1/14“Yoshlar kuni” munosabati bilan shahar hokimi Elbek Rustamov tomonidan shahardagi "Mashad" mahallasida muddatli harbiy xizmatni tamomlab qaytgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan hamda turli masalalarda murojaat bilan kelgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning orzu-maqsadlari, kelgusidagi rejalari, bandlik, ta’lim va tadbirkorlikka oid taklif hamda muammolari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni ish bilan ta’minlash, o‘z biznesini boshlashi uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha shahar hokimiga bevosita murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida har bir murojaat bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosini nazoratga olish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
margilan.uz
| Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram









