Orif Tolib Telegram channel photo

Orif Tolib

@oriftolibPublic Channel

Soʻz. Tahrir. Savodxonlik. Reklama boʻyicha: 👉 https://is.gd/elonlar Sahifalarimiz: 👉 https://taplink.cc/oriftolib Muallif haqida: 👉 https://oriftolib.uz/?p=575 Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.

1.6k

Last views

15.2k (15,210 subscribers)
A'zolar
—
Rating
36
Total Posts
Oct 18, 2026, 12:29 AM
Yangilangan
May 11, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameOrif Tolib
Username@oriftolib
CategoryTil o'rganish
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar15,210
Channel TypePublic Channel
Created11-may, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#140304+205
Til reytingi
#922+4
Toifa reytingi
#932-2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 15.2K30 Days growth: +1040.7%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:202615,106
19:09:202615,106
20:09:202615,078
21:09:202615,078
22:09:202615,078
23:09:202615,078
24:09:202615,078
25:09:202615,078
26:09:202615,078
27:09:202615,078
28:09:202615,078
29:09:202615,078
30:09:202615,078
01:10:202615,078
02:10:202615,078
03:10:202615,078
04:10:202615,078
05:10:202615,078
06:10:202615,078
07:10:202615,078
08:10:202615,078
09:10:202615,078
10:10:202615,078
11:10:202615,078
12:10:202615,078
13:10:202615,078
14:10:202615,078
15:10:202615,078
16:10:202615,078
17:10:202615,210
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 11:05:202618,931
Week of 18:05:202618,931
Week of 25:05:202618,931
Week of 01:06:202618,931
Week of 08:06:202618,931
Week of 15:06:202618,931
Week of 22:06:202618,931
Week of 29:06:202618,931
Week of 06:07:202615,746
Week of 13:07:202615,746
Week of 20:07:202615,746
Week of 27:07:202615,746
Week of 03:08:202615,746
Week of 10:08:202615,746
Week of 17:08:202614,999
Week of 24:08:202614,999
Week of 31:08:202614,856
Week of 07:09:202615,106
Week of 14:09:202615,078
Week of 21:09:202615,078
Week of 28:09:202615,078
Week of 05:10:202615,078
Week of 12:10:202615,210
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 202618,931
June 202618,931
July 202615,746
August 202614,999
September 202615,078
October 202615,210
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202615,210

So'nggi postlar

Orif Tolib logo
Orif Tolib

21-okt, 2026, 14:30

Photo1/2
Qulay klaviatura terilmasi izlaganlar uchun

Oʻzgarishli alifbodagi ş, ç, ö, ğ harflarini qanday teramiz degan savollar koʻp berilgan edi. Aslida bu – juda tez hal qilsa boʻladigan muammo. Kanalimiz obunachisi oʻzgarishli lotin alifbosiga moʻljallangan maxsus terilma ishlab chiqib, kiritish.uz saytiga joylabdi.

Terilma ochiq manbali (open source) ekan, kodidan foydalanmoqchi boʻlganlar bemalol GitHubʼdan yuklab olishlari ham mumkin.

Yaxshi tomoni, terilma turli operatsion tizimlar uchun ishlab chiqilgan. Undan Android telefonda ham, makbukda ham, Windows yoki Linuxʼda ishlaydigan qurilmalarda ham foydalana olasiz.

👉 Yuklab olish: https://kiritish.uz

@oriftolib | Sahifalarimiz
1,5600030
Orif Tolib logo
Orif Tolib

21-okt, 2026, 12:33

Photo1/2
“Ins-jins”ning siri

Ins-jins deganda jinlar yoki jin-ajinalarni tushunamiz. Jinsning erkak-ayollikka, yaʼni genderga aloqasi yoʻq. Jins soʻzi jin soʻzining oʻzgargan shakli. U oʻzidan oldingi ins taʼsirida shunday oʻzgarib qolgan.

Jinsning siri ochildi. Lekin ins nima? U oʻzimiz bilgan inson soʻzining ins qismi. Arabchada odamlar, odamzod degan maʼnoni anglatadi. Inson ana shu odamlar jamoasining bir vakilidir. Bu soʻzning oʻzakdoshi nos ham tilimizda bor. Yoʻq, u tamaki emas. Maʼnosi – odamlar degani. Bu soʻz Navoiy asarlarida uchraydi, bugun esa bitta xitobda yashab qolgan. Qadimda jarchilar “Ayyuhannos!”, yaʼni ey insonlar deb jar solgan, odamlarni shunday chaqirib, eʼtiborlarini tortgan. Biz bugun baqiriq-chaqiriq, dod-faryod bilan hamma yoqni boshga koʻtarishni ayyuhannos solish deb ataymiz.

Xullasi kalom: ins-jins degani aslida insonlar va jinlar maʼnosini beradi. Lekin bugun insonlar maʼnosi yoʻqolgan.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
1,6300026
Orif Tolib logo
Orif Tolib

20-okt, 2026, 12:32

Photo1/2
Italiyaliklar nega Myunxenni “Monako” deydi?

Italiyalik sayyoh Germaniyaning mashhur Myunxen shahri haqida gapirib, “Monako”ni tilga olsa, hayron boʻlmang: italyanlar bu shaharni Monaco di Baviera, yaʼni Bavariya Monakosi deb ataydi.

Gap shundaki, 1158-yilga oid hujjatda hozirgi Myunxen joylashgan hudud forum apud Munichen – rohiblar huzuridagi bozor deb qayd etilgan. Shahar nomi shu munih, yaʼni rohib soʻzidan paydo boʻlgan. Italyanchada rohib monaco deyiladi, shu bois italyanlar nemis nomini tarjima qilib olgan.

Mitti davlat Monako nomida ham xuddi shu ildiz yashaydi: yunoncha monos – yakka, monachos esa tanholikda ibodat qiluvchi rohib.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
2,8500026
Orif Tolib logo
Orif Tolib

19-okt, 2026, 12:44

#til #tarix

Orif Tolib "O‘zlik" ochiq ma’ruzalar loyihasida chiqish qilgandi. Tadbir oxirida kamina ham aqlli gaplar aytgan ekan))

Tadbirga bormaganlarga videoni to‘liq ko‘rishni tavsiya qilaman. Orif Tolib mendan ham aqlli gaplar aytgan)

🗄Farrux Jabborbek
Video Thumbnail
2,9600023
Orif Tolib logo
Orif Tolib

19-okt, 2026, 12:32

Photo1/2
Dasturxondagi noz erkalanmaydi

Toʻylarda davraboshilar “Oldilaringga qoʻyilgan noz-neʼmatlardan bemalol totinib oʻtiringlar” deydi. Neʼmat nimaligini bilamiz, lekin noz-chi? Noz deganda odatda ishva, karashma, erkalik tushunamiz. Taom ham bizga noz qiladimi?

Javobni soʻzning vatani – fors tilidan topamiz: “Lugʻatnomayi Dehxudo”da noz soʻzining birinchi maʼnosi neʼmat, farovonlik, osoyishtalik deb berilgan. Fors sheʼriyatida bu ikki soʻz X asrdayoq yonma-yon yurgan, Rudakiy ularni hatto teskari tartibda – neʼmat-u noz shaklida ishlatgan.

Demak, noz-neʼmat huzur va rohat beradigan neʼmat degani. Menimcha, noz uyqu iborasidagi noz ham dastlab osoyishtalik va rohat maʼnosini bergan, istigʻno va erkalik maʼnosi keyinroq yuzaga kelgan.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
3,1000033
Orif Tolib logo
Orif Tolib

18-okt, 2026, 12:32

Photo1/2
Kulbalardan “qurilgan” Venesuela

1499-yilning yozida ispan dengizchisi Alonso de Oxeda boshchiligidagi ekspeditsiya Janubiy Amerikaning shimoliy sohillariga yetib kelgan edi. Marakaybo koʻlida suv ustiga qoziqlar qoqib qurilgan uylar va ularni bogʻlovchi koʻpriklardan iborat qishloqni koʻrgan dengizchilar Yevropadagi Venetsiyani eslagan.

Shu bois bu joylarga Venesuela, yaʼni Kichik Venetsiya deb nom berilgan. Oʻsha davr mualliflaridan biri bu nomni mahalliy aholining oʻz atamasi deb yozgan, biroq koʻpchilik manbalar Kichik Venetsiya talqinini qoʻllaydi. Nomning onasi – Venetsiya esa qadimda shu yerlarda yashagan veneti, yaʼni venetlar qabilasidan ism olgan.

Bir soʻz bilan aytganda, butun boshli davlat oʻz nomi uchun koʻl boʻyidagi qoziqli kulbalardan qarzdor.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
3,4300032
Orif Tolib logo
Orif Tolib

17-okt, 2026, 09:50

Hartugul: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Har qalay, xayriyat, xayriyatki maʼnolarini anglatadigan hartugul kirish soʻz boʻlib keladi. Kirish soʻz gap boʻlaklari bilan grammatik bogʻlanmagani uchun vergul bilan ajratiladi:

Imtihon savollari qiyin tushdi, hartugul, vaqt yetdi.
Hartugul, yomgʻir toʻxtabdi.

Soʻz gap boshida kelganda vergul undan keyin, oʻrtada kelganda ikki tomonga, oxirida kelganda undan oldin qoʻyiladi.

Hartugul – yaxlit soʻz, qoʻshib yoziladi.

📌 Demak:

Hartugul ✅
Har tugul, har-tugul ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
5,4100061
Orif Tolib logo
Orif Tolib

16-okt, 2026, 20:30

🧠 Bu haftaning “Ochiq muloqot soati” 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlanib, “O‘zbekcha matn qanday bo‘ladi?” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv mehmoni – muharrir va tilshunos Orif Tolib bo‘ldi. Mehmon o‘zbek tilida ko‘p uchraydigan imloviy xatolar hamda til sohasidagi yangiliklar haqida batafsil gapirib berdi.

🎙 Qiziqarli va samimiy muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ona tilimizning naqadar boy va ifodali ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldilar.

👮‍♂️ Uchrashuv yakunida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati boshqarmasi tomonidan xodimlarning odob-axloq qoidalari va mehnat intizomiga rioya etishi, shuningdek, korrupsiyaga oid xatti-harakatlarning oldini olish yuzasidan ma’lumot berildi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Video Thumbnail
4,3200028
Orif Tolib logo
Orif Tolib

15-okt, 2026, 16:33

Photo1/2
Dushga boshliq boʻlmang

Dush qabul qilish iborasiga bot-bot duch kelamiz. Bu – ruscha принять душ atamasining soʻzma-soʻz tarjimasi, yaʼni kalka.

Oʻzbek tilida qabul qilmoq huzuriga kelganni kutib olishdir: hokim fuqarolarni, shifokor bemorlarni qabul qiladi. Dushning esa qabul kunlari yoʻq, bizning qabulimizni kutib turgani ham yoʻq. Aksincha, biz uning ostiga oʻzimiz boramiz.

Tabiiy ifoda:

✅ dushga tushdim, dush qildim, dushda choʻmildim, dushda yuvindim

❌ dush qabul qildim

@oriftolib | Sahifalarimiz
4,95000113
Orif Tolib logo
Orif Tolib

15-okt, 2026, 12:00

Photo1/2
“Noz-neʼmat”: ovqatda noz boʻladimi, nega bunday deymiz?

“Ob-havo”, “noz-neʼmat”, “qoʻni-qoʻshni” kabi soʻzlarni tez-tez ishlatamiz, ularga kunda-kunora duch kelamiz. Lekin bu soʻzlarning birinchi qismi nima maʼno bildirishiga eʼtibor bermaymiz.

Yangi maqolamda kundalik hayotda tez-tez qoʻllanadigan juft soʻzlarning birinchi qismidagi unutilgan va yashirin maʼnolar haqida hikoya qildim.

▫️ “Ins-jins”ning siri

▫️ Saʼy-harakat qanday harakat?

▫️ “Xatti-harakat”ning “xatti”si nima?

▫️ Ob-tobidagi ob-havo

▫️ Dasturxondagi noz erkalanmaydi

▫️ Qoʻshnisi bor, qoʻnisi yoʻq

▫️ Oʻqlovi yoʻq uvali

Toʻliq oʻqish:
👉 https://daryo.uz/p/717832

@oriftolib | Sahifalarimiz
4,2100043
Orif Tolib logo
Orif Tolib

02-sen, 2026, 21:03

Korchalon kim?

Badiiy asarlarda, baʼzan ogʻzaki nutqda korchalon soʻziga duch kelamiz? Xoʻsh, u nimani anglatadi?

kirgan bu soʻz asliyatda dallol; ishbilarmon degan maʼnolarni anglatadi.

Korchalon oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Oʻzini hammadan bilimdon deb hisoblovchi, bilarmon; mahmadona.

Sanamay sakkiz deb yurgan ekansiz, korchalon keksa!
Oybek, “Oltin vodiydan shabadalar”.

2️⃣ Ishbilarmon, epchil.

Azimjon oʻzi badavlat korchalon, yigit yoshidan buyon qorakoʻl boʻyicha noyob mutaxassis.
A. Muxtor, “Chinor”.


Soʻzning korchallon shakli ham bor. Lekin u juda kam ishlatiladi.

📌 Demak:

, korchallon ✅

Korcholon, karcholon, korchollon, karchollon ❌

| https://taplink.cc/oriftolib
5,3100045
Orif Tolib logo
Orif Tolib

02-sen, 2026, 21:03

Video
4-11-sinf o‘quvchilari uchun 616 million so‘mlik grant tanlovi e’lon qilindi

Sergelida joylashgan "Turkiston" xususiy maktabi 2026-2027-o‘quv yili uchun 50% lik grant tanlovini ochiq deb e’lon qiladi.

Imtihon haqida qisqacha:
➖ Fanlar: Matematika (15 ta), Ingliz tili (15 ta) va Mantiq (10 ta) — jami 40 ta test.
➖ Shakli: Oflayn (maktab hududida).
➖ Imtihon kuni: 2026-yil 9-avgust.

Qanday qatnashish mumkin?

Grantda ishtirok etish uchun 8-avgustga qadar maxsus telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

📲 Maxsus telegram bot: https://t.me/turkistongranti_bot

Grant haqidagi muhim ma'lumotlarni telegram kanalimizda kuzatib boring: https://t.me/Turkistan_School
5,120008
Orif Tolib logo
Orif Tolib

02-sen, 2026, 21:03

https://cdn.pixabay.com/photo/2019/07/17/08/21/chicken-4343402_960_720.jpgBegonalashgan tabaka

Tobaki degan soʻzimiz bor. Uning qismati ajoyib. Tob oʻzak soʻzining qizitish, kuydirish maʼnolaridan kelib chiqqan toba (yassi qozoncha, biz uni tova, tava deymiz), toblanish, obu tob, tobiga keltirish singari kalimalar koʻp. Tobaki deb tobada pishirilgan yoki umuman qovurilgan taom aytiladi.

Xullas, tobaki degan soʻz “safarga chiqib”, Rossiyaga bordi va oʻris boʻlib qaytdi. Meliboy – Misha, Safarboy – Sasha, Ergashboy Erik boʻlib qaytgani kabi Tobaki degan nomini Tabaka qilib keldi. Tobada pishgan taom ekani esidan chiqdi va qovurilgan joʻjaga aylandi. Biz ham oʻzimizning “bolamiz”ni tanimay, Tabaka deb chaqiradigan boʻldik.

Erkin Vohidov

| https://taplink.cc/oriftolib
6,38000119
Orif Tolib logo
Orif Tolib

02-sen, 2026, 21:03

Photo
Iksmi yoki eks?

Matematikadagi x belgisini eks tarzida talaffuz etish uchrab turadi. Talaffuzdagi xato baʼzan yozuvga ham koʻchib oʻtishi mumkin. Belgi nomining toʻgʻrisi – iks.

Iks soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoni anglatadi:

1️⃣ Lotin alifbosida oxiridan uchinchi harf – x ning nomi.

2️⃣ Matematikada: shu harf bilan ifodalangan nomaʼlum miqdor.

Iks soʻzi matematikadan boshqa ham ishlatiladi. Masalan, fizikada rentgen nurlari iks nurlar deb ham ataladi.

Iks soʻzining qiziq tarixi bor.
Nomaʼlum miqdorni harf bilan ifodalashni Sharq matematik olimlari, xususan, Al-Xorazmiy fanga olib kirgan. Ular buni arabcha shay (شيء) – narsa, buyum soʻzining bosh harfi – shin (ش) bilan ifodalaganlar.

tilidagi matematik asarlar Ispaniyaga yetib borgach, tarjimonlar arabcha shin (sh) harfini oʻsha davrdagi qadimgi ispan tilida sh tovushini beruvchi x harfiga oʻgirganlar. Keyinchalik bu asarlar ispanchadan Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilingach, lotincha x belgisi oʻzgarishsiz qolgan. Fanda bu belgining aynan noma'lum miqdor sifatida mutlaq ommalashishi esa fransuz matematigi Rene Dekart nomi bilan bogʻliq. U 1637-yilda yozgan asarida nomaʼlum miqdorlar uchun alifbo oxiridagi x, y, z harflarini ishlatishni qoida sifatida kiritgan.

Bu harf ingliz tilida eks deb ataladi. Lekin oʻzbekchada matematika va boshqa fanlarda lotincha harf nomi – iks qoʻllanadi. Amaldagi oʻzbek lotin alifbosida esa bu harf xa deb nomlangan.

X belgisi rim raqami sifatida 10 sonini anglatadi.

| https://taplink.cc/oriftolib
6,9400042
Orif Tolib logo
Orif Tolib

02-sen, 2026, 21:03

Video
Nihoyat, Grant imtihoniga qabul ochildi! 😍

Har yili yuzlab iqtidorli o‘quvchilar aynan shu kunni kutadi. Va siz ham bu kunni intiqlik bilan kutgansiz aniq.

❤️ Sodiq school uchun iqtidorlarni kashf qilish, qo‘llab-quvvatlash asosiy missiya. Shu kungacha iqtidorli o‘quvchilar ta’limiga 14 milliard so’mdan ortiq grant mablag‘i yo‘naltirdik.

Endi navbat sizniki…

Bu grant imtihonimiz 9, 10 yoki 11-sinflar uchun. 12-avgust kuni, soat 10:00 da https://share.google/NKSR4ft6x84Ubufoy bo’lib o’tadi.

Imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/s13JF7ixxv8JBhyh8

👉🏻 Grant imtihoni tafsilotlari: https://docs.google.com/document/d/1CkENHkpB9cFirRhaSF-gd3RTebP08siYKAVh3Vgj4ls/edit?usp=sharing

⬇️Iqtidorli do‘stingiz yoki tanishingiz bormi? Bu imkoniyat haqida unga ham xabar bering.

🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
https://t.me/sodiq_school | https://www.instagram.com/sodiqschool.uz?igsh=MTNkeG9ld3dwMWx4cw== | https://www.facebook.com/sodiq.school | https://www.youtube.com/channel/UCjB2_6KXyzQpTkaTY3_qBkA
4,520005
Orif Tolib logo
Orif Tolib

02-sen, 2026, 21:03

Photo
Sharlatan aslida kim?

Oʻzini zoʻr mutaxassis qilib koʻrsatadigan firibgarlarni sharlatan deymiz. Bu atamaning tarixi juda qiziq. U italyancha ikkita soʻzning birlashishidan paydo boʻlgan: ciarlare – valdirash va cerretano – Cherreto qishlogʻi odami.

Dastlab bu soʻz haqorat sanalmagan. Qadimda Cherreto qishlogʻidan chiqqan sayyor tabiblar koʻchama-koʻcha yurib, turli giyohlarni baland ovozda maqtab pullagan. Davolashdan koʻproq gapirishgani sababli xalq ularni ciarlatano deb atay boshlagan. Ular davolashni emas, ishonarli gapirishni qoyillatishar edi.

Vaqt oʻtishi bilan soʻzning maʼnosi kengaydi. Endi u bilimi boʻlmasa ham, chiroyli vaʼdalar bilan oʻzini ustadek koʻrsatuvchi har qanday soxta mutaxassisni anglatadi.

Bu soʻzning kechmishi soʻzining kechmishiga oʻxshaydi, lekin farqli tomoni bor: sharlatan salbiylashgan.

Soʻzning evrilishi qiziq tuyuldimi?

🔥 – kutilmagan va qiziqarli tarix 
🤔 – etimologiyasini endi bilib oldim

| https://taplink.cc/oriftolib
8,33000246
Orif Tolib logo
Orif Tolib

02-sen, 2026, 21:03

Photo
Tugul: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Tugul yuklamasi u yoqda tursin, nafaqat maʼnolarini beradi. Xoʻsh, u ishtirok etgan gaplarda vergul ishlatish kerakmi?

Javobi oddiy: ha, “tugul” soʻzidan keyin vergul qoʻyish kerak. bu yordamchi soʻz oʻzidan oldingi soʻzga bogʻlanib, oʻzidan keyingi fikrni ajratib koʻrsatadi.

Misollarda koʻrib chiqamiz:

❌ Sendan molim tugul jonimni ham ayamayman.

✅ Sendan molim tugul, jonimni ham ayamayman.

Bu yerda mol va jon sanalyapti. Uning orasida boʻlishi kerak. Qiyoslang:

✅ Sendan molimnigina emas, jonimni ham ayamayman.

Siz bunday oʻrinlarda vergul ishlatasizmi?

🔥 – doim vergul ishlataman 
✍️  – baʼzan ikkilanaman

| https://taplink.cc/oriftolib
7,93000143
Orif Tolib logo
Orif Tolib

02-sen, 2026, 21:03

Obunachilar yuborishibdi
6,8200083
Orif Tolib logo
Orif Tolib

02-sen, 2026, 21:03

Photo
Ismlar birga kelganda tire qoʻyamizmi yoki defis?

Fizika qonunlari yoki tarixiy paktlar nomida ikkita familiya yonma-yon keladigan holatlar bor. Bunday oʻrinlarda chiziqcha (defis) va tire mutlaqo boshqa-boshqa maʼnolarni anglatadi.

Agar qonun yoki kelishuv ikkita alohida shaxslarga oid boʻlsa, familiyalar orasiga doim qoʻyiladi. Uning ikki tomonida boʻshliq qoldirilishi shart:

❌ Mendeleyev-Klapeyron tenglamasi, Molotov-Ribbentrop pakti

✅ Mendeleyev – Klapeyron tenglamasi, Molotov – Ribbentrop pakti

Agar shaxs bitta boʻlib, uning familiyasi ikki qismdan iborat qoʻsh familiya boʻlsa, oʻrtaga qoʻyiladi va boʻshliq tashlanmaydi.

✅ Gey-Lyussak qonuni, Saltikov-Shedrin asarlari

Agar Mendeleyev-Klapeyron shaklida defis bilan yozilsa, u bitta shaxsni bildirib qoladi. Bu esa ilmiy va faktik xatodir.

Siz familiyalarni yozishda bunga eʼtibor berarmidingiz?

🔥 – bilardim, doim eʼtibor beraman 
😎 – defis va tire maʼnoni bunday oʻzgartirishini endi bildim

| https://taplink.cc/oriftolib
9,88000139
Orif Tolib logo
Orif Tolib

13-may, 2026, 01:04

Photo
Kitobiy gapiraman deb xatoga yoʻl qoʻymayapsizmi?

Baʼzan “chiroyli” va “jiddiy” soʻzlarni ishlatishga urinamiz-u, ularni oʻrinsiz qoʻllab buzib qoʻyamiz.

Keling, buni amaliy misolda koʻrib chiqamiz:

❌ Mening nutqim 3 ta qismni tashkil etadi.

✅ Mening nutqim 3 ta qismdan iborat.

Tashkil etmoq feʼli butunning bir qismiga nisbatan ishlatiladi. Masalan: Suv sharining 70 foizini tashkil etadi. Ammo butun bir narsa oʻzining ichki tuzilishini tashkil eta olmaydi, u qismlardan iborat boʻladi.

Soʻzlar ham odamlardek gap: kim bilandir chiqishadi, kim bilandir yoʻq. Ularning oʻziga xos tabiatini bilmay qoʻllash fikrimizning taʼsirini tushiradi, mantiqiy nomutanosiblikni keltirib chiqaradi.

👇 Siz ham shu soʻzlarni gohida adashtirib turarmidingiz?

😎 – Yoʻq, doim toʻgʻri ishlataman.

😢 – Xato ishlatgan paytlarim boʻlgan ekan.

| https://taplink.cc/oriftolib
11,20000245
Orif Tolib logo
Orif Tolib

13-may, 2026, 01:04

“Mahalla” telekanalining “Kitob koʻtargan odam” koʻrsativ-podkastidagi suhbatimiz YouTubeʼga joylandi.

Fikrlarni izohlarda qoldirishingiz mumkin:
👉 https://youtu.be/0x9kVLMrdYY
Video Thumbnail
11,3000064
Orif Tolib logo
Orif Tolib

13-may, 2026, 01:04

Photo
Nega sigir “nazar tashlamaydi”?

Soʻzlarning lugʻaviy maʼnosidan tashqari yashirin hissiy boʻyogʻi ham boʻladi. Masalan, kulmoq – betaraf, tabassum qilmoq – ijobiy, tirjaymoq – salbiy.

Buni his qilmaslik xatolarga sabab boʻladi. Taniqli tilshunos Ergash Qilichev gazetadan shunday jumlani misol keltiradi:

“Sigir boshini koʻtarib, atrofga nazar tashlaganicha tillarini yalardi”.

Bir qarashda oddiy gapdek tuyuladi, ammo bu qisqa jumlada ikkita qoʻpol xato bor:

1️⃣ . Nazar tashlash ongli mavjudot – insonga xos. Hayvon shunchaki qaraydi.

2️⃣ . Jumlada sigirning tillarini yalashi aytilgan. Birinchidan, hayvonda til bitta boʻladi (koʻplikda emas). Ikkinchidan, til bu harakatning obyekti emas, vositasidir. Jonivor oʻz tilini emas, tili bilan tumshugʻini yoki lablarini yalaydi.

Soʻzlarning nozik tabiatini va matn mantigʻini his qilish bizni ana shunday kulgili holatlardan asraydi.

🤔 – Men uchun foydali boʻldi.

✍️ – Bilib oldim, eslab qolaman.

| https://taplink.cc/oriftolib
13,50000533
Orif Tolib logo
Orif Tolib

13-may, 2026, 01:04

https://cdn.pixabay.com/photo/2016/04/07/09/27/book-1313472_960_720.jpgNur ustiga nur

Bu iborani ko‘pchilik to‘g‘ri qo‘llaydi. Lekin yanglish ishlatadiganlar ham talaygina. sizning ham qulog‘ingizga chalingandir: “Nur ustiga a’lo nur”.

U asli arabcha “nur ala nur” iborasining tarjimasidir. O‘zbekchasi – nur ustiga nur, yanada yaxshi, ko‘ngildagidan ham a’lo kabi ma’nolarni anglatadi.

Izohli lug‘atga ko‘ra, nur alo nur shaklida ham qo‘llash mumkin:

Ixtiyor o‘zingizda, qutlayman desangiz aytib ko‘ring, xo‘p desa – nur alo nur.
M. Ismoiliy, “Farg‘ona tong otguncha”.

❗️ bu tarzda qo‘llash eskirgan, bugungi tilda uchramaydi. Mabodo shu shaklni ishlatish kerak bo‘lib qolsa, a’lo emas, alo deb yozing. Alo arabchada ustiga demakdir, a’lo esa – eng yuqori; buyuk ma’nolarini beradi. Eng yaxshisi, o‘zbekcha ifodaga mosi nur ustiga nurdir:

Buni bilib olganim nur ustiga nur bo‘ldi.

Agar yuz foiz natija ko‘rsata olsangiz, nur ustiga nur.

📌 Demak:

✅
Nur ustiga a’lo nur, nur a’lo nur ❌
10,90000133

Showing 30 of 36 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Orif Tolib Telegram kanali nima haqida?+

Orif Tolib (@oriftolib) — tgdio da Til o'rganish toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 15 210 obunachi bor.

Orif Tolib (@oriftolib) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @oriftolib ga bepul obuna bo‘ling.

Orif Tolib yaxshi Til o'rganish kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Orif Tolib reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 15 210 obunachi bor. O‘xshash Til o'rganish kanallar bilan solishtiring.

Orif Tolib statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @oriftolib sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.