#sessiya_
Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining navbatdagi 27- sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar:
🔹 Urgut tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i U.Kamolovning tuman mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak ijrosi bo‘yicha hisoboti.
🔹 Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan hamda amalda to‘langan mablag‘lar, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi yuzasidan tuman Soliq inspeksiyasi hisoboti.
🔹 Urgut tuman hokimining 2026-yil 29-apreldagi 125-7-105-Q/26-sonli qaroriga asosan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha Urgut tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i U.Kamolovning hisoboti.
🔹 Urgut tumanida “Olmazor tumani tajribasi” asosida ishlab chiqilgan loyiha ofislari va yo‘l xaritasini tasdiqlash hamda hokim yordamchilarini loyiha guruhlariga biriktirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida.
🔹 Urgut tumanida “Yashil jamoat parklari” hamda “Soyali-sayil ko‘chalar” barpo etish to‘g‘risida.
🔹 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida masalalar atroflicha ko'rib chiqildi.
✅ Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi.
😎 /
https://www.facebook.com/profile.php?id=61578283867446📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61578283867446