#Tadbir
Eng ulug‘ g‘oyamiz: “Jaholatga qarshi — ma’rifat" hamda "Jadidlarning ma’naviy merosi: Ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida"
shuningdek, O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Toshkent shahar markaziy davlat arxivi xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi M.Xidirov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbirda farzandlarimizning axborot xavfsizligini ta’minlash, ularni internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan zararli hamda salbiy axborotlardan asrash, media savodxonligini oshirish va internetdan oqilona hamda xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, jadidlarning ilm-ma’rifat, ta’lim va taraqqiyot yo‘lidagi ilg‘or g‘oyalari haqida ma’rifiy suhbat o‘tkazildi. Unda jadidlar merosining bugungi avlod uchun ahamiyati hamda ularning ma’rifatparvarlik qarashlarini keng targ‘ib etish masalalari yoritildi. Tadbir yakunida yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlash, internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan zararli axborotlardan ogoh bo'lish kerakligi ta'kidlandi.
Tadbir davomida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz va tariximizdagi beqiyos o‘rni haqida ham fikr almashildi. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani xalqimiz hayotidagi muhim tarixiy voqea ekani ta’kidlandi.
✅
TELEGRAM🌐
INSTAGRAM