Muharrir nigohi: gapirmay “gapiring”
Instagramda mashhur qisqa hikoya – “Bolalar poyabzali sotiladi. Umuman kiyilmagan”ni
https://www.instagram.com/reel/DXhFmHBszMQ Obunachilardan biri shunday qisqa hikoyalardan namuna beribdi.
Hikoya yomon emas. Lekin koʻrsatish oʻrniga shunchaki aytib qoʻyilgan joylari bor (“hamma narsani talashib”, “tanlov imkoniyatini berishdi” kabi). Qolaversa, ona nega uydan ketayotgani ham mavhumroq. Uy sotib yuborilganiga ishora qilinsa, dramatizm va mantiq kuchayadi.
Men hikoyani mana bunday yozgan boʻlardim:
Darvoza oldiga chiqarilgan buyumlar – ninadan tortib televizorgacha teng ikkiga boʻlindi. Ikki uyum yuk va oʻrtada tugunini koʻtargancha javdirab turgan keksa ona.
– Siz-chi? – deyishdi aka-uka unga yuzlanib. – Kim bilan ketasiz?
Ketasiz oʻrnida yashaysiz soʻzini ishlatsa ham boʻladi. Lekin ketasiz soʻzida mehrsizlik koʻproq aks etadi. Oʻquvchi onaga nisbatan kuchliroq shafqatni, oqibatsiz oʻgʻillarga esa nafratni his qiladi. Bunday holatlardan uzoq yurish kerakligini, oila va yaqinlarni qadrlash zarurligini chuqurroq anglaydi.
Yozuvchi gapirmay U kitobxonni past sanamaydi, uning aqli va qalbiga ishonadi, shu sababli hamma gapni chaynab bermaydi. Oʻquvchi xulosani oʻzi chiqaradi.
👇 Siz qanday hissiyotni tuydingiz?
✍️ – Matn tahriri va tahlil yoqdi
😢 – Hikoya yurakka yetib bordi
🤔 – Meni oʻyga toldirdi
|
https://taplink.cc/oriftolib