Marg'ilon shahar hokimligi Telegram channel photo

Marg'ilon shahar hokimligi

@mshhmxxPublic Channel

Марғилон шаҳар ҳокимлиги расмий канали Раcмий веб сайт: 👉 https://gov.uz/margilan facebook: 👉 https://www.facebook.com/Марғилон-шаҳар-ҳокимлиги-Ахборот-хизмати-123306442401187/ Мурожаат гуруҳи: 👉 https://t.me/margilonmurojaat

288

Last views

10.7k (10,696 subscribers)
A'zolar
—
Rating
70
Total Posts
Oct 20, 2026, 2:00 AM
Yangilangan
Mar 24, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameMarg'ilon shahar hokimligi
Username@mshhmxx
CategoryDavlat imtihonlari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar10,696
Channel TypePublic Channel
Created24-mar, 2026
Last Updated20-okt, 2026 • 3 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#146457+198
Til reytingi
#943+4
Toifa reytingi
#476+3

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 10.7K30 Days growth: +610.6%
09/2009/2509/3010/0510/1010/1510/19
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
20:09:202610,635
21:09:202610,635
22:09:202610,635
23:09:202610,635
24:09:202610,635
25:09:202610,635
26:09:202610,635
27:09:202610,635
28:09:202610,635
29:09:202610,635
30:09:202610,635
01:10:202610,635
02:10:202610,635
03:10:202610,635
04:10:202610,635
05:10:202610,635
06:10:202610,635
07:10:202610,635
08:10:202610,635
09:10:202610,635
10:10:202610,635
11:10:202610,635
12:10:202611,194
13:10:202611,194
14:10:202611,194
15:10:202611,194
16:10:202611,194
17:10:202611,194
18:10:202611,194
19:10:202610,696
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 23:03:202610,536
Week of 30:03:202610,162
Week of 06:04:20269,833
Week of 13:04:202611,142
Week of 20:04:202610,918
Week of 27:04:202610,918
Week of 04:05:202610,253
Week of 11:05:202610,253
Week of 18:05:202610,253
Week of 25:05:202611,546
Week of 01:06:202611,546
Week of 08:06:202611,057
Week of 15:06:202611,057
Week of 22:06:202612,344
Week of 29:06:202612,344
Week of 06:07:202612,344
Week of 13:07:202611,700
Week of 20:07:202611,307
Week of 27:07:202610,977
Week of 03:08:202610,977
Week of 10:08:202611,962
Week of 17:08:202611,962
Week of 24:08:202611,581
Week of 31:08:202611,363
Week of 07:09:202611,363
Week of 14:09:202610,635
Week of 21:09:202610,635
Week of 28:09:202610,635
Week of 05:10:202610,635
Week of 12:10:202611,194
Week of 19:10:202610,696
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
March 202610,536
April 202610,918
May 202611,546
June 202612,344
July 202610,977
August 202611,581
September 202610,635
October 202610,696
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202610,696

So'nggi postlar

Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

22-okt, 2026, 14:47

Photo1/14
#Bugun_Yoshlar_kuni

“Yoshlar kuni” munosabati bilan shahar hokimi Elbek Rustamov tomonidan shahardagi "Mashad" mahallasida muddatli harbiy xizmatni tamomlab qaytgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan hamda turli masalalarda murojaat bilan kelgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning orzu-maqsadlari, kelgusidagi rejalari, bandlik, ta’lim va tadbirkorlikka oid taklif hamda muammolari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni ish bilan ta’minlash, o‘z biznesini boshlashi uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha shahar hokimiga bevosita murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida har bir murojaat bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosini nazoratga olish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
margilan.uz
| Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
288000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

22-okt, 2026, 14:47

Photo1/10
#Bugun_Yoshlar_kuni

MARG‘ILONLIK YOSH KIKBOKSCHILAR XALQARO MUSOBAQADA YUKSAK NATIJALARNI QO'LGA KIRITIB QAYTISHDI

Joriy yilning 13–18-oktyabr kunlari Toshkent shahrida 60 dan ziyod davlat sportchilari ishtirokida o‘tkazilgan “UZBEKISTAN KICKBOXING WORLD CUP” xalqaro musobaqasida Marg‘ilon shahri sharafini himoya qilgan yosh sportchilar yuksak natijalarga erishib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytishdi.

Quvonarlisi, Marg‘ilon shahridagi 1-sonli sport maktabining uch nafar o‘quvchisi mazkur nufuzli musobaqada munosib ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Jumladan:

🥇 Ro‘zimuhammad Sobirov — 65 kg vazn toifasida “Low Kick” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni;

🥇 Shukurullo Bahodirjonov — 60 kg vazn toifasida “K-1” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni;

🥉 Muhayyo Erkinova — 65 kg vazn toifasida “Low Kick” yo‘nalishida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bugun Marg‘ilon shahar hokimi Elbek Rustamov xalqaro maydonda yuksak natijalarni qayd etib, shaharimiz sha’nini munosib himoya qilgan yosh sportchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida g‘olib va sovrindorlarga erishgan yutuqlari, sportga bo‘lgan intilishi hamda Vatanimiz bayrog‘ini xalqaro maydonda baland ko‘targanliklari uchun minnatdorlik bildirilib, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

Marg‘ilonlik yosh sportchilarimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusida ham ularga yangi zafarlar, ulkan g‘alabalar va xalqaro musobaqalarda yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
margilan.uz
| Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
307000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

22-okt, 2026, 10:41

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi Qonuni (O‘RQ–1184-son, 21.10.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat o‘zbek alifbosi joriy etiladi.

🔎 Mazkur o‘zgartirishga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi.

📝 Alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’ (tutuq belgisi).

📜 Shuningdek, Qonunda quyidagilar belgilandi:

🔹 Qonun kuchga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarda takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud bo‘lishi ularning amal qilishiga va muomalada bo‘lishiga monelik qilmaydi.

🔹 Davlat organlari va tashkilotlarining takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud bo‘lgan ramziy belgilari va boshqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining bo‘rtma tasviridan, geografik obyektlarning nomlari tushirilgan peshlavha va ko‘rsatkichlardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa ashyolar va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud Qonun ijrosiga doir chora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.

📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
margilan.uz
| Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
423000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

22-okt, 2026, 09:37

Video
O‘zbek futboli klassikasi: “Neftchi” — “Paxtakor”! ⚽️

23-oktabr kuni soat 19:00 da ⏰ Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston Superligasining 25-turi doirasida o‘zbek futbolining azaliy raqiblari — Farg‘onaning “Neftchi”si va Toshkentning “Paxtakor”i o‘zaro kuch sinashadi.

Minglab muxlislar intiqlik bilan kutayotgan bahsda jamoamizni g‘alaba sari ruhlantirish uchun farg‘onalik ishqibozlarni birlashishga chorlaymiz! 🔥

Aziz muxlislar!

Toshkentda ham “Neftchi”ni yolg‘iz qoldirmang! Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz — jamoamizga kuch, Farg‘onaga g‘urur!

Olg‘a, “Neftchi”! 🚀
Olg‘a, Farg‘ona! 🏆

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
margilan.uz
| Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
405000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

21-okt, 2026, 18:53

Video
🇺🇿 Bugun Özbek tili bayrami!

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bayram arafasida sun’iy intellekt yordamida qöşiq va videorolik tayyorladi.

Unda Alişer Navoiy, Rauf Parfi, Xurşid Davron, Xalima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf va Erkin Vohidovning satrlari bir qöşiqqa jamlangan.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
margilan.uz
| Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
517000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

21-okt, 2026, 17:58

Video
O‘z uyida xotirjam yashash — har bir insonning istagi!

Inson yillar davomida yashab kelgan xonadoniga bo‘lgan huquqi qonuniy e’tirof etilsa, ko‘ngli xotirjam bo‘ladi, kelajakka ishonchi ortadi.

Marg‘ilon shahrida yashovchi Akramjon Boltaboyev ham xatlov ishlari natijasida o‘z uy-joyiga bo‘lgan huquqi e’tirof etilgan fuqarolardan biri. Endi u oilasi bilan o‘z xonadonida yanada xotirjam, ertangi kunga ishonch bilan yashamoqda.

Inson manfaatlarini ta’minlash, mulkiy huquqlarni himoya qilishga qaratilgan bu kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

Batafsil videoda

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
margilan.uz
| Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
467000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

21-okt, 2026, 16:36

Photo1/10
FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA

​Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida Marg'ilon shahar hokimligi tomonidan fuqarolar qabuli o’tkazilib kelinmoqda.

Jumladan bugun ham shahardagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi. Qabul jarayonida shahar hokimi o'rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari va mas’ullar ishtirok etishdi.

Qabul davomida tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, bandlik, sog‘liqni saqlash va boshqa turli masalalar bo‘yicha jami 23 ta murojaatlar ro‘yxatga olinib, 9 ta murojaat egasiga huquqiy tushuntirish berildi, 7 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.

Qolgan murojaatlarni o‘z muddatlarida ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilot va muassasa rahbarlariga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi samimiy muloqotlar “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyilni amalda ifoda etib, turli ovoragarchiliklarning oldini olish, murojaatlarga o‘z vaqtida va tezkor yechim topishda muhim ahamiyatga ega bo‘layotgani bilan quvonarlidir.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
margilan.uz
| Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
472000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

17-okt, 2026, 17:29

Photo
Fuqarolar murojaati — e’tibor va amaliy yechim markazida

Aholi muammolarini o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga o‘z vaqtida yechim topish hamda xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish Marg‘ilon shahar hokimligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Marg‘ilon shahar hokimi Elbek Rustamov tomonidan fuqarolar qabuli muntazam ravishda tashkil etilib, murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun shahardagi Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan navbatdagi qabulda shahar hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Muloqot davomida fuqarolar tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, bandlik, sog‘liqni saqlash va boshqa masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Jami 12 ta murojaat ro‘yxatga olinib, ularning 5 tasi bo‘yicha murojaatchilarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi, 4 tasi esa joyida ijobiy hal etildi.

Qolgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqish va qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish belgilandi.

Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish va aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
262000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

17-okt, 2026, 16:19

Photo
ONA TILIMIZ — MILLATIMIZ FAXRI, MA’NAVIY MEROSIMIZ

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni oldidan Marg‘ilon shahridagi Jahon otin Uvaysiy uy-muzeyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Marg‘ilon shahar hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur tadbir ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni namoyon etishdagi beqiyos o‘rnini keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Do‘stlik" ordeni hamda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni sohibi Ismoil Mahmud Marg'iloniy, Jahon otin Uvaysiyning yettinchi avlodlari, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Nargiza Oxunova, Munira Qo'qonova, Abdubannob Mansurov, shuningdek, o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi, adabiyotimiz va ma’naviy hayotimizdagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash, kundalik hayotda va ijtimoiy munosabatlarda davlat tiliga hurmat bilan yondashish har birimizning muqaddas burchimiz ekani alohida ta’kidlandi.

Ayniqsa, o‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyandasi, hassos shoira Jahon otin Uvaysiy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish, uning ijodida aks etgan ezgulik, ma’rifat va insoniylik g‘oyalarini yosh avlod ongiga singdirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ayniqsa, Jahon otin Uvaysiy to‘garagi a’zolari tomonidan ona tilimiz, milliy qadriyatlarimiz, Vatanga muhabbat va boshqa turli mavzularda o‘qilgan she’rlar tadbirda alohida fayz va ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
297000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

17-okt, 2026, 10:29

Video
#Fargʻonaning_buyuk_farzandlari

Lutfixonim Sarimsoqova — o‘zbek san’atining betakror siymosi

Farg‘ona zamini azaldan san’at va iste’dodlar beshigi bo‘lib kelgan. Bu muqaddas tuproqdan yetishib chiqqan buyuk san’atkorlar borki, ularning nomi vaqtlar o‘tsa-da, xalq xotirasidan o‘chmaydi. Ana shunday betakror siymolardan biri — Lutfixonim Sarimsoqova.

U yaratgan obrazlar tomoshabin qalbiga yo‘l topdi, xalqning quvonchu qayg‘usi, matonati va mehrini san’at tilida ifoda etdi. Ayniqsa, ona timsolini shu qadar jonli va ta’sirchan gavdalantirdiki, uning qahramonlari ekrandan tushib, xalqning hayotiga kirib kelgandek bo‘ldi.

Batafsil videoda

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
368000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

12-sen, 2026, 16:35

Photo
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilish jarayoni bilan tanishdi.

Muzeyning me’moriy konsepsiyasi jahonning eng mashhur arxitektorlaridan biri, nufuzli Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan.

Uning loyihasi bo‘yicha bunyod etilgan muzey va madaniy maskanlar Yaponiya, Yevropa hamda AQSHda yuksak qadrlanadi. Tadao Andoning me’moriy uslubi chizgilarining soddaligi va aniqligi, makon va yorug‘lik uyg‘unligiga o‘ziga xos yondashuvi bilan dunyoga tanilgan.

Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biriga aylanishi shubhasiz. Bu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va ta’lim maydonlari o‘rin oladi.

Mamlakatimizdagi ana shunday tarixiy ahamiyatga molik loyihalar ustida dunyo miqyosidagi me’morlar ishlashi biz uchun juda muhim. Ular barpo etgan obyektlar uzoq yillar davomida xalqimizga xizmat qiladi, tariximiz va madaniy merosimizning ajralmas qismiga aylanadi.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
1000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

12-sen, 2026, 16:35

Photo
Dizayn bo‘yicha amaliy mashg‘ulot: Zamonaviy moda va etno-elementlar uyg‘unligi

📍 Marg‘ilondagi “Atlas bayrami” festivali doirasida “Maru” brendi asoschisi va feshn-dizayner Marhamat Umarova boshchiligida etno-dizayn bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazilmoqda.
Ushbu mahorat darsi milliy matolar va an’anaviy naqshlarni zamonaviy kiyim-kechak dizayniga tatbiq etish hamda xalqaro bozorga mos brend yaratish sirlariga bag‘ishlanadi.

📊Amaliy mashg‘ulotning asosiy yo‘nalishlari:
Etno-dizayn konsepti: An’anaviy Marg‘ilon shoyi va atlas/adras matolarini zamonaviy bichim va siluetlar bilan integratsiya qilish.
Brending va kolleksiya yaratish: g‘oyadan tayyor feshn-to‘plamgacha bo‘lgan bosqichlar hamda “Maru” brendi tajribasi.
Amaliy topshiriqlar: Ishtirokchilar bilan birgalikda eskizlar chizish va mato kombinatsiyalarini tanlash.
"Etno-dizayn — bu shunchaki o‘tmishni nusxalash emas, balki boy milliy merosimizni zamonaviy moda tili bilan dunyoga ko‘rsatishdir." — Marhamat Umarova

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
151000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

12-sen, 2026, 16:35

Photo
📍 Marg‘ilon shahrida joylashgan “Hunarmandchilikni rivojlantirish matkazi”da 7 chi bor o‘tkazilayotgan halqaro to‘qimachilik “Atlas bayrami” doirasida “ Markaziy osiyo an’anaviy hunarmandchilik, etno dizayn va tadbirkorlik bo‘yicha treningni ochilish marosimi o‘tkazildi.

📊Tadbirni Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi madaniyat ishlari bo‘yicha mutaxassisi Muxayyoxon Maxmudova, Amaliy san’at ijodiy birlashmasi raisi Alisher Raximov tabrik so‘zlari bilan ochib berishdi.

📊Ushbu trening Amaliy san’at ijodiy birlashmasi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Farg‘ona viloyati hokimligi bilan tashkil etgan bo‘lib, treninglarda xalqaro darajadagi trenerlar, “Maru” breni asoschisi Marhamat Umarova, kashtado‘st usta Madina Kasimbayeva, san’atshunoslik fanlari doktori Binafsha Nodir hamda tadbirkorlik bo‘yicha mentor Sardor Gaziyev maxorat darslarini o‘tkazishadi. Treninglar 17-sentyabr kunigacha davom etadi.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
121000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

28-avg, 2026, 20:21

Photo
Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz va jadidlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

O‘tgan 35 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan barcha marhum yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati va jasorati e’tirof qilindi.

Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi ehtirom bilan yod etildi.

Prezidentimiz mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Islohotlarning birinchi kunlaridan xalqning qalbiga quloq solish va aholining dardiga darmon bo‘lish asosiy maqsad etib belgilandi.

“Inson qadri uchun” g‘oyasi davlat siyosatining markaziga olib chiqildi. Birinchi galda “paxta qulligi”, majburiy va bolalar mehnati, konvertatsiya cheklovi hamda “propiska” kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berildi.

– Eng asosiysi, fuqarolarimiz yuragidagi qo‘rquv va hadik o‘rnini ishonch va xotirjamlik egalladi. Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo etish uchun keyingi o‘n yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik,
– dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
172000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

28-avg, 2026, 20:21

Photo
Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.

Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.

Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etildi.

Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlandi.

– Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.

Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik,
– dedi davlatimiz rahbari.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
142000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

28-avg, 2026, 20:21

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.

Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi.

Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi.

Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi.

– Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz.

Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,
– dedi Prezidentimiz.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
161000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

28-avg, 2026, 20:21

Photo
📣 TADBIRKORLAR FIKRI — HUDUD RIVOJI UCHUN MUHIM!
Hurmatli tadbirkorlar!
Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda yashash uchun qulay va barqaror shaharlar” dasturi doirasida hududimizda tadbirkorlik faoliyati rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar, yetishmayotgan infratuzilma va mavjud iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlash maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Sizning javoblaringiz tadbirkorlarning elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv, yo‘llar, ko‘priklar, kanallar hamda boshqa infratuzilmalar bo‘yicha ustuvor ehtiyojlarni aniqlash uchun foydalaniladi.

⏱ So‘rovnomani to‘ldirish - taxminan 5 daqiqa.
👥 Ishtirokchilar - hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va biznes vakillari.

Biznesingiz rivojiga nima to‘sqinlik qilmoqda? Qaysi muammo birinchi navbatda hal etilishi kerak? Sizningcha, hudud uchun qanday imkoniyatlar yaratilsa, tadbirkorlik faoliyati rivoji uchun eng katta turtki bo‘ladi?

👇 Fikringizni quyidagi havola orqali bildiring:
🔗 [ https://forms.cloud.microsoft/r/mvjhHFu0N0]

Sizning fikringiz hudud uchun eng zarur va samarali drayver loyihalarni shakllantirishga yordam beradi!

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
537000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

28-avg, 2026, 20:21

Photo
Marg‘ilon shahridagi "Ijodkorlar bog‘i" maydonida joylashgan amfiteatrda Mustaqilligimizning
35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o’tkazilgan katta bayram tadbiridan fotolavhalar.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
765000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

11-avg, 2026, 18:41

Photo
"Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz, yoshlar giyohvandlikka qarshi" shiori ostida "Besh ming qadam" yurish marafoni hamda sport bayrami o‘tkazildi.

Marg‘ilon shahrida aholi va yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalariga qarshi kurashish va uni oldini olish maqsadida "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz, yoshlar giyohvandlikka qarshi" shiori ostida "Besh ming qadam" yurish marafoni hamda sport bayrami o‘tkazildi.

Respublika ishchi guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida Ishchi guruh a’zosi, Respublika Agentlik vakili Dosbol Qadirov hamda Behzod Maxmudov, shuningdek mehnat jamoalari va mahalla yoshlari ishtirok etishdi.

Jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi bo‘lgan bu kabi tadbirlar aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
477000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

11-avg, 2026, 18:41

Photo
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim

2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning http://my.edu.uz/ platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️Marg’ilon shahar 4-son texnikumiga kunduzgi, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning http://my.edu.uz/ platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️Marg’ilon shahar 4-son texnikumiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.

▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:

➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti),
➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti).

📌Texnikumlar ro‘yxati bilan https://kasbedu.uz/ orqali tanishing.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
541000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

11-avg, 2026, 18:41

Photo
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim

2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning http://my.edu.uz/ platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️Texnikumlarga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning http://my.edu.uz/ platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️Texnikumlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.

▪️Texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:

➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda – 4 440 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti).

📌Texnikumlar ro‘yxati bilan https://kasbedu.uz/ orqali tanishing.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
441000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

11-avg, 2026, 18:41

Video
Farg‘onadan ham kasb chempionlari chiqdi!

Prezident sovrini uchun mamlakatimizda ilk bor “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi o‘tkazildi. Kuni kecha poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi katta tantanaga aylandi.

Tanlov nafaqat individual mahoratni namoyon etish maydoni, balki Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida faol ishtirok etadigan yangi avlod mutaxassislarini shakllantirish vositasi sifatida ham alohida ahamiyat kasb etdi.

Santexnik, payvandchi, oshpaz, elektromontajchi, avtomexanik, sartarosh — endi bu kasblarning ham respublika darajasida o‘z chempionlari bor.

O‘zbekistonda birinchi marta 10 ta amaliy yo‘nalish bunday katta ko‘lamda e’tirof etildi va farg‘onalik yoshlar ham g‘oliblar safida bo‘ldi. Kasbni puxta egallagan yosh ham katta sahna, medal va munosib mukofotga erishishi mumkin ekani amalda ko‘rsatildi.

Tanlov g‘oliblari endilikda o‘z kasbiy mahoratini WorldSkills xalqaro musobaqasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“WorldSkills” xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga 2 500 BHM, ya’ni 1 milliard 30 million so‘m, uning ustoziga esa 450 BHM, ya’ni 185 million 400 ming so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
349000
Marg'ilon shahar hokimligi logo
Marg'ilon shahar hokimligi

11-avg, 2026, 18:41

Photo
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati

2026-yil iyul oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 63,6 ballni tashkil etdi.

Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar:

📍Farg'ona viloyati – 87,3%;
📍Xorazm viloyati – 80,4%;
📍Buxoro viloyati – 79,7%.

Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning iyul oyi reytingi koʻrsatkichlari:

90 dan yuqori ball jamg‘argan 72 nafar xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100071807716548 | https://www.instagram.com/ | https://www.youtube.com/ | https://twitter.com/|
529000

Showing 30 of 70 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Marg'ilon shahar hokimligi Telegram kanali nima haqida?+

Marg'ilon shahar hokimligi (@mshhmxx) — tgdio da Davlat imtihonlari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 10 696 obunachi bor.

Marg'ilon shahar hokimligi (@mshhmxx) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @mshhmxx ga bepul obuna bo‘ling.

Marg'ilon shahar hokimligi yaxshi Davlat imtihonlari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Marg'ilon shahar hokimligi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 10 696 obunachi bor. O‘xshash Davlat imtihonlari kanallar bilan solishtiring.

Marg'ilon shahar hokimligi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @mshhmxx sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.