Essedan yuqori ball olish uchun yakuniy roʻyxat (cheklist)
Kanalda esse yozishning mantiqiy qadamlari va uslubiga bagʻishlangan 7 ta post eʼlon qildim va bu koʻpchilikka manzur boʻldi. Bugun shu maqolalardagi muhim nuqtalarni jamladim. Ular imtihonda esse yozishingizni osonlashtiradi va tizimga solib beradi. Bu savollarni xotirangizga muhrlang. Esseni yozib boʻlgach, oʻzingizga albatta shu savollarni bering:
1️⃣ :
▫️ Esse hajmi 100 ta soʻzdan oshdimi?
▫️ Matnni xatboshilarga toʻgʻri ajratdimmi?
2️⃣ :
▫️ Mavzuni shartdan koʻchirmasdan, oʻz soʻzim bilan ochib berdimmi?
▫️ Ikkala qarashga ham qisqacha ishora qila oldimmi?
▫️ Asosiy qismga oʻtish uchun tezis, yaʼni tayanch fikr yozdimmi?
3️⃣ ():
▫️ Yoqlovchi fikrni alohida xatboshida daʼvo → dalil → tahlil qolipida yozdimmi?
▫️ Qarshi fikrni ham alohida xatboshida xuddi shunday ishonchli dalilladimmi?
🔹 yozayotganda muammoga aniq yechim yoki taklif bera oldimmi?
▫️ Xatboshilar oʻrtasida silliq oʻtish – mantiqiy koʻprik qura oldimmi?
4️⃣ :
▫️ Kirishdagi gaplarimni takrorlashdan qochib, yangicha xulosa yozdimmi?
▫️ Tanlagan pozitsiyamning jamiyat hayotiga taʼsirini yoritib bera oldimmi?
5️⃣ ( va ):
▫️ Imlo qoidalariga toʻliq rioya qildimmi?
▫️ Tinish belgilarini toʻgʻri qoʻlladimmi? Kiritmalar, bogʻlovchilar va uyushiq boʻlaklarda vergulni toʻgʻri ishlatdimmi?
6️⃣ va :
▫️ Matnim toʻliq publitsistik uslubdami?
▫️ Bitta fikrni turli soʻzlar bilan qayta-qayta yozishdan qochdimmi?
▫️ Faqat adabiy tildan foydalandimmi? Shevaga oid, qoʻpol yoki yot soʻzlar aralashmadimi?
Agar barcha savollarga dadil “HA” deb javob bera olsangiz, xotirjam boʻlavering – sizning essengiz yuqori bahoga albatta loyiq!
✈️ Imtihonga tayyorlanayotganlarga yuborib qoʻying.
👇 Esse mahorat darslari sizga foydali boʻldimi? Munosabatingizni bildiring:
🔥 – Foydali boʻldi, rahmat!
✍️ – Barchasini saqlab qoʻydim.
|
https://taplink.cc/oriftolib