1/6Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna ishtirokida Urgut tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni ifoda etishdagi beqiyos o‘rni, uning davlat tili sifatidagi nufuzi hamda sofligini saqlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Ona tilimizni e’zozlash, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga boy meros sifatida yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va bebaho ma’naviy boyligimiz!
👉 Obuna bo'ling — Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi
TELEGRAM / FACEBOOK









