi ta’kidlandi.

Yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot hamda buyuk kelajagimizni birgalikda barpo etishga da’vat qilindi.

Prezidentimiz matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetishiga ishonch bildirdi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
41001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

01-sen, 2026, 14:38

Photo
– O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘p qirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz,
– dedi davlatimiz rahbari.

Iqtisodiy diplomatiya tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Mamlakatimiz 2027-2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga ilk marotaba raislik qiladi.

Dunyodagi 120 dan ortiq davlatni birlashtirgan ushbu global tuzilma samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar faol ilgari suriladi.

Yon qo‘shnimiz Afg‘oniston bo‘yicha konstruktiv siyosat qat’iy davom ettiriladi.

Prezidentimiz tantanada ishtirok etgan diplomatik korpus vakillari, xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda AQSh, Turkiya va Singapurdan kelgan yuqori martabali mehmonlarga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
42001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

01-sen, 2026, 14:38

Photo
Yettinchi milliy dastur O‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori, bag‘rikeng o‘lka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirishga qaratiladi.

Yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya a’zolari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashayotgani qayd etildi.

– Bugungi notinch zamonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik xalqimizning oltin fondi, bebaho boyligidir,
– dedi Prezidentimiz.

O‘zbekistonning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar siyosati uzoq muddatli taraqqiyotimizni ta’minlashga qaratilgan.

Markaziy Osiyoda ahil qo‘shnichilik, strategik sheriklik va do‘stlik aloqalarini kengaytirishda tarixiy yutuqlarga erishildi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Amerika, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va arab-musulmon dunyosi davlatlari bilan munosabatlar yanada mustahkamlandi.

Sharqiy Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari ochildi. O‘zbekiston bilan diplomatik munosabat o‘rnatgan davlatlarning soni qariyb 170 taga yetdi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
32001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

01-sen, 2026, 14:38

Photo
Prezidentimiz odamlarning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi va tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘lishini ta’kidladi.

Oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.

– Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi,
– dedi davlatimiz rahbari.

Tuman budjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi.

Fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi eng asosiy mezon sifatida belgilanadi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
40001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

01-sen, 2026, 14:38

Photo
– Adolat qaror topgan joyda iqtisodiy o‘sish ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.

Beshinchi milliy dastur sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini umumiy qadriyatga aylantirishga qaratilgan.

Huquqiy tarbiya maktabdan boshlab aniq tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar qat’iy davom ettiriladi.

Kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish choralari yanada kuchaytiriladi.

Yashirin iqtisodiyot, uyushgan jinoyatchilik, ayollar va bolalar huquqini kamsitishga qarshi kurash yangi bosqichga ko‘tariladi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
29001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

01-sen, 2026, 14:38

Photo
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib borayotgani qayd etildi.

To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.

Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.

– Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,
– dedi Prezidentimiz.

Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi.

Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
30001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

01-sen, 2026, 14:38

Photo
– Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish,
– dedi davlatimiz rahbari.

Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi.

Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’ati saqlangan holda, 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi. Sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi.

Yoshlar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi.

Kichik biznesning o‘rta biznesga, o‘rta korxonalarning yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizim yo‘lga qo‘yiladi.

– Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi,
– dedi Prezidentimiz.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
29001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

01-sen, 2026, 14:38

Photo
Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlari kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi.

Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi.

Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi olib kelinadi.

Yurtimiz zamonaviy tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiyalar va tibbiy ta’lim taraqqiy etgan maskanga aylantiriladi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
27001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

01-sen, 2026, 14:38

Photo
Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.

Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi.

Ularda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 millionga yetkaziladi.

– Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi,
– dedi Prezidentimiz.

Kelgusida kamida 10 ta universitetni TOP mingtalikka kiritish katta marra sifatida belgilandi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
32001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

27-apr, 2026, 02:20

Photo
Botir Zokirov haqida siz bilgan va bilmagan haqiqatlar

26-aprel – O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning tug‘ilgan kuni (1936).

Sanʼat saroyida Oʻzbekiston madaniyat arboblarining xorij jurnalistlari bilan uchrashuvi boʻldi. Madaniyat vaziri “Oʻzbekiston madaniyati qirq yil ichida” mavzuida, ensa qotirarli “afsonaviy yutuqlar”ning zerikarli hisobotini oʻqidi. Maʼruza yarmiga yetmay, deyarli barcha jurnalistlar zalni namoyishkorona tark etishdi. Gʻoyat kulgili va alamli manzara.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/774

Rasmiy sahifalarimiz👇

https://t.me/oyinauz | https://www.facebook.com/oyinauzb/ | https://www.youtube.com/channel/UC-ldIOmQ6zSalis9azXTOWA https://x.com/oyinauz?s=21&t=7bF5JuXOxTxKuFObVtJnww
63001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

27-apr, 2026, 02:20

Photo
#ULUG'LAR YODI

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf (1954–2001) o‘zining sodda, samimiy va xalqchil she’rlari bilan millionlab qalblardan joy olgan adibdir. 

Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprel kuni Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga kelgan.

🎓Ta’limi: Toshkentdagi Respublika rus tili va adabiyoti institutini (hozirgi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti) tamomlagan.

📖Faoliyati: O‘zbekiston kitobxonlar jamiyatida muharrir sifatida ishlaydi (1978—1980). Soʻngra “Toshkent oqshomi” gazetada muxbiri (1980—1986), Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida musahhih (1986—1995), “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida muxbir, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh muharrir o‘rinbosari, “Tafakkur” jurnalida boʻlim mudiri (1995—1997), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan (1997—2001).

🏅Mukofotlari: O‘zbekiston xalq shoiri unvoni va "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan.

✅🌐 https://www.instagram.com/marifiy_targibot_uz
83001
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi logo
Ma'rifiy Targ'ibot Markazi

27-apr, 2026, 02:20

Photo
#Tadbir

Eng ulug‘ g‘oyamiz:  “Jaholatga qarshi — ma’rifat"

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Chilonzor tuman hokimligi hamda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Chilonzor tumanida joylashgan 2-sonli texnikumi faollar zalida texnikum o'quvchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi M.Xidirov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida jamiyatga zid bo‘lgan yot g‘oyalardan asrash, turli radikal oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlash, internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan zararli axborotlardan ogoh bo'lish kerakligi ta'kidlandi.

✅ https://www.instagram.com/marifiy_targibot_uz 🌐 https://www.instagram.com/marifiy_targibot_uz
90004

Showing 30 of 33 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Ma'rifiy Targ'ibot Markazi Telegram kanali nima haqida?+

Ma'rifiy Targ'ibot Markazi (@marifiymarkaz) — tgdio da Davlat imtihonlari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 5 994 obunachi bor.

Ma'rifiy Targ'ibot Markazi (@marifiymarkaz) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @marifiymarkaz ga bepul obuna bo‘ling.

Ma'rifiy Targ'ibot Markazi yaxshi Davlat imtihonlari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Ma'rifiy Targ'ibot Markazi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 5 994 obunachi bor. O‘xshash Davlat imtihonlari kanallar bilan solishtiring.

Ma'rifiy Targ'ibot Markazi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @marifiymarkaz sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.